O’zRes Pre. I. A. Karimov- vatan tarixini o’rganishning axamyati to’g’risida


Download 1.01 Mb.
bet187/287
Sana10.02.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1184294
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   287
Xorazmshohning mudofaa rejasi.O’tror voqeasi va Chingizxon elchisi Ibn Kafroj Bug’roning oldirilishi Movarounnahrning obod dehqonchilik viloyatlariga Chingizxonning bostirib kirishi uchun bahona bo’ldi. Yurishni Chingizxon Sharqiy Turkiston va Yettisuv O’lkalarini zabt etishdan boshladi. Chingizxon Movarounnahr yurishiga katta ahamiyat berib, puxta tayyorgarlik ko’rgan edi. Hali harbiy yurish boshlanmasdanoq u o’z dushmanining kuch-qudrati va urushga tayyorgarlik to’g’risida savdogarlar orqali to’plagan ma’lumotlarni sinchiklab o’rgangan. Chingizxon Xorazmshohlar davlatining ichki ahvolidan to’la xabardor edi. Askarlarning umumiy soni jihatdan Xorazmshoh birmunchaustunroq ham edi. Afsuski, shoh bilan sarkardalar o’rtasida mavjudixtiloflar avval boshdanoq bunday ustunlikdan foydalanishga imkonbermadi. Urush boshlanishi arafasida bo’lgan harbiy kengashda ularo’rtasidagi ixtilof ayniqsa yaqqol namoyon bo’ldi. Kengashdadushmanga zarba berishning yagona rejasini yakdillik bilan belgilabolish o’rniga fikrlar boiinib ketdi. Sulton katta qo’shinni bir joyga to’plashdan qo’rqar edi. Sulton nazarida bir joyga to’plangan qo’shin uni taxtdan ag’darib tashlashi mumkin edi. Shuning uchun ham harbiy kengashda sulton o’z qo’shinlarini turli shaharlarda alohida-alohida joylashtirishga, urushda mudofaa taktikasini qo’llashga qaror qiladi. Shu tariqa mamlakat mudofaaga tayyor bo’lmagan sharoitda mudofaachilikdan iborat xato yoi tutildi. O’tror qamali. 1219-yilning kuzida Chingizxon Xorazmshohga qarshi yurish boshladi. Uning jami askari 200 mingga yaqin edi. Chingizxon qo’shini Sirdaryo bo’yida joylashgan O’tror shahri ustiga yurish qildi. Chingizxon bu shahar yaqinida Movarounnahrni qisqa muddat ichida zabt etish uchun butun harbiy kuchlarini to’rt qismga bo’ldi. Uning bir qismini o’g’illari Chig’atoy va o’qtoy boshchiligida o’trorni qamal qilib turish uchun qoldirdi. Ikkinchi qismga Jo’ji boshliq etilib, u Sirdaryo etagi tomon yuborildi. Unga Sig’noq, O’zgan, Jand, Yangikent shaharlarini bosib olishni buyurdi. Besh ming kishilik uchinchi qo’shin Oloqno’yon hamda Suketu Cherbi qo’mondonligida Sirdaryoning o’rta sohili bo’ylab, uning yuqori oqimiga joylashgan Binokat va Xo’jand shaharlari tomon yuborildi. Chingizxonning o’zi asosiy kuchlari bilan Buxoroga tomon askar tortdi. O’tror mustahkam qaFali chegara shahar edi. Mo’g’ullar shaharni qamalga olishi bilan o’trorliklar sarosimaga tushmaganlar. o’trorliklar shaharni mudofaa qilib, uni besh oy davomida o’z qo’llarida ushlab turadilar. Va nihoyat, qurshovga olingan Inolchuq asirga tushiriladi va Samarqandga olib borilib, Ko’ksaroyda qiynab oidiriladi. Buxoro fojiasi. 1220-yilningfevralida Chingizxon Buxoroga yetib boradi. Biroq Buxoro dushman kuchini qaytarishga tayyor emas edi. Buxoroliklar dushmanga taslim bo’lishdan o’zga cnoralari qolmaydi. Buxoro qozisi Badriddin Qozixon o’z oqsoqollarini Chingizxon oldiga shafqat so’rab yuboradi. 1220-yilning 16-fevralida mo’g’ullar Buxoroni egallaydilar. Movarounnahrning qadimiy markazlaridan hisoblangan Buxoro talon-toroj etildi. Behisob xazinalar talanadi, asriy qoiyozma asarlar, muqaddas kitoblar yirtilib, hayvonlar oyog’i ostiga xazondek sochiladi. Ilm va maiifat egalari bo’lgan ulamolar va shayxlar, e’tiborli mo’g’ul jangchilariga xizmatkor qilib, goho esa baxshilariga masxara uchun beriladi. Chingizxon amri bilan Buxoro yoqib yuboriladi. Samarqand jangi.Chingizxon Samarqandga tomon yo’l oladi va 1220-yilning mart oyida Movarounnahrning eng ulug’ va muhim shahriga yaqinlashadi. Chingizxon shahardan tashqarida joylashgan Ko’ksaroy qasnaan tuno shaharni qamal qilish ishiga boshchilik qiladi. Shahar ostonasida uch kun shiddatli janglar davom etadi. Qamalning uchinchi kuni mudofaachilar qamalni yorib chiqib mo’g’ullarga hujum qiladilar. Mo’g’ullar ularni qirib tashlaydilar. Qamalning beshinchi kuni shahar taslim bo’ladi. Mo’g’ullar Samarqandning bosh suv inshooti - Qo'rg 'oshin novani buzib tashlab, shaharni suvsiz qoldiradilar. Namozgoh darvozasidan bostirib kirib, barcha istehkomlarni vayron qiladilar. Shahristondan aholi haydab chiqariladi va Samarqand talanadi. Mo’g’ullarning Samarqandni bosib olish uchun qilgan janglarida shahar aholisining ko’pgina qismi qiriladi. 30 ming nafarga yaqin hunarmand ahli asirga olinadi. Qurol ko’tarishga holi bo’lganlar mo’g’ullar zulmi ostida askariy xizmatga majbur qilinadi. Mo’g’ul askarlari boy shaharlarni, obod qishloqlarni talab, ularni vayron qilayotgan bir vaqtda mamlakat sultoni Muhammad Xorazmshoh Amudaryo sohillarida saltanat chodirini qurib, bunday musibatli voqealarga nochor kuzatuvchi sifatida boqar edi. Dushmanga qarshi kurashni tashkil etish o’rniga tinchgina bir go’shani qidirish ko’yiga tushadi. 30 minglik mo’g’ul qo’shinining ta'qibidan zo’rg’a qutulib, Eronga qochadi. So’ngra Kaspiy dengizining janubidagi Ashura oroliga borib joylashadi. Qo’rquv domiga tushgan, o’z kuchlariga ishonchini butunlay yo’qotgan Xorazmshoh o’g’li Jaloliddin Manguberdini taxt vorisi etib tayinlab, orolda xor-zorlikda, g’ariblikda kasallanib vafot etadi. Sirdaryo bo’ylaridagi ianglar. Bu davrda mo’g’ullarning Jo’ji boshliq askariy qismi ham Sirdaryo etaklarida zafarona harakat qilmoqda edi. Avval u aholisi zich joylashgan va boy savdo shahri Sig’noqqa nujum bosniaydi. Sig’noq aholisi yetti kun davomida shaharni qahramonona mudofaa qiladi. Sakkizinchi kuni shahar mo’g’ullarga majburan taslim bo’ladi. Bosqinchilar shaharni talab, aholisining oxirgi kishisigacha qirib tashlaydilar. 1220-yilning aprelida bosqinchilar Jandni egallab, uni talaydilar.Aholisining qurollangan qismi qatl etilib, shahar vayron qilinadi.Mo’g’ullar besh ming askarli kichik bir qo’shin bilan Sayhun daryosibo’yida joylashgan Binokat ustiga yuradi. Shahar to’rt kunlik mudofaadan so’ng taslim bo’ladi. Temur Malik. Xo’jand shahri daryo ikkiga ayrilgan yerda joylashgan edi. Uning tabiiy joylashishi hamda shahar hokimi Temur Malikning shaxsiy qahramonligi bilan xo’jandliklar mo’g’ullarga kutilmagan qarshilikni ko’rsatadilar. Biroq, kuchlarning teng emasligi oqibatida Temur Malik shaharni tashlab chiqib, ming kishilik lashkari bilan shahar yaqinida daryo o’rtasidagi orollardan biriga joylashib oladi. Temur Malikning farmoyishi bilan 12 ta qayiq yasalib, dushmanning o’qi teshib o’tmasligi, o’t yondirib yubormasligi maqsadida qayiqlarning usti namat bilan qoplanib, sirkali loy bilan suvab chiqiladi. Bunday usti yopiq qayiqlar bilan sohilga xavfsiz suzib borilar va qayiq yon devorlarida qoldirilgan maxsus shinaklardan dushmanni o’qqa tutardilar. Temur Malik shu tariqa dushmanga qarshi uzoq mudofaa janglarini olib boradi. Lekin kuch kamligi uchun bor oziq-ovqat va qurol-yarog’larni 70 ta kemaga yuklatib, tunda mash'alalar yorug’ida daryoning quyi oqimi bo’ylab suzib ketadi. Daryoning har ikki sohili bo’ylab esa mo’g’ul otliqlari kemalarni quvib borar va kemadagilarga kamondan o’q yog’dirar va ichiga neft to’lg’izilib, piliklari yondirilgan ko’zachalarni palaxmonlardan irg’itar edilar. Mo’g’ullar Temur Malikning yo’lini to’sish maqsadida Binokat to’g’risida daryoning u sohilidan bu sohiligacha zanjir tortib qo’yadilar. Ammo Temur Maiik qayiqchilari uni bir zarba bilan uzib ketadilar. Shu tariqa Temur Malik qo’shini uzluksiz jang qilib, muhtojlik va qiyinchiliklarni yengib, Jand shahriga yetib boradi. Barchinlig’kent va Jand yaqinida daryoning har ikki sohilida yo’lni to’ssalar-da, jasur xo’jandliklar sohilga tushib, dushman bilan so’nggi jangga kiradilar. Bu jangda Temur Malik qo’shini va safdoshlaridan batamom ayriladi. Faqatgina o’zi halokatdan qutulib, Urganch shahriga yetib keladi. Biroz vaqt o’tgach, u Xorazmda to’plangan qo’shin va xalq lashkarlariga boshchilik qiladi. Jo’jiga qarshi muvaffaqiyatli janglar qilib, hatto undan Sayhun daryosining quyi oqimidagi Yangikent shahrini qaytarib ham oladi. Chingizxon 1220-yilning yozida Naxshab (Qarshi) ga bostirib kiradi va uni egallaydi. Shu yilning kuzida esa Termizga askar tortadi. Termiz qamalning o’n birinchi kuni qattiq hujum bilan olinib, shahar xarob qilinadi. Sirdaryo (Sayhun) havzasi, Zarafshon va Qashqadaryo vodiylari, Amudaryo (Jayhun) o’rta oqimining o’ng sohili viloyatlari zabt etilgach, Chingizxon asosiy kuchni Xorazmshohlar davlatining markaziy qismi - Xorazmga tashlaydi. Chingizxon Xorazm davlatining poytaxti Urganch ustiga yurishga katta ahamiyat beradi.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   287




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling