Algoritmlarni loyihalash Fan: Algoritmlarni loyihalash ki fakulteti at kafedrasi A. Xoitqulov


Download 0.6 Mb.
bet1/5
Sana07.03.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1246047
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1-dars

Algoritmlarni loyihalash

Fan: Algoritmlarni loyihalash

KI fakulteti AT kafedrasi A.Xoitqulov

1-MAVZU: Algoritmlarni loyihalashga kirish. Algoritmlarni vaqt va hajm bo’yicha baholash. Ko’phadlar qiymatlarini hisoblashda Gorner sxemasi


2-kurslar uchun, 2022-2023 o’quv yili 4-semester
44 soat ma’ruza + 30 soat laboratoriya
108 soat mustaqil ish
Jami 6 kredit

Dars rejasi

“Алгоритм” тушунчасининг пайдо бўлиш

  • «Algoritm» atamasi xorazmlik buyuk olim Muhammad al-Xorazmiy (825 y.) nomi bilan bog’liq.
  • Algoritm tushunchasi XX asrning boshlarida yashab ijod qilgan D.Gilbert, K.Gyodel, S.Klini, A.Chyorch, E.Post, A.Tyuring, N.Viner, A.A.Markov kabi olimlarning ishlari orqali fanga kirib kelgan.
  • Algoritmlarning turli ta’riflari mavjud. Rasmiy ta’riflardan biri bo’yicha algoritm bu qo’yilgan masalani yechilishiga olib keluvchi aniq harakatlarning chekli ketma-ketligidir.

Algoritmning ta’rifi

  • Algoritm – bu qat’iy belgilangan qoidalarga muvofiq amalga oshiriladigan muayyan sondagi qadamlardan keyin masalaning yechimiga olib keluvchi hisoblash tizimidir. (A.Kolmogorov).
  • Algoritm – bu ma’lum kiruvchi ma’lumotlardan izlanayotgan yechimga olib keluvchi hisoblash jarayoni to’g’risidagi ko’rsatma (A.Markov).
  • Algoritm — bu bir turdagi masalalarni yechishga olib keladigan aniq operatsiya (amal)lar tizimini muayyan tartibda bajarish to’g’risidagi ko’rsatma (M.M.Rozental tahriri ostida chop etilgan falsafa lug’ati)
  • Algoritm – bu aniq masalalar to’plamini yechish uchun amallar ketma-ketligini aniqlovchi tugallangan qoidalar majmuasi bo’lib, u 5 ta muhim xossalarga ega bo’ladi: tugallanganlik, aniqlik, kirish, chiqish, samaradorlik. (D.E.Knut).

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling