O‘zmu xabarlari вестник нууз acta nuuz


Mavzuga oid adabiyotlar tahlili


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/211
Sana08.05.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1443249
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   211
Bog'liq
NEMIS VA O‘ZBEK TILLARIDA UY HAYVONLARI NOMI BILAN SHAKLLANGAN DENGIZ HAYVONLARI

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili. Ma'qullash taktika, 
yoki strategiya sifatida ko‘p olimlar tomonidan o‘rganilgan 
bo‘lib, ular qatoriga N.A. Bigunova, T.V. Kuklina, S.N. 
Pogojaya, A. Chapiga, R.A. Gazizov va boshqalar kiradi. 
Ma'qullash o‘z ichiga baho funksiyasini oladi, aynan 
suhbatdosh tomonidan ijobiy baholash, va shu sababli, 
ma'qullashni baho berishga tenglashtirmaslik lozim, chunki 
baho berish ijobiy kabi, salbiy ham bo‘lishi mumkin. 
Ma'qullash bevosita va bilvosita amalga oshiriladi. “Men 
fikringizga qo‘shilaman”“to‘gri aytasiz” singari til vositalari 
bilan bevosita va maqtovni bildirish orqali bilvosita amalga 
oshirilishi mumkin. 
Demak, kooperatsiyaga erishish uchun savolga javob 
beruvchi ham ma'qullash taktikasidan foydalanayotgani ochiq 
bo‘ladi. U shu orqali o‘zi ko‘p ma'lumotga ega emasligini ham 
oshkor qilmoqda. U kutgan ma'lumotni to‘liq beraolmasligini, 
lekin shunday bo‘lsada yordamga tayyor ekanligini va urinib 
ko‘rishini oshkor etyapdi. Keyingi suhbat bosqichiga tayyor 
ekanligini anglatadi.
Tahlil va natijalar. Yon berish taktikasi. Yon berish 
kooperatsiyaga erishishning solidarlik strategiyasiga kiruvchi 
taktikalaridan biri bo‘lib, katta maqsad sanalgan suxbatning 
muvaffaqiyatini ta'minlashga erishishda ko‘maklashuvchi 
omillardan biridir.  
Ushbu dialog parchasi Kunlarning birida tarbiyaviy 
filmlari turkumiga kiruvchi “Qaltis yo‘ldan qaytargan 
muallim” filmidan olindi. Videomaterial yozuvlari muallif 
tomonidan harflashtirildi. Misol [9]: 
U: Otasi bo‘lsangiz ham bolangizni yaxshi bilmas 
ekansiz. Raufjon siz aytganday quloqsiz bolalrdan emas.
O: Qaniydi shunaqa bo‘lsa. 
U: Aka, to‘g‘ri endi bolangiz sal sho‘xroq bo‘lishi 
mumkin, lekin judayam zehinli, aqilli, biror narsani o‘qisa 
birdaniga eslab qoladigan qobiliyati bor. 
Dialogning ushbu qismida lisoniy kooperatsiya 
namoyon bo‘layotganining guvohi bo‘lamiz. 
Ushbu 
misolda 
kooperatsiyaga 
erishish 
uchun 
solidarlik strategiyasidan biri bo‘lgan, yon berish taktikasidan 
foydalanilmoqda. 
Ushbu dialog parchasi Ustoz (U) va uning 
o‘quvchisining Otasi (O) o‘rtasida bo‘lib o‘tmoqda. O‘z 
fikrini yetkazish uchun ustoz yon berish taktikasini 
qo‘llamoqda, ya'ni otaning fikrini ma'qullamoqda, “Sizning 
fikringiz to‘g‘ri, o‘g‘lingiz sho‘xroq, men bu narsani inkor 
etmayman, qabul qilaman” deya o‘z fikrini keltirmoqda 
“Lekin o‘g‘lingiz iste'dodi bor, zehni o‘tkir bola”. Bunda yon 
berish taktikasini qo‘llash, nutqda konfliktdan qochib
kooperatsiyani buzmagan holda oldingi aytilgan fikrlarga 
teskari bo‘lgan o‘zining qarashini yetkazish qo‘l kelmoqda. 
Ota o‘z o‘g‘lini o‘ta sho‘x, quloqsiz, kattalarning aytganini 
qilmaydigan, hammani bezor qiladigan, bunaqada uning 
kelajagi porloq emas deb biladi, ustoz esa o‘quvchisining dars 
vaqtida kuzatgan yashirin iste'dodlarini ko‘radi, unda yaxshi 
jihatlar borligini aniqlaydi, va bu fikrini bolaning otasiga 
yetkazishga harakat qiladi. 
Tilshunoslar 
tomonidan 
yon 
berishni 
boshqa 
kimsaning foydasi, manfaati uchun biror narsadan voz 
kechish, rad qilish tushuniladi. Shuningdek, o‘zaro kelishish 
uchun qaror qabul qilish, biror narsaga bo‘lgan talabni 
sussaytirish anglashiladi[1]. 
Yon berish taktikasi A.V. Bogomolova, Y.V. Vayrax, 
A.Y. Apresyan, R.M. Teremova, N.G. Xilalova va boshqa 
olimlar tomonidan o‘rganilgan. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling