O‘zmu xabarlari вестник нууз acta nuuz


Mavzuga oid adabiyotlar tahlili va metodlar


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/211
Sana08.05.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1443249
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   211
Bog'liq
NEMIS VA O‘ZBEK TILLARIDA UY HAYVONLARI NOMI BILAN SHAKLLANGAN DENGIZ HAYVONLARI

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili va metodlar. 
Axborotning jamoatchilik ongiga ta’siri bo‘yicha eng yirik 
tadqiqochilaridan biri kanadalik faylasuf Gerbert Marshall 
Maklyuenning ta’kidlashicha, ommaviy axborot vositalari 
“tabiiy resurslar”[2] hisoblanadi. Hozirgi zamonaviy dunyoda 
axborot resurslari uchun kurash oldingi o‘ringa chiqdi. Mish-
mishlarga asoslangan “feyk” xabarlarning tabiatini tushunish 
“feyk” 
va 
“dezinformasiya” 
tushunchalarini 
aniq 
chegaralashga 
yordam 
beradi. 
Axborot 
ko‘pincha 
haqiqat/yolg‘on 
va 
ishonchlilik 
tushunchalari 
bilan 
tavsiflanadi. Axborot reallikka mos keladigan bo‘lsa, haqiqat 
hisoblanadi. Haqiqat faktni to‘g‘ri taqdim etish orqali 
ifodalanadi. Demak, fakt bu – tekshirilgan, haqiqatda sodir 
bo‘lgan”[3] voqelik haqidagi ishonchli ma’lumotdir. 
Dezinformasiya axborot turi sifatida auditoriyada 
voqelikning noto‘g‘ri manzarasini shakllantiradi. “Faktlarni 
to‘liq yoki qisman buzish, axborotni yashirish, muloqotda 
xabarga noto‘g‘ri urg‘u berish va boshqalar dezinformasiya 
vositalari[4]” hisoblanadi. 
Hozirda ko‘pgina tadqiqotchilar o‘z e’tiborlarini 
asosan yolg‘on xabarlarni rostgo‘ylardan ajratib olishga imkon 
beradigan jihatlarga qaratmoqdalar. 
Feyklar tabiatan, haqiqatga o‘xshashlik va ishonchlilik 
elementlariga ega bo‘lgan yolg‘on axborotdan iborat, bu 
O‘ZBEKISTON MILLIY 
UNIVERSITETI
XABARLARI, 2023, [1/5]
ISSN 2181-7324 
 
FILOLOGIYA 
https://science.nuu.uz/ 
Social sciences 


O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
 
FILOLOGIYA 
1/5 2023 
- 267 -
ularning dezinformasiyadan 
ajratib turadigan umumiy 
xususiyati bo‘lib, buning uchun zarur. S.N. Ilchenko haqli 
ravishda ta’kidlaganidek, “feyk qanchalik aql bovar 
qilmaydigan va ishonib bo‘lmaydigan darajada soxta bo‘lsa, 
uning media sohasida tarqalish ehtimoli shunchalik yuqori 
bo‘ladi”[5]. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling