O‘zmu xabarlari вестник нууз acta nuuz
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
NEMIS VA O‘ZBEK TILLARIDA UY HAYVONLARI NOMI BILAN SHAKLLANGAN DENGIZ HAYVONLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Key words
Ключевые слова: Фейк, дезинформация, социальное воздействие, медиаграмотность, современные тренды.
SOCIAL EFFECTS OF FAKE AND DISINFORMATION IN THE GLOBAL INFORMATION SPACE Annotation This article talks about the social impact of fake and disinformation today. Regarding the topic of this article, scientific and official literature and materials published in mass media are analyzed. Also, relevant suggestions and recommendations are given regarding the existing problem. Key words: Fake, disinformation, social impact, media literacy, modern trends. Kirish. Yangiliklar har qanday yoshdagi kishilarni qiziqtirib kelgan. Odamlar hozirgi paytda o‘z shaharlarida, mamlakatlarida va chet ellarda nima bo‘layotganini bilishdan manfaatdor. Tushkunlikka tushgan tomoshabinlar har qanday olamshumul voqea-hodisalar haqidagi xabarlarni kuzatadi yoki ro‘y bergan voqea-hodisalar haqidagi xabarlarni o‘qib, eshitib turib yig‘laydi. Ammo, butunjahon “o‘rgimchak to‘ri”da nashr etilgan va takror chop etilgan materiallar maqsadli ravishda “uydirma”, “ yolg‘on” bo‘lib chiqadi. Bunday yangiliklar haqidagi xabarlarni kuchli axborot oqimi orasidan aniqlab topish qiyin, chunki ularning zamonaviy media makonda paydo bo‘lishi tasodif emas. Ular yordamida mualliflar uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar faol targ‘ib qilinadi va jamoatchilik fikri shakllantiriladi. Garchi ko‘plab mamlakatlar allaqachon “feyklar”ga qarshi faol kurashni boshlagan bo‘lsalar-da, ular sonining ko‘payishi xavfi axborot kun tartibida ochiq qolmoqda[1]. Feyk ma’lumotlar fuqarolarning hayoti va (yoki) sog‘lig‘iga, jamoat tartibini ommaviy ravishda buzilishiga va (yoki) jamoat xavfsizligiga tahdid soladi. Feyk yangiliklar har doim ma’lum bir maqsadda, ya’ni voqea, shaxs yoki bir guruh odamlar haqida jamoatchilik fikrini shakllantirish uchun tarqatiladi. Har qanday feykni haqiqiyligini tekshirish mumkin, ammo odamlar buni e’tiborsiz qoldiradilar, chunki ular rost ma’lumotni yolg‘onidan ajrata olishlariga ishonadilar. Bundan tashqari, odamlar axborot savodxonligi yetarli emas, ma’lumotni tasdiqlash yoki rad etish uchun vaqt sarflashni xohlamaydilar va ba’zi hollarda esa ular oldilarida ko‘rib turgan ma’lumotlarga ishonishni xohlashadi”[2]. Ijtimoiy tarmoqlar, xususan Facebook va Tvitter, feyk yangiliklarga qarshi kurashadigan algoritmlarni faol ravishda amalga tatbiq etsa-da, biroq ularning ishi har doim ham muvaffaqiyatli bo‘lavermaydi. Inson tabiati asli “feyk”ga, dezinformasiyaga, ya’ni nimanidir bo‘rttirib yoki aksincha kichraytirib ko‘rsatishga moyil bo‘ladi. Bugun texnologik taraqqiyot natijasida shu moyillikni real hayotda aks ettirish yanada osonlashdi. Internetning zamon va makon bilmas imkoniyatlari esa uning tez va keng tarqalishiga xizmat qila boshladi. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling