O‘zmu xabarlari вестник нууз acta nuuz


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/211
Sana08.05.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1443249
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   211
Bog'liq
NEMIS VA O‘ZBEK TILLARIDA UY HAYVONLARI NOMI BILAN SHAKLLANGAN DENGIZ HAYVONLARI

Tadqiqot natijalari. Qadim zamonlardan beri 
ommaviy ongni manipulyasiya qilishning deyarli barcha 
turlarining ajralmas elementi sifatida ancha uzoq tarixga ega 
bo‘lgan feyk va klassik dezinformasiya o‘rtasidagi farq 
nimada? 
Birinchidan, dezinformasiya haqiqat, yarim haqiqat va 
yolg‘onning kombinasiyasiga asoslangan. “Ishonchlilik 
elementi, xabarning aniq ishonchliligi majburiy hisoblanadi. 
Bu feyk uchun talab qilinmaydi. Feyk ma’lumot qanchalik 
ko‘p haqiqatga o‘xshasa, u shunchalik samarali tarzda 
ommaviy ongga ta’sir qiladi”[6]. 
Ikkinchidan, dyezinformasiya turli jurnalistik janrlar 
makonini qamrab oladi. U reportaj, intervyu, maqolada va 
hatto jurnalistik surishtiruvda ham bo‘lishi mumkin. 
Fyeyk dezinformasiyadan farqli o‘laroq, o‘z janriga 
xos “qobiq”ga ega – bu xayoliy, hayotda mavjud bo‘lmagan 
axborot turini yaratadigan maxsus turdagi yangilikdir. Shu 
bilan birga, ko‘zga tashlanadigan yorqin sarlavha feykning 
yangilik hodisasi sifatida o‘ziga xos belgisi hisoblanadi. 
Uchinchidan, dyezinformasiya zumda ta’sir qiladigan 
axborotning dolzarbligi bilan farq qilmasligi mumkin; feyk 
esa, albatta, sensasion, shov-shuvli, hammani shokka 
tushiradigan xabarni olib yuradi. “Aynan sensasiya va 
eksklyuzivlikka intilish – ommaviy axborot vositalari va 
Internet
resurslarining o‘sib borayotgan raqobatining natijasi – 
ba’zi ekspertlarning fikriga ko‘ra, tahdidli miqyosga ega 
bo‘lgan tezkor feyk yangiliklar kontentining asosiy 
sababidir”[7]. 
To‘rtinchidan, noto‘g‘ri ma’lumotlar, hatto kamdan-
kam hollarda ham, bexosdan bo‘lishi mumkin, bu xato, 
nazorat, 
axborot 
beruvchi 
subyektning 
professional 
insofsizligi bilan bog‘liq. Feyk har doim haqiqiy vaziyatni 
qasddan buzish, soxtalashtirish, soxta faktlarning ongli va 
provokasion maqsadda buzib ko‘rsatish natijasidir. «Feyklar 
stixiyali, o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi, balki siyosiy, harbiy 
va iqtisodiy muammolarni hal qilish uchun mamlakatning 
Gʻarb kuchlari bilan o‘rtasidagi qarama-qarshilik sharoitida va 
ba’zi maqsadli ravishda shakllanadi[8].”
Beshinchidan, dyezinformasiya, odatga ko‘ra, harbiy, 
siyosiy-diplomatik, 
mediaviy 
amaliyot 
sohalari 
bilan 
chegaralanadi, feyk esa ilm atrofidagi sohada, tabiiy va tarixiy 
fanlarni ommaviy axborot vositalarida ommalashtirish 
jarayonida yuzaga keladi. Feyklar soxta ilmiy sensasiyalarning 
shubhali zahirasini “xuddi ilmiy kabi yangiliklar bilan 
to‘ldirishga xizmat qiladi (xuddi Adolf Gitler 1945-yilning 30-
aprelida o‘z joniga qasd qilmagan, balki urushdan keyin yana 
deyarli 30 yil yashagan va Paragvayda yoki Antarktidagi 
yashirin nemis bazasida vafot yetgan kabi)”[9]. 
Oltinchidan, dezinformasiya yashirin holda mavjud 
bo‘lishi va uzoq vaqt davomida “ishlashi” mumkin. Feyk esa 
axborot makonida aniq belgilangan paytda qanchalik tez 
paydo bo‘lsa, xuddi shunday tarzda hozirgi kun tartibidan ham 
shunchalik tez yo‘qolishi mumkin. 
Yettinchidan, dezinformasiyadan farqli o‘laroq, feyk 
yangiliklarni tarqatish mexanizmi ham o‘ziga xos 
xususiyatlarga ega. “Feyklar “emosional yuqish” ta’siriga ega 
bo‘lgani tufayli jamiyatda “virus” kabi tarqaladi. Aslida esa, 
“feyk-nyus” samaradorligining butun siri feyk va uni 
tarqatishning 
virusli 
mexanizmidagi 
ma’lumotlarning 
rezonansli xususiyatida hisoblanadi”[10] . 
Sakkizinchidan, dezinformasiya va feyklar bir-biridan 
genezisi bilan farq qiladi. Dezinformasiya o‘zining kelib 
chiqishiga ko‘ra diplomatik faoliyatda haqiqiy siyosiy maqsad 
va niyatlarni niqoblash maqsadida qabul qilingan harbiy 
taktika (“harbiy hiyla”) san’ati, usullariga borib taqaladi. 
“Fyeykning kelib chiqishi mish-mishlar, amaliy hazillar... 
siyosiy hajviya mikrogenlari (sketch, latifa) kabi ommaviy 
(kundalik) 
ong 
va 
ommaviy 
(ommaviy) 
madaniyat 
mahsulotlari 
bilan 
bog‘liq. 
Shuning 
uchun 
ham 
mutaxassislarning 
feyk 
ma’lumotlar 
oqimida 
komik 
yangiliklarni yoki “hali sodir bo‘lmagan yangiliklarni” ajratib 
turishlari tasodif emas”.
Zamonaviy 
Internetning 
cheksiz 
imkoniyatlari 
axborotning 
haqqoniyligi 
tamoyiliga 
jiddiy 
zarar 
ko‘rsatmoqda. Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, “feyk 
yangiliklar”ning keng yoyilishiga ikki omil sabab hisoblanadi: 
1) Miqdoriy omil: internetda tekshirishning imkoni 
bo‘lmaydigan juda katta miqdordagi axborot zahirasi 
mavjudligi; 
2) Sifat omili – texnologik omil bo‘lib, unda yangi 
texnologiyalar tufayli axborotni yig‘ish va saqlash vositalari, 
shuningdek, uni ishlab chiqaruvchi sub’yektlar va uzatuvchi 
kanallar ko‘payib ketganligidir. Aynan shu sabablar an’anaviy 
OAVning maqomi va mavqeini tushirib yuborgan.
Hozirgi davrda feyk xabarlarni yaratish va tarqatish 
bo‘yicha kuchli texnik vositalarning yaxshi rivojlanganligi 
tufayli niyati buzuq “storiteller”lar hamisha zamonaviy 
texnologiyalardan foydalanib, real voqelikka mos keladigan va 
haqiqatga o‘xshaydigan yolg‘on materiallarni yaratishni 
o‘rganib olganlar. Masalan, 2019-yil 20-aprel kuni Facebook 
ijtimoiy tarmog‘ida «Namangan shahrida Soliq inspeksiyasi 
xodimlari tadbirkorni hujjatini qo‘shni kafeda taftish 
qilmoqda!» mazmunida xabar tarqalgan edi. O‘zbekiston 
Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Matbuot xizmati mazkur 
xabarda 
keltirilgan 
holatlarni 
o‘rganib, 
unga 
o‘z 
munosabatini 
bildirdi

Mazkur holat mas’ul mutaxassislar tomonidan 
o‘rganib chiqildi. 2019-yil 20-aprel kuni Namangan shahar 
davlat soliq inspeksiyasi «Qo‘shimcha daromadlarni aniqlash 
va huquqbuzarliklarni profilaktika qilish bo‘limi» jismoniy 
shaxslar bilan ishlash shoʻbasi Davlat soliq katta inspektorlari 
A.Samatov va N.Karimovlar tomonidan Namangan shahar, 
«Haqiqat» MFY, Boburshoh ko‘chasi, 88-uyda joylashgan, 
fuqaro 
H.Rahmonovga 
tegishli 
savdo 
shoxobchasida 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-iyundagi 
«Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan 
takomillashtirish 
chora-tadbirlari 
to‘g‘risida»gi qaroriga 
muvofiq, soliq to‘lovchini pasportlashtirish tadbiri o‘tkazilgan. 
Ma’lum bo‘lishicha, halol tadbirkorlarni qo‘llab-
quvvatlash va shaffofligini ta’minlash uchun ko‘mak 
ko‘rsatish maqsadida tushuntirish ishlari olib borilgan. 
Pasportlashtirish – tekshirish emas! U davlat soliq 
xizmati organlari tomonidan soliqlar va boshqa majburiy 
to‘lovlarni hisoblash uchun asos bo‘ladigan ko‘zdan kechirish 
dalolatnomasi rasmiylashtiriladigan profilaktik tadbir. Bunda 
soliq to‘lovchining moliya-xo‘jalik faoliyatiga aralashishga, 
ya’ni tekshirishga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Ko‘rsatib o‘tilgan vajlar maxsus guruh tomonidan 
o‘rganilganda o‘z tasdig‘ini topmadi. Davlat soliq xizmati 
xodimlari hamda tadbirkor o‘rtasida hech qanday 
kelishmovchilik sodir bo‘lmagan. 
Muallif va mavzu yuzasidan qoldirilgan postda DSXO 
xodimlarining obro‘sizlantirish va tuhmat qilish alomatlari 
borligi ma’lum bo‘ldi. Davlat soliq qo‘mitasi fuqarolarning 
tizimiga oid taklif-mulohaza va fikrlarini qadrlaydi hamda 
sohada 
olib 
borilayotgan 
islohotlar 
samaradorligini 
ta’minlashda jamoatchilik bilan hamkorlik qilishga doim 
tayyor, lekin faqat tuhmat bilan emas! 
Eslatib o‘tamiz, yolg‘on ma’lumot yetkazish, tuhmat 
belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘ladi, deydi DSQ 
Matbuot xizmati[11]. 



Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling