O‘zmu xabarlari вестник нууз acta nuuz


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/211
Sana08.05.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1443249
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   211
Bog'liq
NEMIS VA O‘ZBEK TILLARIDA UY HAYVONLARI NOMI BILAN SHAKLLANGAN DENGIZ HAYVONLARI

O‘ZBEKISTON MILLIY 
UNIVERSITETI
XABARLARI, 2023, [1/5]
ISSN 2181-7324 
 
FILOLOGIYA 
https://science.nuu.uz/ 
Social sciences 


O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
 
FILOLOGIYA 
1/5 2023 
- 264 -
Navoiy ushbu devoniga maxsus debocha ham 
yozganki, unda devonning yaratilish sababi, o‘ziga xos 
xususiyatlari, shoirning ijodiy nuqtai nazari dasturi aks etgan. 
Devondagi sherlar o‘zining janriy va g‘oyaviy-badiiy 
xususiyatlari, mavzu ko‘lami bilan o‘zidan oldingi va o‘z 
zamonasidagi shoirlardan farqli jixatlari navoiyshunoslikda 
aytib o‘tilgan.
“Badoye ul-bidoya”dagi sherlar ham Navoiyning 
boshqa 
asarlaridagi 
singari 
o‘zbek 
adabiyotidagi 
insonparvarlik ananalarini yuqoriga ko‘taradi. Ananaviy 
gul,bulbul, oy, kuyosh, bahor mavzulari orqali insonga xos 
o‘y-xayollar, tuyg‘u-kechinmalar ifodalandi.
Navoiy ko‘pincha yorning jamoli va sifatlarini 
afsonaviy hamda ananaviy timsollar orqali tasvirlaydi: 
Yo‘q og‘zidin nuqta aytur mahvashimdek bo‘lmag‘ay, 
Gar qo‘yosh har zarrasidan bir Masiho aylas.(2) 
Bunda Iso payg‘ambarga ishora qilish bilan talmeh 
sanatidan foydalanilgan. Rivoyatlarga ko‘ra, Iso Masih o‘z 
nafasi bilan bemorlarga shifo, o‘liklarga jon bag‘ishlovchidir. 
U iloxiy qudrat bilan ko‘kka ko‘tarilgan.
Mumtoz adabiyotda og‘zaki kichiklik ham go‘zallik 
ramzi. Quyosh har zarrasidan bir Iso yaratsa xam, u mening 
tor og‘izli (og‘zi ko‘rinmaydigan) oy yuzli go‘zalimday 
bo‘lolmaydi. Bunda shoir bir emas, bir necha Iso bo‘lganida 
ham ular mening birgina mahbubumning o‘rnini bosolmaydi, 
dardimga shifo bera olmaydi, deydi.
Iso 
Masih 
mumtoz 
she’riyatidagi 
ananaviy 
timsollardan biri bo‘lib, Navoiygacha bo‘lgan davrda ham bu 
timsol keng ko‘llanilgan. Jumladan, Atoiyda: 
Og‘zingda mo‘jiz oyatin Iso ko‘rub ziyod, 
Bizdan qochib yoshurindi ko‘k ichra uyottin. (2) 
Yor og‘zi mo‘jizasin ko‘rgan Iso ham unga tan berib, 
uyalganidan ko‘kka qochib yashiridi.
Sakkokiyda Atoiydan biroz boshqacharoq tarzda 
uchraydi.
Ey Masihodam begim, bir dam birla bergil shifo, 
SHeva birla ko‘zlaring jonimni bemor ayladi. (2) 
Bunda shoir tazod usulini qo‘llab, hayotiy lavha 
yaratadi. Yor-Masihodam. Uning shahlo ko‘zi oshiqni bemor 
qiladi, biroq dami(so‘zi) unga shifo beradi. Demakki, yorning 
so‘zi oshiqqa hayot bag‘ishlovchi.
Lutfiyda esa Atoiy va Navoiydagi kabi mubolag‘a 
san’atidan foydalangan holda go‘zal namuna yaratilganligini 
guvohi bo‘lamiz: 
Iso fallaka oshti, chun bo‘ldi labing jon berguvchi, 
Sharmandilikdan ketmasa, ko‘kka anga ne bor erur.... 
(2) 
Yorning labi jon bag‘ishlovchilikda Isodan ham 
o‘tgani uchun Iso sharmandalikka chiday olmay, ko‘kka 
chiqib ketdi, bo‘lmasa u ko‘kda nima qilar edi.
Mumtoz sheriyatimizda ko‘p uchraydigan ananaviy 
timsollardan yana biri Xizir – hamisha tirik, tiriklik suvi-obi 
hayotni ichgan payg‘ambar, valiy zot, tasavvufiy ma’noda 
ilohiy mujdaning so‘fiy ko‘ngilga nozil bo‘lishi, xushxabar. 
“Badoye’ ul-bidoya” devonidagi bir nechta g‘azzalarda ushbu 
obrazni uchratishimiz mumkin, jumladan: 
Hizriy axttingning ajab yo‘q sabzu hurram bo‘lmog‘i 
Labbalab chunki berur suv chashmayi hayvon ango. 
(2) 
Yoki: 
Jomi Jam birla hizr so‘yi nasibumdur mudom, 
Soqoyo, to tarki joh aylab gado bo‘ldim sango. (3) 
Jom – may ichiladigan idish, kosa Baytda Jamshid 
jomi nazarda tutilmoqda. Jamshid – qadimgi Eron 
podshohlaridan biri. Jamshid jomidagi may-visol sarxushligi 
va Hizr suvi kabi abadiy hayot ramzi. Demak, bularning har 
ikkalasi ham obi hayot manosida bir urinda kelmoqda. Aslida 
Navoiyda bu piri komil qalbi, bu qalb Alloh nuri bilan 
munavvar. Shoir deydiki, agar mansabu davlatni tark etib, 
darvesh bo‘lsam, ana shu abadiy ilohiy fayz nasibam bo‘ladi. 
Soqiy deganda ham piri komil, ham yori aziz, mashuqa 
nazarda tutiladi, yani soqiyga-pirga yetishib, ishq nuriga g‘arq 
bo‘lish uchun darvesh bo‘lish kerak. Boshqa bir g‘azalda bir 
g‘azalida esa: 
Tiyra kulbamg‘a kirib, jono, o‘limdin ber najot, 
Zulmat ichra Hizirga ul navkim obi hayot. (4) 
Bu Navoiyning majoz usulida yaratilan oshiqona 
g‘azallaridan biridir. Oshiq mahbubaga murojaat etib, yerosti 
zulmat dunyosi suvi Hizirga abadiy umr bag‘ishlagani kabi 
ham kulbamga tashrif buyurib, meni o‘limdan xalos et, deydi. 
Atoiyda: 
Unuttirdi Hizir obihayotin, 
O‘shal yokuti shakarxand bizga. (10) 
Oshiqqa hur-parilar emas, balki hayot mahbubasi 
kerak. U faqatgina yor dudog‘idan hayot topadi.
Ey bekim, vallox, kerakmas tanda jon sizga mango, 
Ham hayoti Hizru umri javidon sizsiz mango. (10) 
Mumtoz she’riyatimizda mashuqani gulga, oshiqni 
bulbulga, yorning yuzini oyga, quyoshga, qoshini xilolga, qizil 
yuzini lolaga, qaddini sahroga chiqib ketgan. Kishilar uni uzib, 
dasta qilib olib kelmagunlaricha u o‘z ixtiyori bilan bu 
shaharga kelolmaydi, deydi.
Navoiyda esa lolaga qiyoslashni yuzga nisbatan emas, 
balki biroz boshqacharoq tarzda ko‘ramiz: 
Lolagun tun ichra, yorib, ul g‘azoli Chin erur, 
YO ko‘zumning Mardumi qon yosh ila rangin erur. (2) 
Lola rangli to‘n kiygan nigorim Xitoy ohusimikan, 
yoki ko‘zimning qorachig‘i qonli yosh bilan qizarib 
ko‘rinmoqdamikan? Ushbu ishqiy g‘azalda qizil rangli to‘n 
kiygan mahbuba jamoli tasviri yaratilgan. Demak, yuqorida 
Lutfiy ananaviy yorining yuzini lolaga qiyoslash o‘rniga 
mubolag‘a usulidan foydalangan holda lolani yorga 
mengazishni ko‘rgan bo‘lsak, Navoiyda yanada yangi 
tasvirning guvohi bo‘lamiz. Bunda tasvirni bo‘rttirib 
ko‘rsatish maqsadida ranglar jilosi oshiq qalbiga yaqinligini 
inobatga olgan holda poetik qiyoslar, tashbehlar orqali aks 
ettirgan: qizil to‘n, lola, qon qonli yosh, bag‘ir qoni, shafaq, 
qizil rang, lala, qizil may kabi zoxiriy ko‘rinishi o‘hshash 
narsa-hodisalar g‘azalning keyingi misralaridan ham o‘rin 
oladi.
Gul yuzida bulbul sening asroringda notiq, 
Sham o‘tida parvona sening g‘usninga shaydo. (10) 
Gul yuziga shaydo bulbul sening siringni so‘zlaydi, 
parvona ham sham shu’lasiga seni deb talpinadi.
Oyu xurshidigni yig‘, ey charxi gardunkim, bu dam, 
Hamdam ul oy chexralig hurshid paykarur mango. (3) 
Ey osmon, oy bilan oftobingni yig‘ishtirib ol, negaki 
bu dam menga ul yuzi oydek, qomati qo‘yoshdek go‘zal 
yo‘ldoshimdir. Oshiq vasldan sarhush. Unga osmondagi oyu 
ko‘yosh pisand emas, chunki yonida tengsiz sohibjamol yori 
bor.
Shoir asarlarining har bir misrasi,har bir so‘zi ularning 
qatiga yashiringan joziba,sehr va ta’sirchanligidan ko‘rinib 
turibdiki, Alisher Navoiy betakror so‘z sohibi, juda nozik va 
buyuk san’atkordir. U so‘z tanlash va qo‘llashda ham jahon 
miqyosida benazirdir.
Umuman, Navoiy tabiatning maftuniga, hislarning asiriga 
aylangan benazir ijodkordir. Uning ruhiy holatlari so‘z bilan 
chizilgan suvratlardir. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling