O‘zmu xabarlari вестник нууз acta nuuz
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
NEMIS VA O‘ZBEK TILLARIDA UY HAYVONLARI NOMI BILAN SHAKLLANGAN DENGIZ HAYVONLARI
Tadqiqotlar. Har bir madaniyatning o'ziga xos
qarg’ish yoki so’kish so'zlari bor, ular ushbu madaniyatdagi tabu yoki muqaddas sanalgan diniy qarashlarga asoslanadi.(de Klerk 1992). Tabu so’zlardan foydalanib qarg’ash yoki so’kish harakati universaldir, lekin madaniy ta’sirlar turlicha. Qarg’ash protsesida ikki jihat bor ya’ni yuzaga kelgan kelishmovchilik yoki dilxiralik ayni vaqtida qarama qarshi tarafga bevosita so’kish yoki qarg’ish so’zlarini aytish yoki xafa bo’lish darajasiga ko’ra shaxsni ko’rmay unga negativ hujumkor va vayronkor tabu so’zlarni yo’llash. (Jay 1999). G'arbiy jamiyatda tabular asosan din, jins, tana funktsiyalari va aytib bo'lmaydigan tana qismlarini o’z ichiga olsa, sharq madaniyatida asosan Din doirasida duoibadlar yo’llash yoki ziyon yetishini tilash orqali amalga oshilishini ko’rishimiz mumkin. Insoniyat tarixi davomida so'kish so'zlardan foydalanish kamsituvchi va haqorat sifatida ko'rilgan va tabu so’zlardan foydalanib qarg’ash, ba'zan hibsga olish, tilni kesish yoki hatto o'lim jazosi bilan jazolangan (Pinker, 2007). Erkaklar ayollarga qaraganda so'kish uchun qo’polroq leksikaga ega. Misol uchun, Foote va Vudvord (1972) tadqiqotida bakalavriat talabalaridan o'zlari hayollariga kelishi mumkin bo'lgan darajada ko'p "tabu, qo'pol, yomon yoki umuman nomaqbul so'zlar yoki iboralar" o’ylab ko’rishlarini so’radilar. Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatadiki, erkaklar ayollardan 50% ga ko'proq yomon va uyat so’zlardan so’kishda foydalansalar ayollar o’lim va omadsizlik tilovchi duoibadlardan ko’proq foydalanar ekanlar. Boshqa tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, ayollar mistik tusga ega bo’gan so’kish va qarg’ishlarni ko'proq ishlatishsa, erkaklar ayollarga qaraganda qarg’ashdan ko’ra so'kish so'zlarini tez-tez ishlatishadi (McEnery, 2005). Biroq, erkaklar odatda erkaklar guruhlarida bunday so’zlarni ishlatishadi va ayollar atrofida bo'lganlarida kamroq foydalanishadi (Bayard va Krishnayya, 2001). Ayollar bo’lsa emotsional muhitda ko’proq qarg’ishdan foydalanadi. Erkaklar ayollarga qaraganda ko'proq vaziyatdan xafa bo'lganda yoki g'azablanganda qarg’ashadi yoki so’kishadi, ayollar esa erkaklarga qaraganda g'azablangan holda qarg’ashni afzal ko’rishadi ularning fikricha so’kish bu nazoratni yo’qotish va boshqalar bilan munosabatlarini xavf ostiga qo'yishi mumkinligini tushunishadi (Bird va Xarris, 1990). Selnow (1985) tadqiqotida 135 ta bakalavriat talabalariga so'rovnoma berdi. U erkaklar va ayollarning qarg’ishida so'kishdan foydalanishda o'lchovli farq bor yoki yo'qligini bilishni xohladi. Keyin u erkaklar va ayollar qarg’ash o'rinli deb hisoblagan kontekstlarni o'rganmoqchi bo'ldi. Ayol respondentlar odatda erkaklarnikiga qaraganda kamroq darajada so'kish so’zlaridan foydalanishlarini, buning o’rniga din bilan daxldor so’zlardan foydalanish abstract negative energiyani yo’llovchi so’zlardan foydalanishlarini bildirishgan. Ayol respondentlar, shuningdek, so'rovnomada ko'rsatilgan kontekstlarning aksariyatida erkaklarnikiga qaraganda so'kish kamroq to'g'ri ekanligiga ishonishgan. Gur va boshqalar. (2002) 18 yoshdan 49 yoshgacha bo'lgan 57 erkak va 59 ayolda MRI tekshiruvini o'tkazdi. Tadqiqotchilar amigdala, hipokampus va hissiy stimulyatsiya bilan bog'liq bo'lgan boshqa limbik hududlar hajmini hissiyotga javob beruvchi orbital frontal miya hududlari hajmiga nisbatan o'lchadilar. Ularning tadqiqot natijalari shuni ko'rsatadiki, ayollar erkaklarnikiga qaraganda orbital frontal korteks hajmi sezilarli darajada kattaroqdir. Bu esa ayollar odatda rejalab maqsadli qarg’aydilar, erkaklar esa g’azabi kelganda emotsional portlashni yuzaga keltiradilar xolos. Xulosa. Xulosa qilganda shuni aytish mumkinki, qarg'ish va so'kish so'zlaridan foydalanilganda ayollar va erkaklarning lingvistik strategiyalari ulardagi vaziyatga, shuningdek ular gaplashayotgan odamlarga ko'ra farqlanadi. Ammo faktlarni kuzatish shuni ko'rsatadiki, til va jins bo'yicha ijtimoiy-madaniy stereotiplar har doim ham aniq bir xil natijani ko’rsata olmaydi, chunki ayollarning taxminiy ehtiyotkorligi juda nisbiydir va bu erkaklar ayollarga qaraganda ko'proq so’kish so’zlaridan foydalanishi mumkindir, ammo ba'zi vaziyatlarda ayollar emotsional ustunlikni ko’rsatishlari ham mumkin. Biroq, yana bir bor ta'kidlash kerakki, G’arbiy jamiyatda erkaklar tabu so’zlardan foydalanishi ustunlik qiladi. Qarg’ash jinsga bog'liq bo'lib, ayollarda bu ko’proq rivojlangan va maqsadli ravishda amalga oshirilsa, erkaklarda esa bu bir onlik g’azab natijasi bo’lib ko’rinadi. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling