O‘zmu xabarlari вестник нууз acta nuuz
O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
NEMIS VA O‘ZBEK TILLARIDA UY HAYVONLARI NOMI BILAN SHAKLLANGAN DENGIZ HAYVONLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa va takliflar.
O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
FILOLOGIYA 1/5 2023 - 335 - marosimi bilan bog‘liq maishiy nutqiy janrlarda tabrik, qadah, qasamyod kabi kichik maishiy nutqiy janrlar semantik jihatdan bir biri bilan bog‘lanib, jamiyatning butun bir an’anasining asosini tashkil qiladi va mazmunan butunlik shaklini oladi. Demak, maishiy nutqiy janrlar ijtimoiy jamiyatning mahsuli sifatida muhim ahamiyatga ega. Maishiy nutqiy janrlarning kommunikativ faollashuvida ularning matniy kompozision tuzilishi til tizimida o‘ziga xos lingvistik butunlikni hosil qiladi. Masalan, tabrik nutqiy janri Men tug‘ilgan kuningiz bilan tabriklayman! gapi va shu gap bilan mazmuniy bog‘langan bir nechta gaplar zanjiridan iborat bo‘ladi. Xulosa va takliflar. Xulosa qilib aytganda, maishiy nutqiy janrlarning nutqiy butunlik sifatida shakllanishiga hissa qo‘shuvchi va ushbu jarayonda faol ishtirok etuvchi qismlar (verbal, noverbal va lingvistik atributlar) o‘sha janr tegishli madaniyatning milliy-madaniy, sosial qonun-qoidalariga asoslanib tuziladi. Maishiy nutqiy janrlarda verbal, noverbal va lingvistik atributlar semiotik vosita sifatida o‘ziga xos milliy madaniy va sosial axborotlarni jamlaydi. Ushbu axborotlar o‘sha nutqiy janrning ijtimoiy lingvistik kodlari sanaladi. Bunda maishiy nutqiy janrlarning verbal ijtimoiy kodi, noverbal ijtimoiy kodi, lingvistik atributlar ijtimoiy kodini aniqlash maqsadga muvofiqdir. Bunda maishiy nutqiy janrlarning verbal ijtimoiy kodi deyilganda, nutqiy janrning matniy kodlanishi, noverbal ijtimoiy kodi deyilganda hatti-harakatlar, imo-ishoralar kabilar, lingvistik atributlar ijtimoiy kodi deyilganda ushbu nutqiy janrga oid maxsus predmet, joy-makon kabilarning ijtimoiy lingvistik kodlanishi nazarda tutiladi. Ijtimoiy lingvistik (ijtimoiy verbal va noverbal kodlar) kodlar, ijtimoiy noverbal kodlar, ya’ni ijtimoiy kinetik kodlar (milliy hatti harakatlar, duoga qo‘l ochish, maxsus kiyimlar: gadoylar, diniy kiyimlar, ust boshlar, bosh kiyimlar), qadr- qimmat, qiziqishlar, g‘oyalar, me’yorlar, tamoyillar, an’analar va milliy madaniy o‘ziga xoslik orqali davlat, millat, halqning o‘ziga xos ijtimoiy identifikasiyasi aniqlanadi. Maishiy nutqiy janrlar sosiolingvistikasida verbal, noverbal va lingvistik atributlarning sotsiolingvistik tahlili makrosotsiolingvistik tahlillar asosida kechganda ushbu nutqiy janrlarda turli tizimli til egalarining qarashlari, xalqning qadr- qimmati, qiziqishlari, g‘oyalari, ijtimoiy me’yorlari, tamoyillari, an’analari kabilarda milliy madaniy o‘ziga xoslik aniqlanadi. Shu orqali o‘sha janr tegishli davlat, millat, halqning o‘ziga xos ijtimoiy identifikasion ko‘rsatkichlari belgilanadi, shu bilan birga muayyan nutqiy janrda nutqiy butunlik hosil qiluvchi verbal, noverbal va lingvistik atributlarning lingvistik butunlik hosil qilishdagi ijtimoiy omillar ta’siri aniqlanadi va shunga ko‘ra lingvistik shakllar xilma-xilligi muammosiga yechim izlanadi. Maishiy nutqiy janrlarning mikrososiolingvistik tadqiqida esa bir sosiumning kichik jamiyatning kichik shakllari, jumladan, oila, do‘stlar, qavm-qarindoshlar kabilar orasidagi lingvistik shakllarning o‘ziga xos ijtimoiy me’yorlari aniqlanadi. Bunda ko‘proq maishiy nutqiy janrlarning ijtimoiy lingvistik identifikasion belgilarini topishda ishtirok etuvchi ijtimoiy lingvistik omillar semiotikada keng qo‘llaniluvchi belgi [13] nazariyasi asosida o‘rganilsa maqsadga muvofiqdir. Chunki maishiy nutqiy janrlardagi verbal va noverbal, lingvistik atributlar o‘zining ijtimoiy mazmunga egaligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Xulosa qilib aytganda, maishiy nutqiy janrlarning sosiolingvistik jihatlari ularning verbal (og‘zaki va yozma nutqda ifodalangan matnlar, gaplar, so‘zlarni) va noverbal (hatti harakatlar, imo ishoralar, kinetik kabilar), lingvistik atributlari (muayyan janrda faol ishtirok etuvchi predmetlar)ining ijtimoiy xususiyatlarini o‘rganishni taqozo etadi. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling