O‘zmu xabarlari вестник нууз acta nuuz


O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet209/211
Sana08.05.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1443249
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   211
Bog'liq
NEMIS VA O‘ZBEK TILLARIDA UY HAYVONLARI NOMI BILAN SHAKLLANGAN DENGIZ HAYVONLARI

O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
 
FILOLOGIYA 
1/5 2023 
- 345 -
mavjudligini kengaytiradigan absurdlikni ham aniqlab olish 
kerak. “Madaniyat sub’ekti unga bema’ni tuyulgan narsani 
tushuntirish uchun rasionallik doirasidan tashqariga chiqishga 
majbur bo‘ladi. U adabiyotga, g‘ayrioddiy yoki mantiqsiz, 
fantastika bilan uchrashishni tasvirlaydigan adabiyot janriga 
murojaat qiladi. Shunday qilib, atrofdagi voqelikda bema’nilik 
elementlari qanchalik ko‘p bo‘lsa, qiziqish ilmiy fantastikadan 
fantiziyga o‘tadi. Bu esa insoniyatni digradatsiyasiga olib 
keladi” 
[2.197]. 
Ya’ni, 
bu 
tendensiya 
madaniyat 
sub’ektlarining voqelikda uchragan absurdlikni hal qilishda 
yashirin, ammo dolzarb ehtiyojlari bilan bog‘liqdir.
Garri Potter asari fantiziyning eng yorqin namunasi 
bo‘lib, eng rivojlangan fantiziy olamidan birini ifodalaydi. 
Ilmiy-fantastika va fantiziy matnlarining insonning ongiga 
ta’sirini jahon adabiyoti klassikasidan misol keltirish orqali 
solishtirish mumkin. Bunga Jyul Vern va Gerbert Uyells 
romanlari misol bo‘la oladi, ularning asarlari absurdga emas 
ilmiylikga asoslangan, masalan Jyul Vernning “
Suv ostida 
80000 kilometr” asarini olsak, unga ko‘ra: 1866-yil bir necha 
davlat kemalari noma’lum dengiz maxluqini uchratishganini 
aytishadi. AQSHning Nyu-York shahrida maxluqni topib
yo‘q qilish uchun ekspedisiya uyushtiriladi. Roman 
hikoyachasi Professor Piyerre Aronnax o‘sha patda Nyu-
Yorkda bo‘ladi 
va 
ekspedisiyaga 
taklif 
qilinadi. Kanadalik garpunchi Ned Land hamda Aronnaxning 
xizmatkori Konseil ham qo‘shiladi. Ekspedisiya a’zolari 
mahluqni topib, uning aslida o‘z zamonidan ancha ilgarilab 
ketgan suv 
osti 
kemasi ekanligini 
aniqlashadi. 
Ularni 
“Nautilus” deb ataluvchi mazkur suv osti kemasini qurgan 
shaxs va uning kapitani Nemo qo‘lga olib, kema ichiga olib 
kiradi. Ekspedisiya a’zolari kapitan Nemo bilan sal kam 10 oy 
davomida 80000 km (20000 milya) suzadilar. Sayohatlari 
davomida Qizil va O‘rta dengizlari, Atlantika, Tinch, Hind, 
Shimoliy muz va Janubiy okeanlardan o‘tadilar. 
Shunday qilib, zamonaviy ilmiy fantastika fantiziyga 
nisbatan e’tiborga loyiqdir. Chunki uning eng yaxshi 
namunalari jahon fantastikasining “klassik”iga aylanadimi, 
buni vaqt ko‘rsatadi. Ilmiy fantastika ilg‘or fan-
texnika mavzusiga bag‘ishlangan badiiy adabiyot janridir. 
Oddiy fantastika yoki fantiziydan tasvirlayotgan olamidagi 
fenomenlarning ilmiy asoslanishi bilan farq qiladi. Ilmiy 
fantastik asarlarda mavjud ilmiy postulat va qonunlar 
buzilmaydi (ya’ni fentiziydek sehr aralashmaydi), biroq 
ba’zan kelajakda aniqlanishi va amalga oshirilishi mumkin 
bo‘lgan tezislarga ham suyaniladi (masalan, yorug‘lik 
tezligidanda tezroq parvoz, vaqt sayohati, o‘zga sayyoraliklar 
va hokazo) 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling