O’zRes Pre. I. A. Karimov- vatan tarixini o’rganishning axamyati to’g’risida


Download 1.01 Mb.
bet147/287
Sana10.02.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1184294
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   287
Manbalar Haqqoniy, xolis tarixiy bilimga ega bo'Iish oson emas. Negaki, biz o'rganayotgan tarixiy voqealarni, jarayonlarni bevosita kuzata olmaymiz, ular bizdan ancha ilgari bo'lib o'tgan, ularni qaytarib bo'lmaydi. Bundan ilgari bo'lib o'tgan tarixiy voqealarni bilib bo'lmaydi degan xulosa chiqmaydi.
Tarixiy voqealar, xalqlar hayoti nom-nishonsiz yo'q bo'lib ket-maydi, ulardan tarixiy manbalar guvoh bo'lib qoladi. Tarixiy man-balar ikkiga - moddiy va yozma manbalarga boiinadi.
Ajdodlarimizning miloddan avvalgi VIII-VII asrlardagi hayotini o'rganishda "Avesto" kitobi qimmatli yozma manba hisoblanadi. Mazkur nodir kitobda ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, dastlabki davlat tuzilmalarining shakllanish jarayonlari o'z ifodasini topgan.
Vatanimiz tarixiga doir ma'lumotlar yunon va rim manbalarida, chunonchi Gerodotning "Istoriya" (M.1972), Ksenofontning "Gre-cheskaya istoriya" (M.I935), Polibiyning "Vseobshaya istoriya" (M. 1980-1989), Arrianning "Poxod Aleksandra" (M-L. 1962), Strabonning "Geografiya v 17 knigax" (M. 1964); Kursiy Rufning "Istoriya Aleksandra Makedonskogo" (M.1963) va boshqalarning asarlarida ham uchraydi. Antik mualliflar tomonidan yozib qoidirilgan ma'lumotlarni to'plovchi I.V.Pyankovning "Srednyaya Aziya v izvestiyax antichnogo istorika Ktesiya" (Dushanbe, 1975), N.G.Gorbunovaning "Fergana po svedeniyam antichnix avtorov. Istoriya i kultura narodov Sredney Azii" (L.1976) kabi kitoblari ham Vatanimiz tarixini o'rganishda yordam beradi.
Xitoy yozma manbalaridan "Tarixiy guvohliklar" (mil.av.I asr), "Ulug' Xon xonadoni tarixi" (milodiy I asr), "Kichik Xon xonadoni tarixi" (milodiy V asr), "Vey xonadoni tarixi" (milodiy VI asr), "Shimoliy podshohliklar (Beyshi) tarixi" (milodiy VII asr) va bosh-qalarda Turkiston tarixi haqida ma'lumotlar bor. Shuningdek, arman, vizantiyalik mualliflarning asarlarida ham vatanimiz tarixi haqida ma'lumotlar uchraydi.
Vatanimiz tarixini o'rganishda turkiy, fors, arab manbalarining ahamiyati katta. Qadimgi turk yozuvi to'g'risida S.E.Malovning "Pa-myatniki drevne-tyurkskoy pismennosti" (M.1951) va "Yenisey-skaya pismennost tyurkov. Tekst i perevodi" (M-L. 1951), A.Sagdullayevning "Qadimgi O'zbekiston ilk yozma manbalarda" (T. 1996) asarlarida qimmatli ma'lumotlar bor. Turkiy xalqlar, jum-ladan o'zbek xalqining etnik tarixini o'rganishda Abulg'oziyning "Sha-jarayi turk" (T.I992), L.N.Gumilevning "Drevnie tyurki" (M.1960), A.Yu.Yakubovskiyning "K voprosu ob etnogeneze uzbekskogo naroda" (T. 1941) asarlaridan foydalanish mumkin.
O'zbek xalqining O'rta asrlardagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy-madaniy hayotini o'rganishda Abu Nasr Forobiyning "Fozil odamlar shahri" (T.1993), Abu Rayhon Beruniyning "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar"(T.1968),YusufXosHojibning"Qutadg'ubilig"(T.1960), M.Qoshg'ariyning "Devonu lug'otit-turk. Uch jildlik" (T.1960-1963), Abu Tohirxojaning "Samariya" (T.1991), Narshahiyning "Buxoro tarixi" (T.1991), Nizomulmulkning "Siyosatnoma yoki siyar ul-muluk" (T.1997), Amir Temurning "Temur tuzuklari" (T.1991), Mirzo Ulug'bekning "To'rt ulus tarixi" (T.1994) va boshqa nodir kitoblar muhim tarixiy manba bo'lib xizmat qiladi.
Vatanimiz tarixini o'rganishda o'z davrida hokimiyat tepasida turgan sulolalar tarixini yoritishga bag'ishlangan bir qator kitoblar - Shi-hobiddin an-Nasaviyning "Sulton Jaloliddin Manguberdi hayoti tafsiloti" (T, «O'zbekiston», 1999), Nizomiddin Shomiyning "Zafar-noma" (T, «O'zbekiston»,1996), Sharafiddin AH Yazdiyning "Zafar-noma" (T, « Sharq», 1997), Ibn Arabshohning "Amir Temur tarixi. Ikki jildlik" (T, «Mehnat», 1992), Hofiz Tanish al-Buxoriyning "Abdullanoma" (T.1999), Mulla Muhammad Solihning "Shayboniynoma" (T.1989), Bayoniyning "Shajarayi Xorazmshohiy" T. 1991) va boshqalar qimmatli manba sifatida diqqatga sazovordir.



  1. Download 1.01 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   287




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling