O‘zmu xabarlari вестник нууз acta nuuz
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
NEMIS VA O‘ZBEK TILLARIDA UY HAYVONLARI NOMI BILAN SHAKLLANGAN DENGIZ HAYVONLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz FILOLOGIYA 1/5 2023
O‘ZBEKISTON MILLIY
UNIVERSITETI XABARLARI, 2023, [1/5] ISSN 2181-7324 FILOLOGIYA https://science.nuu.uz/ Social sciences O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz FILOLOGIYA 1/5 2023 - 264 - Navoiy ushbu devoniga maxsus debocha ham yozganki, unda devonning yaratilish sababi, o‘ziga xos xususiyatlari, shoirning ijodiy nuqtai nazari dasturi aks etgan. Devondagi sherlar o‘zining janriy va g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari, mavzu ko‘lami bilan o‘zidan oldingi va o‘z zamonasidagi shoirlardan farqli jixatlari navoiyshunoslikda aytib o‘tilgan. “Badoye ul-bidoya”dagi sherlar ham Navoiyning boshqa asarlaridagi singari o‘zbek adabiyotidagi insonparvarlik ananalarini yuqoriga ko‘taradi. Ananaviy gul,bulbul, oy, kuyosh, bahor mavzulari orqali insonga xos o‘y-xayollar, tuyg‘u-kechinmalar ifodalandi. Navoiy ko‘pincha yorning jamoli va sifatlarini afsonaviy hamda ananaviy timsollar orqali tasvirlaydi: Yo‘q og‘zidin nuqta aytur mahvashimdek bo‘lmag‘ay, Gar qo‘yosh har zarrasidan bir Masiho aylas.(2) Bunda Iso payg‘ambarga ishora qilish bilan talmeh sanatidan foydalanilgan. Rivoyatlarga ko‘ra, Iso Masih o‘z nafasi bilan bemorlarga shifo, o‘liklarga jon bag‘ishlovchidir. U iloxiy qudrat bilan ko‘kka ko‘tarilgan. Mumtoz adabiyotda og‘zaki kichiklik ham go‘zallik ramzi. Quyosh har zarrasidan bir Iso yaratsa xam, u mening tor og‘izli (og‘zi ko‘rinmaydigan) oy yuzli go‘zalimday bo‘lolmaydi. Bunda shoir bir emas, bir necha Iso bo‘lganida ham ular mening birgina mahbubumning o‘rnini bosolmaydi, dardimga shifo bera olmaydi, deydi. Iso Masih mumtoz she’riyatidagi ananaviy timsollardan biri bo‘lib, Navoiygacha bo‘lgan davrda ham bu timsol keng ko‘llanilgan. Jumladan, Atoiyda: Og‘zingda mo‘jiz oyatin Iso ko‘rub ziyod, Bizdan qochib yoshurindi ko‘k ichra uyottin. (2) Yor og‘zi mo‘jizasin ko‘rgan Iso ham unga tan berib, uyalganidan ko‘kka qochib yashiridi. Sakkokiyda Atoiydan biroz boshqacharoq tarzda uchraydi. Ey Masihodam begim, bir dam birla bergil shifo, SHeva birla ko‘zlaring jonimni bemor ayladi. (2) Bunda shoir tazod usulini qo‘llab, hayotiy lavha yaratadi. Yor-Masihodam. Uning shahlo ko‘zi oshiqni bemor qiladi, biroq dami(so‘zi) unga shifo beradi. Demakki, yorning so‘zi oshiqqa hayot bag‘ishlovchi. Lutfiyda esa Atoiy va Navoiydagi kabi mubolag‘a san’atidan foydalangan holda go‘zal namuna yaratilganligini guvohi bo‘lamiz: Iso fallaka oshti, chun bo‘ldi labing jon berguvchi, Sharmandilikdan ketmasa, ko‘kka anga ne bor erur.... (2) Yorning labi jon bag‘ishlovchilikda Isodan ham o‘tgani uchun Iso sharmandalikka chiday olmay, ko‘kka chiqib ketdi, bo‘lmasa u ko‘kda nima qilar edi. Mumtoz sheriyatimizda ko‘p uchraydigan ananaviy timsollardan yana biri Xizir – hamisha tirik, tiriklik suvi-obi hayotni ichgan payg‘ambar, valiy zot, tasavvufiy ma’noda ilohiy mujdaning so‘fiy ko‘ngilga nozil bo‘lishi, xushxabar. “Badoye’ ul-bidoya” devonidagi bir nechta g‘azzalarda ushbu obrazni uchratishimiz mumkin, jumladan: Hizriy axttingning ajab yo‘q sabzu hurram bo‘lmog‘i Labbalab chunki berur suv chashmayi hayvon ango. (2) Yoki: Jomi Jam birla hizr so‘yi nasibumdur mudom, Soqoyo, to tarki joh aylab gado bo‘ldim sango. (3) Jom – may ichiladigan idish, kosa Baytda Jamshid jomi nazarda tutilmoqda. Jamshid – qadimgi Eron podshohlaridan biri. Jamshid jomidagi may-visol sarxushligi va Hizr suvi kabi abadiy hayot ramzi. Demak, bularning har ikkalasi ham obi hayot manosida bir urinda kelmoqda. Aslida Navoiyda bu piri komil qalbi, bu qalb Alloh nuri bilan munavvar. Shoir deydiki, agar mansabu davlatni tark etib, darvesh bo‘lsam, ana shu abadiy ilohiy fayz nasibam bo‘ladi. Soqiy deganda ham piri komil, ham yori aziz, mashuqa nazarda tutiladi, yani soqiyga-pirga yetishib, ishq nuriga g‘arq bo‘lish uchun darvesh bo‘lish kerak. Boshqa bir g‘azalda bir g‘azalida esa: Tiyra kulbamg‘a kirib, jono, o‘limdin ber najot, Zulmat ichra Hizirga ul navkim obi hayot. (4) Bu Navoiyning majoz usulida yaratilan oshiqona g‘azallaridan biridir. Oshiq mahbubaga murojaat etib, yerosti zulmat dunyosi suvi Hizirga abadiy umr bag‘ishlagani kabi ham kulbamga tashrif buyurib, meni o‘limdan xalos et, deydi. Atoiyda: Unuttirdi Hizir obihayotin, O‘shal yokuti shakarxand bizga. (10) Oshiqqa hur-parilar emas, balki hayot mahbubasi kerak. U faqatgina yor dudog‘idan hayot topadi. Ey bekim, vallox, kerakmas tanda jon sizga mango, Ham hayoti Hizru umri javidon sizsiz mango. (10) Mumtoz she’riyatimizda mashuqani gulga, oshiqni bulbulga, yorning yuzini oyga, quyoshga, qoshini xilolga, qizil yuzini lolaga, qaddini sahroga chiqib ketgan. Kishilar uni uzib, dasta qilib olib kelmagunlaricha u o‘z ixtiyori bilan bu shaharga kelolmaydi, deydi. Navoiyda esa lolaga qiyoslashni yuzga nisbatan emas, balki biroz boshqacharoq tarzda ko‘ramiz: Lolagun tun ichra, yorib, ul g‘azoli Chin erur, YO ko‘zumning Mardumi qon yosh ila rangin erur. (2) Lola rangli to‘n kiygan nigorim Xitoy ohusimikan, yoki ko‘zimning qorachig‘i qonli yosh bilan qizarib ko‘rinmoqdamikan? Ushbu ishqiy g‘azalda qizil rangli to‘n kiygan mahbuba jamoli tasviri yaratilgan. Demak, yuqorida Lutfiy ananaviy yorining yuzini lolaga qiyoslash o‘rniga mubolag‘a usulidan foydalangan holda lolani yorga mengazishni ko‘rgan bo‘lsak, Navoiyda yanada yangi tasvirning guvohi bo‘lamiz. Bunda tasvirni bo‘rttirib ko‘rsatish maqsadida ranglar jilosi oshiq qalbiga yaqinligini inobatga olgan holda poetik qiyoslar, tashbehlar orqali aks ettirgan: qizil to‘n, lola, qon qonli yosh, bag‘ir qoni, shafaq, qizil rang, lala, qizil may kabi zoxiriy ko‘rinishi o‘hshash narsa-hodisalar g‘azalning keyingi misralaridan ham o‘rin oladi. Gul yuzida bulbul sening asroringda notiq, Sham o‘tida parvona sening g‘usninga shaydo. (10) Gul yuziga shaydo bulbul sening siringni so‘zlaydi, parvona ham sham shu’lasiga seni deb talpinadi. Oyu xurshidigni yig‘, ey charxi gardunkim, bu dam, Hamdam ul oy chexralig hurshid paykarur mango. (3) Ey osmon, oy bilan oftobingni yig‘ishtirib ol, negaki bu dam menga ul yuzi oydek, qomati qo‘yoshdek go‘zal yo‘ldoshimdir. Oshiq vasldan sarhush. Unga osmondagi oyu ko‘yosh pisand emas, chunki yonida tengsiz sohibjamol yori bor. Shoir asarlarining har bir misrasi,har bir so‘zi ularning qatiga yashiringan joziba,sehr va ta’sirchanligidan ko‘rinib turibdiki, Alisher Navoiy betakror so‘z sohibi, juda nozik va buyuk san’atkordir. U so‘z tanlash va qo‘llashda ham jahon miqyosida benazirdir. Umuman, Navoiy tabiatning maftuniga, hislarning asiriga aylangan benazir ijodkordir. Uning ruhiy holatlari so‘z bilan chizilgan suvratlardir. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling