O‘zmu xabarlari вестник нууз acta nuuz
SYNTACTIC-SEMANTIC ANALYSIS OF SIMILES USED IN THE EPIC “ALPOMISH”
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
NEMIS VA O‘ZBEK TILLARIDA UY HAYVONLARI NOMI BILAN SHAKLLANGAN DENGIZ HAYVONLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Keywords
- Ключевые слова
- Kalit so‘zlar
SYNTACTIC-SEMANTIC ANALYSIS OF SIMILES USED IN THE EPIC “ALPOMISH” Abstract This article presents the stylistic devices used in the heroic epos "Alpomish", including the syntactic-semantic analysis of Similes. At the same time, the elements of agency, objectivity, identification, negativity, and quality of similes are also classified through examples. Keywords: simile, lexeme, syntaxeme, tenor, formal-distributive features, position. СИНТАКСИКО-СЕМАНТИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ СРАВНЕНИЙ, ИСПОЛЬЗОВАННЫХ В ЭПОСЕ «АЛПОМЫШ» Аннотация В статье представлены стилистические средства, использованные в героическом эпосе «Алпомыш», в том числе синтаксико-семантический анализ сравнений. В то же время элементы агентности, объективности, идентификации, негативности и квалитативность сравнений также классифицируются с помощью примеров. Ключевые слова: сравнение, лексема, синтаксема, тенор, формально-дистрибутивные свойства, позиция. “ALPOMISH” DOSTONIDA QO‘LLANILGAN O‘XSHATISHLARNING SINTAKTIK-SEMANTIK TAHLILI Annotatsiya Ushbu maqolada “Alpomish” dostonida qo‘llanilgan stilistik vositalar, jumladan o‘xshatishlarning sintaktik-semantik tahlillari keltirilgan. Shu bilan birga, o‘xshatishlarning agentivlik, ob’ektlik, identifikatsiya, negativlik, kvalitativlik unsurlari ham misollar orqali tasniflangan. Kalit so‘zlar: o‘xshatish, leksema, sintaksema, tenor, formal-distributiv xususiyatlar, pozitsiya. Kirish. Tilshunoslik fanining ob’ekti sifatida til fonologiya, leksikologiya, morfologiya, sintaksis va stilistika kabi til sohalariga ajratib o‘rganilib kelingan. Tilni tilshunoslar o‘rganar ekan har bir til qatlamida avvalo tilning konstruktiv birligi ajratib olinib, uning tarkibida tilning mazkur qatlamdagi eng kichik (bo‘linmas) birliklari o‘zaro bir-biri bilan sistemali bog‘lanish va munosabatda o‘rganiladi. Masalan: fonologiya (fonetika) bo‘g‘in yoki so‘z deb ataladigan fonologiyaning konstruktiv birligi tarkibida fonema (nutq) tovushlari asosida o‘rganilsa, morfologiya morfologiyaning konstruktiv tarkibi birligi boʻlgan soʻzning eng kichik maʼnoli birligi sifatida morfemalar asosida oʻrganiladi. Soʻzlar esa leksema sifatida soʻz birikmalari yoki iboralarning konstruktiv tarkibiy birligida, gap bo‘laklari hamda sintaksemalar sifatida oʻrganiladi, gapning sintaktik- semantik birliklari esa, konstruktiv birlik sifatida gap tarkibida tadqiq qilinadi. Hozirgacha tarjima tilshunoslik fani sifatida manba tildan tarjima tiliga transformatsiya qilish, o‘girish asosida o‘rganilib, bu soha tarjimonlar va tarjimon olimlar tomonidan tarjimaning leksik, morfologik, sintaktik va stilistik muammolari sifatida tadqiq etib kelinmoqda[1]. Tarjimashunoslikda tarjimon olimlar tarjima birligi sifatida so‘z, frazeologik ibora, gap va butun matnni tan olib, ularni o‘granib kelmoqdalar. Darhaqiqat, tilshunoslik nuqtai nazaridan bu birliklar bir-biriga teng, ekvivalent birliklar emas. Boz ustiga, ushbu birliklar ro‘yxati nafaqat til tizimining birliklarini, balki butun xabar matnini, ya’ni tizimli tilshunoslik nuqtai nazaridan noto‘g‘ri bo‘lgan nutq kategoriyasini ham o‘z ichiga oladi. Ammo, yuqorida aytib o‘tganilganidek, tarjima jarayoni faqat lisoniy hodisalar bilan chegaralanib qolmaydi, shuning uchun uni ilmiy tavsiflash uchun faqat lingvistik kategoriyalar еtarli emasligi aniq bo‘lib qolmoqda. Xuddi shu sababga ko‘ra, tarjima birligini faqat lingvistik birliklar bilan tavsiflash zarur. Tarjima til tizimlari orqali amalga oshiriladigan nutqiy faoliyat ekanligini hisobga olib, tarjima birligi (yoki birliklari) til tizimining elementlari sifatida til birliklari bilan qanday munosabatda bo‘lishini aniqlash zarur [2]. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling