O‘zmu xabarlari вестник нууз acta nuuz


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/211
Sana08.05.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1443249
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   211
Bog'liq
NEMIS VA O‘ZBEK TILLARIDA UY HAYVONLARI NOMI BILAN SHAKLLANGAN DENGIZ HAYVONLARI

Adabiyotlar tahlili. Aytish mumkinki, ko’plab lisoniy 
xususiyatlar lingvistlar tamonidan jins xususiyatiga, yosh 
davriga va ijobiy yoki salbiy taraflariga e’tibor berib 
baholanishi an’anaga aylangan. Lisoniy holatlarning noadabiy 
turi xisoblangan qarg’ish so’zlarning qo’llanilishi yuqoridagi 
guruhlarga ko’ra o’rganiladi. Qargi’ishlar asosan ayollarga xos 
unsur bo’lsa, so’kish so’zlardan foydalanish bu ko’proq 
erkaklarga xosdir va bu tabiiy jarayon xisoblanadi va 
“folklingvistik e’tiqod deb sanaladi (Coates 2004). Tilshunos 
Lakof va kichik Xyuz (2004, 2006) takidlashicha qarg’ishlar 
odatda o’sha jamiyatning stereotiplari va standartlariga ko’ra 
O‘ZBEKISTON MILLIY 
UNIVERSITETI
XABARLARI, 2023, [1/5]
ISSN 2181-7324 
 
FILOLOGIYA 
https://science.nuu.uz/ 
Social sciences 


O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
 
FILOLOGIYA 
1/5 2023 
- 271 -
turlicha ishlatiladi, ya’ni abstraktlik va material olam 
unsurlarining elementlari qanchalik rivojlanganligiga ko’ra, 
insonlar bir tamon boshqasiga nisbatan qarg’ishlarni turli xil 
qo’llaydi. 
Qarg’ishlar orqali insonlar o’zlarining biror holatdan 
noroziliklarini yoki alamzadaliklarini namoyish etishadi. Duo 
qilayotganliklarida 
esa mamnuniyat ko’rsatiladi. Shu 
jarayonni kuzatarkan Coates (2004) muomala munosabatlarini 
“joy, ishtirokchilar, maqsad, harakatlar, normalar va janr” ga 
ko’ra isloh qilish kerakligini bildirdi, ammo qarg'ish yoki duo 
faqat aniq ishtirokchilar va aniq vaqt bilan chegralanmasligini 
ta’kidlaydi. Ya’ni ma’lum holatda albatta qarg’ayotgan yoki 
duo qilayotgan inson va shu unsurlar qaratilgan shaxs bir 
joyda bo’ishlari shart emas. Bu xolat uchun qarg’ayotgan 
inson yolg’iz bo’lishi ham mumkin. 
Ba’zi ilmiy izlanishlarning ko’rsatishicha ayollar va 
erkaklar turli xil so’z tanlash registrlaridan foydalanishadi va 
odatda ayollar erkaklardan ko’proq qarg’ish so’zlardan 
foydalanadilar. (Coates 2004) (Baruch & Jenkins 2007)
Darxaqiqat, bunday izlanishlarning bir qanchasi shuni 
ko’rsatdiki, ayollar qarg’ishi erkaklarnikidan nafaqat tezligi 
bilan balki, so’z tanlovi, yo’nalishi va ma’nosi bilan ham 
keskin farq qiladi. Shuningdek, ayollar nutqida qarg’ishlar 
“kuchli” mistik hususiyatga ham egaligi bilan farq qiladi. 
(Murrey, 2012) 
Agar o’zbek ayollari nutqida qarg’ishlarga e’tibor 
qaratadigan bo’lsak, ularda ko’proq kelajakda qarg’alayotgan 
insonga nisbatan o’lim tilash yoki, ziyonlanishini hohlashga 
qaratilgan so’z va duoibadlarni ko’rishimiz mumkin. 
Bularga misol qilib quyidagi jadvalni keltirishimiz 
mumkin. 
O’lim tilovchi qarg’ishlar 
Omadsizlik tilovchi qarg’ishlar 
Jismoniy zarar tilovchi qarg’ishlar 
Dinga bog’liq qarg’ishlar 

Laxatda chirigur 
Ishing unmagur 
Og’zingdan qoning kelsin 
Allohga soldim 

Bo’yning uzilsin 
Topganing yuqmasin 
Qo’ling singur 
Jahannamga dombira bo’lgin 

Go’ringda ilon qopgur 
Sho’ring qurisin 
Tilginang kesilsin 
Alloh la’natiga uchragur 

Tusingni yel olgur 
Uying kuysin 
(Jadval 1: ayollar tamonidan odatda ishlatiladigan qarg’ishlar) 
O‘zbek tilida erkaklar esa birmuncha realroq va 
lo’ndaroq birikmalardan foydalanishadi, Bunga misol
“Padaringga la’nat”, “Basharang qursin”, “Battar bo’l” 
kabilardir. 
Yana bir qiziq jixat shundaki, qarg’ishlar faqat salbiy 
bo’libgina qolmay, ijobiy tusga egalari ham mavjuddir. 
Masalan: “Masjidga imom bo’lgur”, “Uying donga to’lgur”, 
“Baraka topgur”, “Boshing omon bo’lgur”. Bu duo monand 
qarg’ishlar odatda quloqsiz bolalarga onalari tamonidan 
ishlatiladi va xalq og’zaki ijodi xisoblanadi. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling