O‘zmu xabarlari вестник нууз acta nuuz
Mavzuga oid adabiyotlar tahlili
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
NEMIS VA O‘ZBEK TILLARIDA UY HAYVONLARI NOMI BILAN SHAKLLANGAN DENGIZ HAYVONLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tahlil va natijalar.
Mavzuga oid adabiyotlar tahlili. Ma'qullash taktika,
yoki strategiya sifatida ko‘p olimlar tomonidan o‘rganilgan bo‘lib, ular qatoriga N.A. Bigunova, T.V. Kuklina, S.N. Pogojaya, A. Chapiga, R.A. Gazizov va boshqalar kiradi. Ma'qullash o‘z ichiga baho funksiyasini oladi, aynan suhbatdosh tomonidan ijobiy baholash, va shu sababli, ma'qullashni baho berishga tenglashtirmaslik lozim, chunki baho berish ijobiy kabi, salbiy ham bo‘lishi mumkin. Ma'qullash bevosita va bilvosita amalga oshiriladi. “Men fikringizga qo‘shilaman”, “to‘gri aytasiz” singari til vositalari bilan bevosita va maqtovni bildirish orqali bilvosita amalga oshirilishi mumkin. Demak, kooperatsiyaga erishish uchun savolga javob beruvchi ham ma'qullash taktikasidan foydalanayotgani ochiq bo‘ladi. U shu orqali o‘zi ko‘p ma'lumotga ega emasligini ham oshkor qilmoqda. U kutgan ma'lumotni to‘liq beraolmasligini, lekin shunday bo‘lsada yordamga tayyor ekanligini va urinib ko‘rishini oshkor etyapdi. Keyingi suhbat bosqichiga tayyor ekanligini anglatadi. Tahlil va natijalar. Yon berish taktikasi. Yon berish kooperatsiyaga erishishning solidarlik strategiyasiga kiruvchi taktikalaridan biri bo‘lib, katta maqsad sanalgan suxbatning muvaffaqiyatini ta'minlashga erishishda ko‘maklashuvchi omillardan biridir. Ushbu dialog parchasi Kunlarning birida tarbiyaviy filmlari turkumiga kiruvchi “Qaltis yo‘ldan qaytargan muallim” filmidan olindi. Videomaterial yozuvlari muallif tomonidan harflashtirildi. Misol [9]: U: Otasi bo‘lsangiz ham bolangizni yaxshi bilmas ekansiz. Raufjon siz aytganday quloqsiz bolalrdan emas. O: Qaniydi shunaqa bo‘lsa. U: Aka, to‘g‘ri endi bolangiz sal sho‘xroq bo‘lishi mumkin, lekin judayam zehinli, aqilli, biror narsani o‘qisa birdaniga eslab qoladigan qobiliyati bor. Dialogning ushbu qismida lisoniy kooperatsiya namoyon bo‘layotganining guvohi bo‘lamiz. Ushbu misolda kooperatsiyaga erishish uchun solidarlik strategiyasidan biri bo‘lgan, yon berish taktikasidan foydalanilmoqda. Ushbu dialog parchasi Ustoz (U) va uning o‘quvchisining Otasi (O) o‘rtasida bo‘lib o‘tmoqda. O‘z fikrini yetkazish uchun ustoz yon berish taktikasini qo‘llamoqda, ya'ni otaning fikrini ma'qullamoqda, “Sizning fikringiz to‘g‘ri, o‘g‘lingiz sho‘xroq, men bu narsani inkor etmayman, qabul qilaman” deya o‘z fikrini keltirmoqda “Lekin o‘g‘lingiz iste'dodi bor, zehni o‘tkir bola”. Bunda yon berish taktikasini qo‘llash, nutqda konfliktdan qochib, kooperatsiyani buzmagan holda oldingi aytilgan fikrlarga teskari bo‘lgan o‘zining qarashini yetkazish qo‘l kelmoqda. Ota o‘z o‘g‘lini o‘ta sho‘x, quloqsiz, kattalarning aytganini qilmaydigan, hammani bezor qiladigan, bunaqada uning kelajagi porloq emas deb biladi, ustoz esa o‘quvchisining dars vaqtida kuzatgan yashirin iste'dodlarini ko‘radi, unda yaxshi jihatlar borligini aniqlaydi, va bu fikrini bolaning otasiga yetkazishga harakat qiladi. Tilshunoslar tomonidan yon berishni boshqa kimsaning foydasi, manfaati uchun biror narsadan voz kechish, rad qilish tushuniladi. Shuningdek, o‘zaro kelishish uchun qaror qabul qilish, biror narsaga bo‘lgan talabni sussaytirish anglashiladi[1]. Yon berish taktikasi A.V. Bogomolova, Y.V. Vayrax, A.Y. Apresyan, R.M. Teremova, N.G. Xilalova va boshqa olimlar tomonidan o‘rganilgan. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling