O’zq Varaq Hujjat № Imzo Sana
Download 0.66 Mb. Pdf ko'rish
|
20-вариант
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.6.2 Gidrosiklonlar
O’zq
Varaq Hujjat № Imzo _ Sana_ Varaq_ KURS ISHI 5312200 Bo‘tanani zichligi – asosiy omillardan biri bo‘lib, slivni mayin yoki yirikligini moslash uchun xizmat qiladi. Umuman olganda spiralli tasniflagichlarni samaradorligi 35-65% atrofida bo‘ladi. 1.6.2 Gidrosiklonlar Gidrosiklonlar quyultirish, tasniflash va boyitish uchun ishlatiladi. Ular quyma yoki yiѓma tuzilishga ega, ichki devori rezina yoki boshqa material bilan qoplangan bo‘ladi. Bu uni ishqalanish hisobiga yoyilib ketishdan saqlaydi. Gidrosiklonlar silindr yoki konussimon qismlardan iborat bo‘lib, bo‘tana keluvchi va suyuqlik chiqib ketuvchi quvurlari bor. Dastgohning silindr qismiga nasoslar yordamida, bosim ostida R=(0,5–3x10 5 Pa) bo‘tana katta aylana tezlik bilan harakat qiladi. Hosil bo‘lgan markazdan qochma kuch tasirida qattik og‘ir va yirik zarrachalar Gidrosiklon devorlariga borib uriladi va unga yopishib qoladi, so‘ngra sekin - asta pastga qarab sirpanib pastga tusha boshlaydi. Suyuqlik mayda zarrachalar bilan (sliv) solishtirma og‘irligi kichik bo‘lganligi sababli silindrning o‘rtasiga yig‘iladi va maxsus quvur yordamida tashqariga chiqarib yuboriladi . Sanoatda diametri 25 mm dan 1500 mm gacha bo‘lgan Gidrosiklonlar ishlatiladi. Eng keng tarqalganlari 350, 500, 700 va 1000 mm ga teng diametrli Gidrosiklonlardir. Gidrosiklonlarni konussimon qismi har xil qiyalik ostida bo‘ladi: 10 o bo‘lsa- quyultirish; 20 o – tasniflash; 90 o – boyitish uchun ishlatiladi Gidrosiklonlarni xilma – xil konstruksiyalari mavjud: konusli, qiska konusli, batareyali va x.k. Tangensial yo‘naltiruvchi quvur orqali bosim ostida bo‘tana siklonning silindr qismiga yuborilganda oqim siklon devori bo‘ylab pastga (to yirik zarrachalar to‘plangan qismiga) qarab aylanma harakat qilib boradi. Suyuqlik o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, Gidrosiklon markazida yuqoriga qarab harakatlanadi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling