O‘zmu xabarlari вестник нууз acta nuuz
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
NEMIS VA O‘ZBEK TILLARIDA UY HAYVONLARI NOMI BILAN SHAKLLANGAN DENGIZ HAYVONLARI
Kalit so‘zlar: Kooperatsiya, kommunikatsiya, madaniyatlararo muloqot, strategiya, taktika, ma'qullash, yon berish, solidarlik.
Kirish. Muloqotda muvaffaqiyatga erishishning asosiy omillaridan biri sanalgan kooperatsiyaga erishishda solidarlik strategiyasi muhim rol o‘ynaydi. Ushbu strategiyaning taktikalari sifatida biz ma'qullash va yon berish taktikalarni ajratib o‘tamiz. Kooperatsiya muloqotning tarkibiy qismi sanalib, ushbu jarayonda muloqot uzilib qolmasligi, tusiqqa uchramasligi, silliq kechishi, ikki tomonning ham mamnunligini, qoniqishini ta'minlashi va ko‘zda tutilgan maqsadga erishmasdan to‘xtab qolmasligi lozim. P.Graysning fikricha, bu natijaga suhbat kooperatsiya tamoyili asosida kechsagina erishish mumkin. Olim J. Allwood kooperatsiyani rasional, me'yoriy va boshqariluvchi normalar qatoridagi insonlar o‘rtasidagi yana bir o‘zaro ta'sir turi sifatida yoritadi. Uning fikricha, kooperatsiya bu kommunikasiyaning yaxshi, ravon kechishi bo‘lib, ko‘p sonli olimlar tomonidan o‘rganilgan konfrontasiya holatining oldini oluvchi faktoridir[11]. Uning fikricha, kooperatsiya bu maqsadga erishish uchun qo‘llaniladigan rasionallik, logika kabi konsepsiyadir. Haqiqatdan ham agar kommunikasiya barcha qonun qoidalarga ko‘ra olib borilsa, bunday muloqotni kooperatsiya deb ham atash mumkin[11]. Katta nemis-rus tili lug‘atida kooperatsiya iqtisodiyotga tegishli atama ekanligi aytiladi va hamkorlik asosida ishlab chiqarish turi ko‘zda tutiladi[12].Iqtisodiyotda birlashmaning 5 turi mavjud bo‘lib, bularga marketing, kredit, xizmat ko‘rsatish birlashmalari va boshqalar kiradi. Aytish mumkinki, kooperatsiya atamasi asosan, siyosatshunoslik va iqtisodiyotda ko‘p qo‘llaniladigan, siyosatda birlashuv birikuv deya tushunilsa, iqtisodiyotda esa birlashma atamasini ifodalaydi. Shuningdek, oxirgi paytlarda kooperativ ta'lim mavjud bo‘lib, u maktab kollektivi va ish beruvchilar birlashmasini anglatadi. Ta'kidlash joizki, o‘tgan asrda chop etilgan lug‘atlarda kooperatsiya lingvistik atama ekanligi haqida xabar uchramaydi. Kooperatsiya termini bir necha fanlarning o‘rganilish predmeti yoki paradigmasi bo‘lib, lingvistikaning o‘rganilish predmetiga esa “nutq kooperatsiyasi” termini qo‘shilmasi mos tushadi. Shuni qayd etish lozimki, kooperatsiya tushunchasini qanday ta'riflash lozim degan savolga javob qidirib shunga amin bo‘ldikki, kooperatsiya atamasi o‘z universalligi bilan ajralib turadi va madaniy turli tumanlilikni keltirib chiqaradi. Kooperatsiyani maqsad qilishning muhim fundamenti mavjud bo‘lib, bunda kamtarlik, o‘zini tuta bilish va negativ fikrlashdan tiyilish muhimdir. Demak, kooperatsiya bu suhbatda muvozanatga erishish sanalib, qachonki ularning o‘xshashligi, qadriyatlari o‘xshash bo‘lsagina kooperatsiyaga erishiladi. Kooperatsiyaga erishish uchun muloqot manipulyativ faktordan holi bo‘lishi kerak. Ma'lumki, umumiy maqsadlarga erishining yo‘li kooperatsiya sanaladi. Kooperatsiyaga erishishning yo‘li esa o‘zaro pozitivizm ya'ni ijobiyat ustiga qurilgan interaksiyadir. Strategiya va taktika so‘zlashuv nutqi unsurlaridir. O.S.Issers kommunikativ strategiyalarni asosiy (umumiy) va yordamchi (xususiy) turlari mavjud degan xulosaga kelib, strategiyalar debatiga yo‘l ochib beradi[13]. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling