O‘zmu xabarlari вестник нууз acta nuuz
O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
NEMIS VA O‘ZBEK TILLARIDA UY HAYVONLARI NOMI BILAN SHAKLLANGAN DENGIZ HAYVONLARI
O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
FILOLOGIYA 1/5 2023 - 290 - funksiyani bajaradi, natijada ilovali element shu usulda paydo bo‘ladi. Demak, für predlogi yordamida kelgan ilovali elementlarning tahlili, xuddi shunday ilovali elementga xos bo‘lgan xususiyatlarni takrorlamasdan, balki ularni yangi tomondan boyitadi, ya’ni ularning strukturaviy shakllarida uchramaydigan ba’zi bir holatlarni namoyon etadi. Durch, gegen, für predloglari bilan kelgan ilovali elementga xos bo‘lgan funksiyalar predlog bilan ifodalangan ilovali elementlarning strukturaviy xususiyatlarida takrorlanishi mumkin. Ohne predlogi bilan ifodalangan ilovali elementlarning strukturaviy, ma’noviy va boshqa funksiyalariga to‘xtalamiz. Ohne predlogi ilovali element funksiyasida: 1. Die Polizei wird ihn in Schutzhaft nehmen. Ohne Frage. Dann geht er dort weg. [Bredell Wille 1981:15] 2. Er führte ihn in eine Hohle. Ohne Weg der Steg. [Bruns Marianne 1972: 382.] 3. Wo der Mann wäre , schrie Veit sie an. Ohne Gruß, mit kalten Augen.[Bruns Marianne 1972: 382. ] Keltirilgan misollarda ohne predlogi bilan ifodalanib kelgan ilovali elementlar yakka holda qo‘llanilmoqda. Ilovali elementlar yakka holda kelganlarida ularning ekspressivlik, ta’sirchanlik xususiyatlari oshadi, chunki asosiy ifoda bilan ilovali element o‘rtasidagi uzilish keskin sodir bo‘ladi. V.G.Admoni ilovali elementning yakka holda kelishini „grammatik keskinlik“ deb ataydi, chunki ilova qurilma komponentlari orasidagi uzilish, kutilmaganda sodir bo‘ladi. Agar ilovali elementlar biron-bir leksik-grammatik vositalar yordamida kengaytirilsa, u holda bunday holat kutilmaydi. Fikrimizning isboti sifatida quyidagi ilovali elementlarning tahliliga e’tibor beramiz: Die Patriots hingegen, so hier sei es, seien vor allem kaum fünfzigtausend Außerdem ohne Offiziere. Er führte ihn in eine Höhle. Ohne Weg und Steg. Wo der Mann war, schrie Veit sie an. Ohne Grüße, mit kalten Augen. Demak, ilovali elementlar oldidagi biriktiruvchi bog‘lovchining leksik-grammatik yo‘llar bilan kengayishi, ilova qurilma komponentlari orasida mavjud bo‘lgan grammatik keskinlikning yumshashiga olib keladi, natijada ular oralig‘ida mavjud bo‘lgan vaziyat ijobiy tus oladi, ya’ni ravon xarakterga ega bo‘ladi. Bu holat ilovali elementlarning barcha kengaytirilgan strukturaviy guruhlariga xos bo‘lgan xususiyatlardir. Predloglar bilan ifodalanib kelgan ilovali elementlarni sintaktik-semantik tomondan tahlil qilish, ularga xos bo‘lgan, hali unchalik aniqlanmagan funksiyalarni lekin izohlashga yordam beradi. Ular ustida olib borayotgan kuzatishlarimiz asosida bu yerda quyidagilarni alohida ta’kidlab o‘tishni o‘rinli, deb hisoblaymiz. Ilovali elementlar turli xil funksiyalarni bajarib keladilar. Bu funksiyalar borgan sari kengayib, yangi-yangi fikr va mulohazalarni keltirib chiqaradi, ya’ni ilovali elementlarni o‘rganishga bo‘lgan munosabat tubdan o‘zgaradi. Ularni o‘rganishga bo‘lgan bunday munosabatlarning o‘zgarishi shu ilova qurilmaning tabiati bilan uzviy bog‘liqdir. Shu vaqtgacha ilova hodisasi ko‘p tillarda o‘rganilib kelindi, uning strukturaviy, ma’noviy va uslubiy tomonlari o‘rganildi. Biroq, bu usulda o‘rganish har bir ilovali elementning ichki mohiyatini o‘rganishga olib keladi, Natijada, elementlar bilan ilovali bog‘liq bo‘lgan juda ko‘plab funksiyalar izlanish maydonidan chetda qolib ketmoqda. Lekin, ilovali elementlarni, biz tavsiya etgan tartibda tahlil qilib borsak, ularning strukturaviy shakllanishidan yangi-yangi funksiyalar izohlanaveradi, ifodalanib kelgan ilovali elementlar yuqorida tahlil qilingan ilovali elementlarning bajarib kelayotgan funksiyalarini o‘zida takrorlabgina qolmasdan, balki ularni yangi tomondan to‘ldiradi va kengaytiradi. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling