O’zRes Pre. I. A. Karimov- vatan tarixini o’rganishning axamyati to’g’risida


orta osiyolik dinshunos olimlarining islom dinining rivojlanishiga qo'shgan xissasi


Download 1.01 Mb.
bet175/287
Sana10.02.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1184294
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   287
29. orta osiyolik dinshunos olimlarining islom dinining rivojlanishiga qo'shgan xissasi
Din. Islom dini ilk O`rta asrda barcha musulmon mamlakatlari singari O`rta Osiyo xalqlari madaniyati, ma`naviyatining eng asosiy va nixoyatda muxim bo`lgan qismigagina emas, xislatiga ham aylanganligini yuqorida qayd qilib o`tdik.
Islomning asosiy muqaddas manbai — Qur`on oyatlari va sur`alaridir, ularda asosiy diniy qonun-qoidalar, aqidalar bayon etilgan. Undan so`ng asosiy man­bai Hadis — Muhammad payg`ambarning aytgan so`zlari, uning hayotiy faoliyati, ko`rsatmalari haqidagi rivoyatlar to`plamidir. Bu ikki asosiy manba muqaddas hisoblanib kalom va shariat shular asosida vujudga kelgan.
Qur`on, hadis va boshqa diniy manbalarni talqin etish tafsir keng avj oldi. Bularning hammasi O`rta Osiyoda keng tarqaldi. Ularni shu bilan birga islom dinshunosligining muxim tarmog`i sifatida shakllantirish va rivojlantirishda Movarounnahr va Xurosonning dinshunos olimlari, mutafakkirlari ham katta hissa qo`shdilar, bu bilan ular butun musulmon olamida nom tarqatdilar. Umuman qadimgi madaniyatga ega bo`lgan O`rta Osiyoda islom dini va dinshunosligiga ma`naviy madaniyatning ifodasi axloqshunoslikning yunalishi sifatida munosabatda bo`lingan.
Xususan IX asrda musulmon o`lkalarida xadisshunoslik, xadis to`plash, uni o`rganib tartibga solish, dinshunoslikning eng muhim sohalaridan hisoblangan. To`plangan hadislarning hajmi, chinligi, tartibi, ahamiyati bilan musulmon olamida olti muhaddis (hadis to`plovchi) mashxur bo`ldi. Muhaddislar ichida eng obro`lisi va mashho`ri Imom Buxoriydir (809—870). U Buxoroda tug`ilib, shu yerda o`z davri ilmlarini, ayniqsa diniy bilimlarni har tomonlama o`rgangan. So`ng o`z bilimlarini mukammallashtirish maqsadida Makka, Madina, Bag`dod, Damashq, Hijoz, Kufa, Nishopur kabi juda ko`p shaharlarga borgan. Bu shaharlarda u ko`p olimlar, dinshunoslar, muhaddislar bilan uchrashgan, so`ng o`z Vataniga qaytib Samarqand yaqinida vafot etgan.
Buxoriydan bizga juda katta meros qolgan. Uning islom dinshunosligiga oid 20 ga yaqin katta hajmdagi asarlar yozgani ma`lum. «Al-Jome` as-Sahih.», «At-tarix al-Kabir», «At-tarix as-sagir», «Al-Adab al-mufrad» kabi asarlar shular jumlasidandir. Buxoriyni butun musulmon olamiga mashxur qilgan asari to`rt jildli «Al-Jome` as-Sahih.» («Ishonchli to`plam») bo`lib, u «Sahih al-Buxoriy» nomi bilan ham ma`lumdir. Bu asar 160 qismdan iborat bo`lib, 3450 bobni o`z ichiga oladi.
«Sahih» butun musulmon olamida keng tarqalgan, unga takliflar, sharxlar, tadqiqotlar yozilgan.
Buxoriyning yaqin shogirdlaridan bo`lmish mashxur muhaddislardan biri Imom at-Termiziydir (824—892). U Termizga yaqin bir qishlog`ida tug`ilib, Sharqning juda ko`p shaharlarida bo`lib, o`z davrining diniy ­ ilmlarini egallagan va o`z vatanida vafot etgan. At-Termiziy o`ndan ortiq diniy asarlar muallifidir. Termiziyning musulmon olamiga mashxur qilgan asari «Jome at-Termiziy» yoki «Sunan at-Termiziy»dir.
O`rta Osiyolik olimlar hadisshunoslik bilan birga islom xuquqshunosligi — fiqf hamda Qur`onga tafsir yozish sohasida ham shuxrat qozonganlar. Masalan, O`rta Osiyodan chiqqan mashhur huquqshunoslardan Burxoniddin Marg`inoniy, Abu Lays Samarqandiylarni ko`rsatib o`tish zarur.
Islomning asosiy manbai «Qur`on»ga tafsir (sharh izox;) yozish soxasida xam bu davrdagi O`rta Osiyolik olimlardan Xorazmda yashab ijod etgan Zamaxshariy, Faxriddin Roziy kabilar o`z asarlari bilan Islom din­shunoslari orasida nom qozonganlar.
Umar az-Zamaxshariy (1075—1144) Xorazmning Zamaxshar qishlog`idan bo`lib, asosan gumanitar ilmlar soxasida qudrat qozongan, bir necha yil Iroq va Arabistonda bo`lgan. Zamaxshariy o`uzining arab adabiyotiga oid «Asos ul-baloga» («Suzga ustalik asoslari»), «Samim ul-arabiya» («Arab tilining magzi»), «Muqaddimat ul-adab» («Nafis adabiyotga mukaddima»), «Maqomat» kabi» asarlari bilan filologlar ichida mashxur bo`ldi.
Zamaxshariyning buyuk xizmatlaridan yana biri uning «Asmou ul-avdiya va-l jibol» («Vodiy va tog` ismlari») jug`rofiy lug`atidir. Unda Arabiston, Suriya, Misr, Iroq, Eron, Xindiston, Ispaniya, O`rta Osiyodagi jug`rofiy nomlar izoxi beriladi. Bu esa asarning ilmiy axamiyati bexisob ekanligini ko`rsatadi.
So`fizm Qur`on va shariat talab etgan diniy aqidalarni, talablarni albatta bajarish, so`zsiz o`zini xudoning quli deb bilish, ma`lum diniy qoidalarga o`z shaxsiyatini shubhasiz bo`ysundirishni qabul etmaydi, shaxsiy erkinlik, o`z xoxishi bilan tozalanib Ollohga ruxiy ma`naviylikka singish orqali erishishga asoslanadi.
Tasavvufda ruxni kamolotga va uning so`nggi maqsadi—Ollohga erishuv yo`llari 4 bosqichdan iboratdir:
Birinchi bosqich- shariat
Ikkinchi bosqich- tariqat
Uchinchi bosqich- ma`rifat
Turtinchi bosqich- haqiqatdir.
So`fizm tarafdorlari dastlab moddiy boylikka ega bulish va unga intilishni qoralab, xaqiqiy boylik ma`naviy ruxiy boylikda deb xisoblaganlar.
Tasavvufning ijtimoiy bazasi, bu - shaxar xunarmandlari, mayda savdogarlar bo`lib, IX—X asrlardayoq, Iroq , Eronda bu ta`limotning yirik vakillari vu­judga kelgan. Xalloj (859—922), Bistamiy (IX asr), Junaydiy (vafoti 910) shular jumlasidandir.
Tasavvufning nazariy va amaliy tomonlari bor. Amaliy tomoni bevosita Ollohga erishuv jarayonidir. Bu yulda so`fiylik qoidasini bajargan xolda juda ko`pchilik tasavvufga ishonganlar, mashg`ul bo`lganlar. So`fizm nazariyotchilari o`z davrining bilimini puxta egallagan, ilmlardan xabardor bilimdon mutafakkir kishilar bo`lganlar.
Bulardan Abdul Xamid G`azzoliy (1058—1116), Suxravardi (1155—1191), Ibn Arabiy (1165—1240) kabilarni korsatish mumkin. Ular so`fizmning nazariy ma­salalari bo`yicha qator risolalar yaratganlar.
Tasavvuf ta`limotini rivojlantirishda movarounnaxrlik va xurosonlik yirik sufiylik ta`limotchilarining xizmati katta bo`lgan. Lekin bu yerda mustaqil sufiylik maktablari XI—XII asrlardagina vujudga kela boshlagan. Masalan, so`fizm ta`limotini ishlab chiqishda IX asrda Termizda tug`ilib o`sgan Xakim Termiziyning 80 ga yaqin risolalari muxim rol o`ynadi. U Termizda tug`ilib, shu yerda vafot etdi, lekin o`z ta`limotini Makka, asosan Balx va Nishopurda turganida targ`ib etdi va juda ko`p muridlar orttirdi.
O`rta Osiyo muzofotida birinchi vujudga kelgan yirik so`fiylik oqimi yassaviylikdir. Bu oqimga Axmad Yassaviy (1105—1165) asos solgan. Yassaviy Yassi (Turkiston) shaxrida ruxoniy oilasida tug`ilgan. Uning otasi Ibroxim Yassi Sayram shaxrida uzoq yil shayxlik qilga va ko`p muridlarga ega bo`lgan.
Yassaviy Buxoroda mashxur mutaassif (sufiy) Yusuf …….. an sufiylikning asoslarini urganadi, uning ulimidan so`ng o`rniga xalifa bulib qoladi so`ng o`z yurti Turkistonga qaytadi. Yassaviy ta`limoti turkiy tilda yozilgan uning «Devoni xikmat» asarida bayon etilgan bo`lib, u ko`chmanchi va utroq turkiy xalqlar o`rtasida sufiylik talimotini targib etishda muxim axamiyat kasb etgan.
Yassaviy goyalari O`rta Osiyoning turli shaxarlarida uning shogirdlari tomonidan keng targ`ib qilindi. Shulardan biri Sulaymon Boqirgoniy bo`lib (vafoti 1192 yilda), u o`zining turkiy tilda yozilgan «Boqirgon», «Oxir zamon» asarlarida asosan so`fizm, yassaviylikni targ`b qilgan.
O`rta Osiyoda shakllangan eng yirik sufiylik oqimlaridan yana biri kubraviyadir — unga Xorazmda XIII asrning boshlarida Najmiddin Kubro (1145— 1221) asos solgan va sungroq u O`rta va Yaqin Sharqning boshqa o`lkalariga ham keng tarqalgan. Xivada tug`lib sufiylik ta`limotini Misr, Tabriz, Xamadon shaxarlarida egallagan. Ko`hna Urganchda o`z ta`limotini rivojlantirib, shu yerda yangi sufiylik oqimiga asos solgan. Mug`ullar xujumi davrida o`z muridlari bilan shahar himoyasida faol ishtirok etib qurbon bo`lgan.
Kubro bilishning maxsus yulini rivojlantirib, su­fizm rivojiga katta hissa qo`shgan. U o`zining qator-risolalarida Kubraviya birodarligi (orden)ning qoidalarini ishlab chiqqan. Bu qoidalar sufiylikning ham nazariy, ham amaliy masalalarini o`z ichiga oladi. Kubraviya oqimi O`rta Osiyo, Afg`oniston, Shimoliy Xindiston, Eron shaharlarida tarqaldi va mayda sufiylik oqimlarining vujudga kelishiga sababchi bo`ldi. Bu oqimlar Xindistonning Dehli, Bixar shaxarlarining madaniy hayotiga muhim ta`sir ko`rsatdi.
Butun musulmon Sharqida eng keng tarqalgan yirik sufiylik oqimi «naqshbandiylik» ham O`rta Osiyoda shakllandi. Naqshbandiylik ta`limotining boshlang`ich kurtaklari buxorolik mashxur tasavvufchilar" Yusuf Xamadoniy (XII) hamda Abdulxoliq Gijduvoniy (XII— XIII asr) ta`limotlarida olg`a surildi. Lekin bu shakllanayotgan yangi sufiylik oqimi Baxovuddin Naqshband (1318—1389) tomonidan qiyomiga yetkazildi va uning nomi bilan ma`lum bo`ldi.
Bahovuddin Naqshband Buxoroga yaqin …… Gijduvon qshlog`da hunarmand oilasida tug`lib o`sdi, Su­fiylik ta`limotini asosan Buxoroda, O`rta Osiyo shaharlarida Sayid Amir Kuloliy, Orif Diggironi,-simshayx va Xalil otalardan o`rgandi. O`z ta`limotida yassaviylik va G`ijduvoniy - ta`limotlarining ayrim tomonlarini birlashtirdi.
O`rta Osiyoda turli sufiylik oqimlarining ta`siri XIX asrlarta kadar davom etganini kuramiz. So`fizm musulmon mamlakatlari hayotida muhim ijtimoiy-mafkuraviy va madaniy rol o`ynadi. U badiiy adabiyot, falsafa, musika, maorif, ta`lim-tarbiyaga katta ta`sir ko`rsatdi, turli mamlakatlarning ijtimoiy-siyosiy hayotida shubxasiz so`nmas iz qoldirdi.
Bu davrda gumanitar ilmlar ichida-tarixshunoslik keng rivoj topdi. Bizga qadar O`rta asrda arab va fors tillarida yozilgan musulmon Sharqining turli o`lkalari, jumladan O`rta Osiyo va Xurosonning tarixi, madaniy boyligi, aloqalariga bag`ishlangan ko`plab asarlar yetib keldi. Ular orasida O`rta Osiyodan chiqqan tarixshunoslarning asarlari salmogli o`rin egallaydi. Bu qo`lyozma asarlar turli mamlakatlar fondlarida, jumladan O`zbekiston Fanlar akademiyasi Beruniy nomli Sharqshunoslik institutida ham saqlanadi.
IX-XIII asr ma'naviy hayotida islom dini muhim o’rin egallaydi. Bu davrda musulmon Sharqida keng tarqalib, jahon dini darajasigacha ko’tarilgan islom dini va shariat musulmon dunyosming mafkurasiga aylandi. Movarounnahrda birinchimadrasa X asrda Buxoroda ochilgan. U Farjak madrasasi deb atalgan.Movarounnahr aholisi islom dinini qabul qilib, shariat ahkomlarini bajarishga, arab tili vayozuvini o’rganishga kirishdi. Markaziy shaharlarda qator masjid va madrasalar qad ko’tardi. XII asrda esa Buxoroning Darvoza mahallasida hatto qonunshunoslar uchun maxsus "Faqihlar madrasasi” qurilgan. Bunday oliy dorilfunun asosan islom dini taiimotining asosiy manbalari: Qur'oni Karim, Hadisi sharif va arab tilini mukammal o’rganishga katta eiibor bergan. Shariat ahkomlarini har tomonlama chuqur o’rgatishda "Tafsir" -Qur'oni Karimning sharhlari juda boy va qimmatli manba hisoblangan. Fiqh fani (islom huquqshunosligi) axloq va shariat ahkomlari borasida mukammal ma’lumot beradi. Islom dini taiimotining ravnaqi va targ’ibotining kengayishida ayniqsa Buxoro shahri markazga aylandi. Buxoro madrasalaridan juda ko’p yetuk fiqhshunos olimlar, qozilar, imomlar yetishib chiqadi. Shu boisdan Buxoro IX asrdan boshlab "Qubbat ul-islom" - "Islom dinining gumbazi" nomi bilan shuhrat topadi. Ayni paytda hukmron tabaqalarning mehnatkash aholi ustidan jabr-zulmi kuchayib borgan. Bu islom talablariga zid hodisa edi. Mana shunday g’oyat mushkul sharoitda jabrdiyda xalq o’z dard-u alamiga tasavvufdan malham axtaradi.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   287




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling