O‘zmu xabarlari вестник нууз acta nuuz
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
NEMIS VA O‘ZBEK TILLARIDA UY HAYVONLARI NOMI BILAN SHAKLLANGAN DENGIZ HAYVONLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI XABARLARI, 2023, [1/5] ISSN 2181-7324 FILOLOGIYA https://science.nuu.uz/
- O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz FILOLOGIYA 1/5 2023
Adabiyotlar tahlili. Aytish mumkinki, ko’plab lisoniy
xususiyatlar lingvistlar tamonidan jins xususiyatiga, yosh davriga va ijobiy yoki salbiy taraflariga e’tibor berib baholanishi an’anaga aylangan. Lisoniy holatlarning noadabiy turi xisoblangan qarg’ish so’zlarning qo’llanilishi yuqoridagi guruhlarga ko’ra o’rganiladi. Qargi’ishlar asosan ayollarga xos unsur bo’lsa, so’kish so’zlardan foydalanish bu ko’proq erkaklarga xosdir va bu tabiiy jarayon xisoblanadi va “folklingvistik e’tiqod deb sanaladi (Coates 2004). Tilshunos Lakof va kichik Xyuz (2004, 2006) takidlashicha qarg’ishlar odatda o’sha jamiyatning stereotiplari va standartlariga ko’ra O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI XABARLARI, 2023, [1/5] ISSN 2181-7324 FILOLOGIYA https://science.nuu.uz/ Social sciences O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz FILOLOGIYA 1/5 2023 - 271 - turlicha ishlatiladi, ya’ni abstraktlik va material olam unsurlarining elementlari qanchalik rivojlanganligiga ko’ra, insonlar bir tamon boshqasiga nisbatan qarg’ishlarni turli xil qo’llaydi. Qarg’ishlar orqali insonlar o’zlarining biror holatdan noroziliklarini yoki alamzadaliklarini namoyish etishadi. Duo qilayotganliklarida esa mamnuniyat ko’rsatiladi. Shu jarayonni kuzatarkan Coates (2004) muomala munosabatlarini “joy, ishtirokchilar, maqsad, harakatlar, normalar va janr” ga ko’ra isloh qilish kerakligini bildirdi, ammo qarg'ish yoki duo faqat aniq ishtirokchilar va aniq vaqt bilan chegralanmasligini ta’kidlaydi. Ya’ni ma’lum holatda albatta qarg’ayotgan yoki duo qilayotgan inson va shu unsurlar qaratilgan shaxs bir joyda bo’ishlari shart emas. Bu xolat uchun qarg’ayotgan inson yolg’iz bo’lishi ham mumkin. Ba’zi ilmiy izlanishlarning ko’rsatishicha ayollar va erkaklar turli xil so’z tanlash registrlaridan foydalanishadi va odatda ayollar erkaklardan ko’proq qarg’ish so’zlardan foydalanadilar. (Coates 2004) (Baruch & Jenkins 2007) Darxaqiqat, bunday izlanishlarning bir qanchasi shuni ko’rsatdiki, ayollar qarg’ishi erkaklarnikidan nafaqat tezligi bilan balki, so’z tanlovi, yo’nalishi va ma’nosi bilan ham keskin farq qiladi. Shuningdek, ayollar nutqida qarg’ishlar “kuchli” mistik hususiyatga ham egaligi bilan farq qiladi. (Murrey, 2012) Agar o’zbek ayollari nutqida qarg’ishlarga e’tibor qaratadigan bo’lsak, ularda ko’proq kelajakda qarg’alayotgan insonga nisbatan o’lim tilash yoki, ziyonlanishini hohlashga qaratilgan so’z va duoibadlarni ko’rishimiz mumkin. Bularga misol qilib quyidagi jadvalni keltirishimiz mumkin. O’lim tilovchi qarg’ishlar Omadsizlik tilovchi qarg’ishlar Jismoniy zarar tilovchi qarg’ishlar Dinga bog’liq qarg’ishlar 1 Laxatda chirigur Ishing unmagur Og’zingdan qoning kelsin Allohga soldim 2 Bo’yning uzilsin Topganing yuqmasin Qo’ling singur Jahannamga dombira bo’lgin 3 Go’ringda ilon qopgur Sho’ring qurisin Tilginang kesilsin Alloh la’natiga uchragur 4 Tusingni yel olgur Uying kuysin (Jadval 1: ayollar tamonidan odatda ishlatiladigan qarg’ishlar) O‘zbek tilida erkaklar esa birmuncha realroq va lo’ndaroq birikmalardan foydalanishadi, Bunga misol, “Padaringga la’nat”, “Basharang qursin”, “Battar bo’l” kabilardir. Yana bir qiziq jixat shundaki, qarg’ishlar faqat salbiy bo’libgina qolmay, ijobiy tusga egalari ham mavjuddir. Masalan: “Masjidga imom bo’lgur”, “Uying donga to’lgur”, “Baraka topgur”, “Boshing omon bo’lgur”. Bu duo monand qarg’ishlar odatda quloqsiz bolalarga onalari tamonidan ishlatiladi va xalq og’zaki ijodi xisoblanadi. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling