O‘zmu xabarlari вестник нууз acta nuuz
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
NEMIS VA O‘ZBEK TILLARIDA UY HAYVONLARI NOMI BILAN SHAKLLANGAN DENGIZ HAYVONLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Key words
- Ключевые слова
Kalit so‘zlar: Qarg‘ishlar, erkaklar va ayollar nutqi, tabu so’zlar
THE USE OF IMPRECATIONS IN THE SPEECH OF WOMEN AND MEN Abstract This article discusses the use of imprecations by two genders and the peculiarities of this process. Imprecations are one of the non-literary elements of the language and are an element of a strong emotional process. Although this topic has begun to be studied by linguists, there is still a lot of research to be done in this regard. This article examines the theory of how curse words are used between men and women and the various studies conducted on this topic. The opinions of various scientists are considered within the framework of the topic. Key words: Curses, men's and women's speech, taboo words УПОТРЕБЛЕНИЕ ПРОКЛЯТИЙ В РЕЧИ ЖЕНЩИН И МУЖЧИН Аннотация В данной статье рассматривается использование проклятий представителями двух полов и особенности этого процесса. Проклятия являются одним из нелитературных элементов языка и являются элементом сильного эмоционального процесса. Хотя эта тема начала изучаться лингвистами, в этом отношении еще предстоит провести много исследований. В этой статье рассматривается теория использования ругательств между мужчинами и женщинами, а также различные исследования, проведенные на эту тему. В рамках темы рассматриваются мнения различных ученых. Ключевые слова: Слова проклятия, мужская и женская речь, запретные слова. Kirish. Odamlarning qarg’ish so'zlarini ishlatish sabablari ham nevrologik, ham psixologik, va shuningdek, ijtimoiy-madaniy tarmoqlarga borib taqaladi. Psixologik sababga ko’ra, odamning qarg’ish so'zlaridan foydalanish ehtimoli uning shaxsiyati, kelib chiqishi va genetikasiga asoslanadi. Va shu qatorda, insonning yoshi, hissiy ongi, qanchalik dindorligi, jinsi va madaniyatiga ko’ra qo'pol so'zlarni ishlatish darajasi ham keskin farqlanadi. Qarg’ishlar g'azabni ifodalash, odamlarni emotsional holatini qo'zg'atish yoki kuldirish, kimnidir haqorat qilish asnosida mubolag’adan foydalanilgan holda kuchli ruhiy zo’riqish asosida paydo bo’ladi. Albatta bu jarayon erkaklar va ayollarda turlicha ko’rinishda namoyon bo’ladi. Erkaklar va ayollarning tildan foydalanish usullaridagi farqlar tadqiqotchilarni tahlil qilishga olib kelgan lingvistik izlanishlardan biridir. Katta e'tiborni tortgan mavzulardan biri, bu qarg’ishlar, duoibadlar va tabu so’zlardan foydalanishdir. Qarg’ish ko'pincha tabu so'zlardan foydalanishni o'z ichiga olgan lingvistik faoliyat sifatida tavsiflanadi (Stapleton, 2010). Hughes (1991) fikriga ko'ra, qarg’ish “din, jins, jinnilik, ekskretsiya va milliylik kabi emotsional rezonatorlarga ta'sir qiladi, bu juda ko'p turli xil munosabatlarni o'z ichiga oladi". Qarg’ish yoki duoibad qilishda asosan nutqning bir nechta haqoratomuz va negativ kuchga ega so’zlari ishlatiladi, duoibad qilish, haqorat qilish, haqoratli so'zlar, jargon, qo'pollik, odobsizlik, haqorat va skatologiya shular jumlasidandir (Jay, 1996). Qarg’ash shu qadar turli xil shakllarni o'z ichiga oladiki, izlanish davomida barcha shakllarni ko’rib chiqish kerak bo’ladi. Biz nafaqat insonlarni qarg’aymiz balki holatni, muhitnii, joyni va har qanday jonsiz predmetni ham qarg’ashimiz mumkin. Hatto shunday bo’ladiki, biz shaxsan o’zimizni ham qarg’ashimiz mumkin. (Hughes, 1991). Jey va Yanschewitz (2008) ta'kidlashicha, kimnidir qarg’ash yoki so’kishdan asosiy maqsad hissiyotlarni, ayniqsa g'azab va umidsizlikni ifoda etishdir. So'zlarni taqqoslash va tahlil qilish tadqiqotlari shuni ko'rsatdiki, odamlarning boshqalarga aytadigan qarg’ishlari yengil yoki og’ir tusda bo’lishi mumkin. Masalan, jismoniy ziyon yoki so’kish yengilroq duoibad bo’lsa o’lim tilash og’ir tusiga doirdir (Yanschewitz, 2008; Jey,1992) Qarg’ish va So'kish so'zlaridan foydalanish nuqtai nazaridan jinsiy farqlar bo'yicha olib borilgan tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, erkaklar ayollarga qaraganda kuchli so'kishlarni ishlatishga (Mehl and Pennebaker, 2003) va shu o’rinda ayollar ko’proq qarg’ashga moyildirlar. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling