O’zRes Pre. I. A. Karimov- vatan tarixini o’rganishning axamyati to’g’risida
Dili tig 'i sitamdin pora bo 'lg 'on xalqni ko 'rdim
Download 1.01 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Boborahim Mashrab rasmini O’zbekiston halq rassomi D. Imomov chizgan. 57. O’rta Osiyo davlatlarida madaniyatning rivojlanishi Xalq ijodiyoti.
- Adabiyot.
- Ogahiy Muhammad
Dili tig 'i sitamdin pora bo 'lg 'on xalqni ko 'rdim,
Tani dard-u alamdan yora bo 'lg’on xalqni ko 'rdim. Mashrab asarlari to’plangan devon haqida manba topilmagan. Uning „Devoni Mashrab", „Devonayi Mashrab", „Eshoni Mashrab" nomlari ostida xalq orasida tarqalgan qo’lyozma va toshbosma shaklidagi qissalari qolgan. Mashrab dinga shak keltirganlikda ayblanadi va 1711-yili g’animlarning ig’vosi bilan Balx hokimi Mahmudbiy Qatag’on tomonidan o’limga hukm etiladi. Boborahim Mashrab rasmini O’zbekiston halq rassomi D. Imomov chizgan. 57. O’rta Osiyo davlatlarida madaniyatning rivojlanishi Xalq ijodiyoti.Iqtisodiy va siyosiy jihatdan qanchalik kuchsiz bo’lmasin, O’rta Osiyo davlatlari zaminida o’zbek xalqining etnik, iqtisodiy, tarixiy va madaniy mushtarakligi vujudga kelgan edi. El e'zozlagan oliyjanob qahramonlar, bahodirlarning jasorati va adolat uchun kurashini tarannum etgan dostonlar - qahramonlik poemalari o’zbek tilida keng tarqalgan edi. XIX asrda ularning qirqqa yaqini mashhur bo’lib, shulardan "Alpomish", "Go’ro’g’li", "Kuntug’mish", "Shirin va Shakar" dostonlari xalq tomonidan sevib tinglanar edi. Bayramlarda, to’ylarda va xalq sayillarida baxshilar do’mbira chertib sadoqatli do’stlik va vafodorlik tuyg’ulari madh etilgan "Tohir va Zuhra", "Bo’zyigit" dostonlarini aytishardi. Xalq og’zaki ijodiyotida saroy a'yonlarining nuqsonlari va ochko’zligi ustidan allegorik (majoziy) tarzda kulgan, ba'zi qo’rqoq va pastkash boylar qoralangan hamda mehnatkash xalqning oliyjanobligi va jasurligi madh etilgan ertaklar ham alohida o’rin tutar edi. Aksariyat ertaklarning bosh mavzusi sevgi va muhabbat bo’lib, ularning qahramonlari bo’lmish sevishganlar o’z muhabbatiga sadoqatini umrbod saqlashi lozim edi. Ularda sevgiga sadoqat, ahdga vafo ideali tarannum etilgan Navoiy va Guli haqidagi afsona ham ana shunday asarlar sirasiga kiradi. Ertaklarda ko’pincha ezgulik va yovuzlik kurashi g’oyasi zaminida voqealar fantastik shaklda ifoda etiladi, xalqning zolimlarga nafrati oshkor etiladi, beburd beklar va xonlar fosh etiladi, oddiy kishilarga nisbatan qaynoq mehr namoyon bo’ladigan ijtimoiy mazmun ham aniq sezilib turadi. O’zbek madaniyati rivojida, o’ziga xos aktyorlar - voqeani o’zlari to’qib, o’zlari ijro etgan qiziqchilar ham salmoqli o’rin tutgan. Xalq sayillarida bozor maydonlarida sayyor sirk o’yinchilari guruhlari ham o’z tomoshalarini ko’rsatishar, ular sho’x ashulalar, she'rlar aytib berishar edi. Har yili bahorda shahar va qishloqlar chekkalarida ko’p odamlar yig’ilib, lola guli bayramiga bag’ishlangan xalq sayillarini o’tkazganlar. U yerlarda novvoyxonalar, choyxonalar, qandolatfurushlar rastalari, milliy taomlar tayyorlovchi oshxonalar ochilar, hofizlar qo’shiq kuylar, maddohlar diniy qissalarni aytib berar, mug’anniylar musiqa chalar, ko’zboylog’ichlar, dorbozlar, huqqabozlar (jonglyorlar), hayvon o’rgatuvchilar, qo’g’irchoq teatrlari tomosha ko’rsatar, qiziqchilar kulgili qisqa tomoshalarni namoyish etar, so’z o’yini ustasi bo’lmish askiyachilar esa davrani rosa qizdirar edilar. Aytib o’tilganlarning hammasi uchala xonlik uchun mushtarak va yagona bo’lgan ommaviy xalq madaniyatini tarkib toptirgan edi. Xalq ijodiyoti haqiqiy hayotni, odamlarni ro’y-rost badiiy shaklda gavdalantirib bera olardi. Adabiyot. Xiva xonligida Xorazm tarixini yaratish bo’yicha salmoqli ishlar amalga oshirildi. Olloqulixon farmoyishi bilan Shermuhammad Munis Xorazmning 1812-yilga qadar bo’lgan tarixini yozdi va Mirxondning umumjahon tarixiga oid ulkan asarini o’zbek tiliga tarjima qildi. Munisning ishini jiyani Ogahiy Muhammad Rizo Ernazarbek o’g’li (1809-1874) davom ettirdi. U shoir va tarixchi bo’lib, 16 ta tarixiy, ma'rifiy va tarjima asarlar muallifidir. Ogahiy Xorazmning 1839-1872-yillardagi tarixini yaratdi. Amakisi shoir Shermuhammad Munis boshlab ketgan "Firdavs ul-iqbol" (Iqbol bog’i) asarini yozib tugatdi. Muhammad Rahimxon II hukmronligi davri tarixini va Olloqulixon davri tarixini, shuningdek, Feruzning taxtga o’tirish va rus bosqini tarixini yozib qoldirdi. Ogahiy 1872-yilga qadar bo’lgan davr tarixini yozib, kelajak avlodlarga bebaho tarixiy meros qoldirdi. Bu tarixiy asarlar o’zbek adabiy tilini rivojlantirish nuqtayi nazaridan ham, tarixiy-ilmiy nuqtayi nazardan ham ulkan ahamiyat kasb etdi. Bunday asarlar o’zbek xalqining milliy o’zini-o’zi anglash tuyg’usini va milliy birdamlik hissini takomillashtirishga xizmat qildi. Bundan tashqari, u ko’plab lirik g’azallar muallifidir. Uning g’azallari o’z davrining mashhur hofizlari tomonidan qo’shiq qilib ijro etilgan. Shermuhammad Munis - o’zbek xalqining iste'dodli shoiri. U 18 mingdan ziyod misrani o’z ichiga olgan devonini avlodlarga meros qoldirgan. Bu she'rlar o’z ruhi va uslubi bilan Alisher Navoiy asos solgan O’rta Osiyo turkiy she'riyati an'analarini davom ettirdi. Munis she'riyatida yuksak sharqona tuyg’ular, nozik hissiyotlar muhabbat tuyg’usini teran anglash hissi bilan chambarchas bog’lanib ketgan. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling