O’zRes Pre. I. A. Karimov- vatan tarixini o’rganishning axamyati to’g’risida


O’zb T. fanining maqsadi, vazifalari va manbalari


Download 1.01 Mb.
bet2/287
Sana10.02.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1184294
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   287
O’zb T. fanining maqsadi, vazifalari va manbalari.

Fanning vazifasi:
Vatanimiz hududlarida eng qadimgi davrlardan boshlab bo‘lib o‘tgan tarixiy-madaniy jarayonlarni xolisona hamda manbalarga tayangan holda tahlil qilish, o‘rganish, ularning sabablari va mohiyatini ochib berish;
tarixning turli davrlarida mamlakat iqtisodiy va madaniy ravnaqi uchun fidoyilik qilgan davlat arboblari, ulug‘ sarkardalar, ilm-fan hamda madaniyat namoyandalari, milliy qahramonlar faoliyatini xolisona baholash asosida yoshlarimizni millatparvarlik ruhida tarbiyalash;
tarixiy xotira asosida yoshlarimizni “Biz hech kimdan kam emasmiz va kam bo‘lmaymiz” g‘oyasi ruhida tarbiyalash;
hozirgi kunda mamlakatimizda o‘tkazilayotgan islohotlar va juda ko‘plab bo‘layotgan zamonaviy o‘zgarishlar mohiyatini, huquqiy-demokratik jamiyat qurish yo‘lidagi yangiliklarni, O‘zbekistonning jahon hamjamiyatga integratsiyalashuvi jarayonlarini yoshlarga etkazish.
Fanni o‘qitishdan maqsad - yosh avlod ongida insoniyat uchun eng muhim bo‘lgan ma’naviyatni shakllantirish hamda yanada yuksaltirish, ular ongida yuksak ma’naviy fazilatlarni shakllantirish jarayonida milliy ong va sog‘lom fikrni uyg‘otish, tarixiy xotiraning yoshlarimizni Vatanga sadoqat hamda millatparvarlik ruhida tarbiyalashdagi mislsiz ahamiyatini ifoda etish, o‘z taqdiri va kelajagini barpo etadigan yosh avlodni yangi jamiyatni yanada rivojlantirishga yo‘naltirilgan g‘oyalar asosida tarbiyalashga qaratilgan.
O'zbekiston tarixi fanining predmeti xalqimizning eng qadimgi zamonlardan to hozirgi kunlargacha bosib o'tgan uzoq va murakkabtarixiy yo'lini, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ma'naviy hayotini holisona o'rganishdan, tushuntirishdan iboratdir. O'zbekiston tarixi fani ajdodlarimiz hayoti bilan bog'liq holda sodir bo'lgan voqealar rivojining ichki mantig'ini, sabablari va oqibatlarini, asrlar davomida to'plangan amaliy tajriba va saboqlarni o'rgatadi. Vatanimiz tarixi o'zbeklarning xalq, millat bo'lib shakllanish jarayonini, ajdodlarimiz qoldirgan boy ma'naviy merosni, davlatlarning tashkil topishi va ulaming ichki va tashqi siyosatini o'rgatadi. O'zbekiston tarixi fani xalqimizning mustaqil taraqqiyot yo'liga kirishi, mustaqillik yillarida milliy huquqiy davlatchilik qurilishi, demokratik—fuqarolik jamiyatini shakllantirish, erkin bozor iqtisodi-yotini yaratish, jahon hamjamiyatiga integratsiyalashish jabhalaridagi faoliyatini o'rgatadi. Uzbekiston tarixi fani xalqimiz tarixini haqqoniy tasvirlovchi, aks ettiruvchi munawar ko'zgu, ijtimoiy, siyosiy, tarbiyaviy, ma'naviy saboqlar majmuasidir. O'zbekiston tarixi fani boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan bog'liq holda o'rganiladi. Insoniyat hayotining ma'no-mazmuni va jamiyat taraqqiyotining uraumiy qommiyatlari haqida fikr yuritganda, falsafa, davlat qurilishi va jamiyatni boshqarish masalalarida poli-tologiya, iqtisodiy hayotni yoritishda iqtisodiyot nazariyasi, xalqning turmush tarzi, tili va milliy mentalitetini tasvirlashda etnografiya, o'zbek tili va adabiyoti, dinshunoslik fanlari yutuqlaridan foydalaniladi. Tarixshunoslik, manbashunoslik, arxeologiya, arxivshunoslik kabi maxsus fanlar tarix falsafasini chuqur anglab yetishga ko'maklashadi. Tarix fani tarixda sodir bo’lgan voqea va hodisalarning rivojlanishi, ularning qachon, qaerda, qanday holatda yuz berganini, umuman, insoniyat jamiyati taraqiyotini o’rganadi.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   287




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling