O‘zmu xabarlari вестник нууз acta nuuz
SOME COMMENTS ON THE STUDY OF THE PHENOMENON OF ATTACHMENT IN THE GERMAN
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
NEMIS VA O‘ZBEK TILLARIDA UY HAYVONLARI NOMI BILAN SHAKLLANGAN DENGIZ HAYVONLARI
SOME COMMENTS ON THE STUDY OF THE PHENOMENON OF ATTACHMENT IN THE GERMAN
LANGUAGE IN GERMAN LINGUISTICS Annotation This article highlights the structural manifestations of connecting elements in the literary texts of the modern German language. At the same time, in order for the described event to be accessible to the reader in a clear and detailed form, additional structural components are considered, that is, the process of using the connecting element. And also this article discusses the scientific views and research results of a number of linguists on the topic of complex structural forms of connecting elements. Key words: connecting element, preposition, literary text, leading component, logical accent, device component, parallel property, complex structural group, linguistic essence, structural content, syntactic communication. Murakkab sintaktik butunlik yaʼni ilova konstruksiyalari tilda mavjud boʼlgan sintaktik birlikning bir koʼrinishidir. Ilova konstruksiyani tashkil etuvchi komponentlar oʼrtasidagi mazmuniy aloqa umumiy birikuvlar asosida yuzaga keladi. Ilova konstruksiyaning strukturaviy turlarini va boshqa xususiyatlarini oʼrganishda juda koʼplab ilmiy tatqiqot ishlari olib borilgan. Nemis tilida predloglar yordamida qo’llanilib kelgan ilovali elementlar o‘zlariga xos bo‘lgan ba’zi bir xususiyatlari tahlil qilinganda ilovali elementlarning ayrim funksiyalarini o‘zlarida qisman takrorlasa-da, biroq o‘zlariga xos bo‘lgan funksiyalarga ham egadir. O‘zlariga xos bo‘lgan ana shunday xususiyatlari bilan bu toifaga taalluqli ilovali elementlarning ichida alohida olingan strukturaviy guruhlanishni tashkil etadi va ana shu struktura doirasida har xil vazifalarni bajarib keladi. Predloglar yordamida ifodalanib kelayotgan ilovali elementlarning ilova qurilma tarkibida bajarib kelayotgan funksiyalarning tahlilidan avval, ana shu predloglarni takrorlab o‘tishni maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz. Nemis tilida yozilgan darsliklarni, o‘quv qo‘llanmalarni varaqlamaylik, albatta u yerda predloglar va ularning qo‘llanilishini koʼrishimiz mumkin. Duden,,Grammatik der Deutschen Gegenwartsprache” nomli kitobida nemis tilida mavjud bo‘lgan predloglar, ularning kelib chiqishi, qo‘llanilishi, bir kelishikni talab qiluvchi predloglarning boshqa bir kelishik bilan kela olishi, shuningdek, predloglarning o‘zgaruvchanliklari to‘g‘risida fikr va mulohazalar yuritadi. Ba’zi hollarda predloglarning bunday o‘zgaruvchanlik xususiyatlari ham, xuddi ilovali elementlarning tarqalish darajasi kabi u yoki bu yozuvchining individual uslubiga borib taqaladi. Bu borada B.Tursunov „Ba’zi bir grammatik kategoriyalarni aniqlashda unga matn nuqtai nazardan yondashmoq kerak” degandi. Olim tomonidan ilgari surilgan bu g’oya keyingi vaqtlarda ayrim mavzularning tekshirish obyektiga aylanmoqda. Endi bu qismda qo’yilgan vazifani koʼrib chiqsak. Haqiqatdan ham ko‘tarilayotgan muammolar keyinchalik matnlar doirasida, boshqacha qilib aytganda yozuvchilarning asarlarida hal qilinmoqda. Ana shunday muammolardan biri – bu akkuzativ kelishigini talab qiluvchi predloglarning ilovali elementlar funksiyasida kelishidir. Predloglar bilan ifodalanib kelgan ilovali elementlar, predlogsiz ifodalanib kelgan ilovali elementlarga, Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling