O‘zmu xabarlari вестник нууз acta nuuz


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/211
Sana08.05.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1443249
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   211
Bog'liq
NEMIS VA O‘ZBEK TILLARIDA UY HAYVONLARI NOMI BILAN SHAKLLANGAN DENGIZ HAYVONLARI

Kalit so‘zlar: Qarg‘ishlar, erkaklar va ayollar nutqi, tabu so’zlar 
THE USE OF IMPRECATIONS IN THE SPEECH OF WOMEN AND MEN 
Abstract 
This article discusses the use of imprecations by two genders and the peculiarities of this process. Imprecations are one of the 
non-literary elements of the language and are an element of a strong emotional process. Although this topic has begun to be 
studied by linguists, there is still a lot of research to be done in this regard. This article examines the theory of how curse words 
are used between men and women and the various studies conducted on this topic. The opinions of various scientists are 
considered within the framework of the topic.
Key words: Curses, men's and women's speech, taboo words 
УПОТРЕБЛЕНИЕ ПРОКЛЯТИЙ В РЕЧИ ЖЕНЩИН И МУЖЧИН 
Аннотация 
В данной статье рассматривается использование проклятий представителями двух полов и особенности этого процесса. 
Проклятия являются одним из нелитературных элементов языка и являются элементом сильного эмоционального 
процесса. Хотя эта тема начала изучаться лингвистами, в этом отношении еще предстоит провести много исследований. 
В этой статье рассматривается теория использования ругательств между мужчинами и женщинами, а также различные 
исследования, проведенные на эту тему. В рамках темы рассматриваются мнения различных ученых. 
Ключевые слова: Слова проклятия, мужская и женская речь, запретные слова. 
Kirish. Odamlarning qarg’ish so'zlarini ishlatish 
sabablari ham nevrologik, ham psixologik, va shuningdek, 
ijtimoiy-madaniy tarmoqlarga borib taqaladi. Psixologik 
sababga ko’ra, odamning qarg’ish so'zlaridan foydalanish 
ehtimoli uning shaxsiyati, kelib chiqishi va genetikasiga 
asoslanadi. Va shu qatorda, insonning yoshi, hissiy ongi, 
qanchalik dindorligi, jinsi va madaniyatiga ko’ra qo'pol 
so'zlarni ishlatish darajasi ham keskin farqlanadi. Qarg’ishlar 
g'azabni ifodalash, odamlarni emotsional holatini qo'zg'atish 
yoki kuldirish, kimnidir haqorat qilish asnosida mubolag’adan 
foydalanilgan holda kuchli ruhiy zo’riqish asosida paydo 
bo’ladi. Albatta bu jarayon erkaklar va ayollarda turlicha 
ko’rinishda namoyon bo’ladi. 
Erkaklar va ayollarning tildan foydalanish usullaridagi 
farqlar tadqiqotchilarni tahlil qilishga olib kelgan lingvistik 
izlanishlardan biridir. Katta e'tiborni tortgan mavzulardan biri, 
bu qarg’ishlar, duoibadlar va tabu so’zlardan foydalanishdir. 
Qarg’ish ko'pincha tabu so'zlardan foydalanishni o'z ichiga 
olgan lingvistik faoliyat sifatida tavsiflanadi (Stapleton, 2010). 
Hughes (1991) fikriga ko'ra, qarg’ish “din, jins, jinnilik, 
ekskretsiya va milliylik kabi emotsional rezonatorlarga ta'sir 
qiladi, bu juda ko'p turli xil munosabatlarni o'z ichiga oladi". 
Qarg’ish yoki duoibad qilishda asosan nutqning bir nechta 
haqoratomuz va negativ kuchga ega so’zlari ishlatiladi, 
duoibad qilish, haqorat qilish, haqoratli so'zlar, jargon, 
qo'pollik, 
odobsizlik, 
haqorat 
va 
skatologiya 
shular 
jumlasidandir (Jay, 1996). Qarg’ash shu qadar turli xil 
shakllarni o'z ichiga oladiki, izlanish davomida barcha 
shakllarni ko’rib chiqish kerak bo’ladi. Biz nafaqat insonlarni 
qarg’aymiz balki holatni, muhitnii, joyni va har qanday jonsiz 
predmetni ham qarg’ashimiz mumkin. Hatto shunday 
bo’ladiki, biz shaxsan o’zimizni ham qarg’ashimiz mumkin. 
(Hughes, 1991). Jey va Yanschewitz (2008) ta'kidlashicha, 
kimnidir qarg’ash yoki so’kishdan asosiy maqsad 
hissiyotlarni, ayniqsa g'azab va umidsizlikni ifoda etishdir. 
So'zlarni taqqoslash va tahlil qilish tadqiqotlari shuni 
ko'rsatdiki, odamlarning boshqalarga aytadigan qarg’ishlari 
yengil yoki og’ir tusda bo’lishi mumkin. Masalan, jismoniy 
ziyon yoki so’kish yengilroq duoibad bo’lsa o’lim tilash og’ir 
tusiga doirdir (Yanschewitz, 2008; Jey,1992) Qarg’ish va 
So'kish so'zlaridan foydalanish nuqtai nazaridan jinsiy farqlar 
bo'yicha olib borilgan tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, erkaklar 
ayollarga qaraganda kuchli so'kishlarni ishlatishga (Mehl and 
Pennebaker, 2003) va shu o’rinda ayollar ko’proq qarg’ashga 
moyildirlar.

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling