O‘zmu xabarlari вестник нууз acta nuuz
O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
NEMIS VA O‘ZBEK TILLARIDA UY HAYVONLARI NOMI BILAN SHAKLLANGAN DENGIZ HAYVONLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqot metodologiyasi.
O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
FILOLOGIYA 1/5 2023 - 337 - sintaksemalar tarjima birligining variantlari sifatida qo`llanishi mumkin. Ushbu nazariyaga muvofiq sintaksemalarning semantik belgilari kategorial (umumiy) va nokategorial (xususiy) belgilarga bo‘linadi. Kategoriyali belgilar uchta paradigmadan iborat. Ular: substantsional (ob’ekt va sub’ektni bildiruvchi nominal), prosessual (harakatni, jarayonni), kvalifikativ (xarakter, xususiyat, sifat) sintaktik semantik unsurlarni ifodalab keladi. Nokategorial sintaktik-semantik belgilarga agentlik, harakat, stativlik, modallik, inkor, vosita, sabab, finallik, lokativlik (o‘rin-joy), temporallik (payt) va boshqalar kiradi. Bu sintaktik-semantik unsurlar substantsiya, hodisa, jarayon, harakat kabi tildan tashqaridagi hamma narsani va hodisani bildirgani uchun tarjima nazariyasi va amaliyoti bilan chambarchas bog‘liqdir. Shunga ko‘ra, sintaksemalarga tarjima birliklari sifatida ham qarash va o‘rganish mumkin va maqsadga muvofiqdir. Tadqiqot metodologiyasi. Tarjima birliklari sifatida sintaksemalar bir-biridan oʻzining formal-distributiv xususiyatlari, ya`ni, pozitsion imkoniyatlari, postpozitsiya, prepositsiya, interpozitsiyada ishlatilishi, leksik qurshovi hamda leksik bazasi bilan bir-biridan farqlanadi. Bu haqiqatan ham sintaksemalar kabi tarjima birliklarini tadqiq qilishga nisbatan kompleks yondashuv sanaladi. Sintaksemalar singari, tarjima birliklarini o‘rganishda uchta yo‘nalish mavjud. Birinchi yo‘nalish shakldan (ifoda vositalaridan) ma’noga, sintaktik semantikaga algoritmiga asoslanadi. Ikkinchi yo‘nalish - ma’nodan (sintaktik semantikadan) lingvistik ifodaning barcha shakllarini (vositalarini) kashf qilishni o‘z ichiga oladi. Tarjima birliklarini o‘rganishning uchinchi yo‘nalishi - bu tarjima birliklarining (shakllarning, vositalarining) barcha sintaktik semantik variantlarini o‘rganish uchun sintaktik pozitsiya, gapning egasi, kesimi (predikati) va boshqa ikkinchi darajali komponentlarining pozitsiyalari tadqiqotning boshlang’ich nuqtasi hisoblanadi. O‘xshatishni ifodalab kelgan agentivlik sintaksemasining leksik bazasini bir xil kategoriyaga mansub bo‘lgan predmet ot so‘z turkumiga mansub leksemalar tashkil qiladi. Masalan, o‘zbek tilida “yashin” “lightning”, “sher” “lion”, “Rustam”, “yer”, “earth”, “sel” “flood”, “daryo” “river” “munglig‘” “slave” “humo” “humo bird” “qor- yomg‘ir” “rain snow” shuningdek kishilik olmoshlari ham o‘xshatishning agentivlik semantikasini ifodalashda ishlatiladi. Jumladan, bizday-like us, menday-like me, senday- like you. Ingliz tilidan farqli o‘laroq o‘zbek tilida o‘xshatishlar bir necha variantda ifodalanadi. Masalan: -day, - dayin (bizdayin), -dek (daryodek), dayingina (mendayingina) kabi 4 variantda (N + -day, N+ -dayin, N+-dayingina, N+ - dek) faollashib ishlatilgan bo‘lsa, ingliz tilida 1 varianda berilgan (Like + N). O‘zbek tilidagi variantlar bir biridan shevada va ma’lum bir stilistik bo‘yoqdorlik bilan farq qiladi. Jumladan -dayingina kichraytirish va erkalash kabi qo‘shimcha ma’nolarga ega. Ingliz tilida bunday bo‘yoqdorlik variantlari mavjud emasligi tufayli birgina “like+N” qo‘llanilgan. Funksional sintaktik-semantik elementlar, sintaksemalarni tarjima birliklari, tarjima variantlari sifatida o‘zini realizatsiya qila olish isbotlandi. Tarjima birliklari ham sintaksemalar singari tashqi olam bilan bog‘liq mazmun ifodalovchi sintaktik-semantik unsurlar majmuasidan iborat bulib, ular formal-distributiv xususiyatlarga, jumladan, pozitsion imkoniyatlar, postpozitsiya, prepositsiya, interpozitsiya, leksik qurshov va leksik bazalari bilan bir biridan farq qiladi. Ularning lingvistik xususiyatlari til birliklarining manba va tarjima tildagi paradigmatik va sintagmatik munosabatlarida namayon bo`ladi. Yuqorida tahlil qilinganidek, sintaksemalarni tarjima birliklari sifatida o‘rganish uchta yo‘nalishda olib boriladi. Birinchi yo‘nalishda shakldan, ifoda vositalaridan ma’noga, sintaktik semantika sari tadqiqot boshlang`ich nu`qta hisoblanadi. Ikkinchi yo‘nalish ma’nodan (sintaktik semantikadan) lingvistik ifodaning barcha shakllarini (vositalarini) aniqlashgacha bo‘lgan algoritmga asoslanadi. Uchinchi yo‘nalish esa: tarjima birliklarini gap komponent pozitsiyasi asosida oʻrganish, ya’ni uning sintaktik oʻrni, ega, kesim va boshqa ikkinchi darajali boshqa gap aʼzolarining oʻrni boʻlib, tarjima birliklarining (shakl, vositalar) barcha sintaktik semantik variantlarini u yoki bu gap komonenti o`rnida ishlatilishi hamda bir-biri bilan va boshqa toifadagi sintaksemalar bilan sintaktik munosabatlari asosida o‘rganiladi. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling