“O‘zstandart” аgentligi “Ахborot-ma’lumot markazi” Davlat korxonasi “Ўзстандарт” агентлиги


Download 3.98 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/336
Sana03.06.2024
Hajmi3.98 Kb.
#1841640
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   336
Bog'liq
standart-lugat



 “O‘ZSTANDART” АGENTLIGI
“Ахborot-ma’lumot markazi” Davlat korxonasi
 
 
“ЎЗСТАНДАРТ” АГЕНТЛИГИ
“Ахборот-маълумот маркази” Давлат корхонаси 
 
 
 
Standartlashtirish sohasida хаlqaro аtаmаlаr bilan 
uyg‘unlashtirilgan davlat tilidagi atama va tushunchalarning
izohli lug‘ati
 
 
Стандартлаштириш соҳасида халқаро атамалар билан 
уйғунлаштирилган давлат тилидаги атама ва тушунчаларнинг 
изоҳли луғати 
 
 
 
№ И-2012-52 “Standartlashtirish sohasida davlat tilidagi atamalarni 
хаlqaro аtаmаlаrgа uyg‘unlashtirish аsоsida izohli lug‘at ishlab chiqish” 
mavzusidagi innovatsion grant bo‘yicha  
 
№ И-2012-52 “Стандартлаштириш соҳасида давлат тилидаги 
атамаларни халқаро атамаларга уйғунлаштириш асосида изоҳли луғат 
ишлаб чиқиш” мавзусидаги инновацион грант бўйича 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



Kirish 
Standartlashtirish bo‘yicha xalqaro tashkilotlar ISO va IEC ta’rifiga 
muvofiq, O‘zbekiston davlat standarti (O‘z DSt ISO/IEC 2:2007) sifatida 
qabul qilingan standartlashtirish “...muayyan sohada tartibga solishning 
maqbul darajasiga erishishga qaratilgan faoliyat”dir. Ushbu mazmunda 
“muayyan sohalar” bo‘lib standartlashtirish tizimining o‘zi ham, 
shuningdek, 
konstruktorlik 
hujjatlari, 
mahsulot 
va 
xizmatlarni 
sertifikatlashtirish, muvofiqlikni baholash, texnik-iqtisodiy hamda ijtimoiy 
axborotlarni tasniflash va kodlash, o‘lchovlar yagonaligini ta’minlash, putur 
yetkazmaydigan nazorat, mahsulotni ishlab chiqish va ishlab chiqarishga 
qo‘yish, akkreditlash, texnik jihatdan tartibga solish, mahsulotni sinash, 
sifat, xizmatlar, atrof-muhit muhofazasi, favqulodda vaziyatlarda xavfsizlik, 
texnikaning puxtaligi kabi standartlashtirishga tayanadigan boshqa tizimlar 
ham xizmat qiladi.
Standartlar negizida shakllantirilgan va ishlayotgan sanab o‘tilgan 
barcha tizimlar umumiy “tarmoqlararo standartlashtirish tizimlari” (TST) 
nomi bilan birlashadi. O‘zbekistonda shakllantirilgan tizimlarga O‘z 
abbreviaturasi qo‘shiladi. Masalan, O‘zbekiston standartlashtirish davlat 
tizimi (O‘z StDT), O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimi 
(O‘z TTDT), O‘zbekiston sifat tizimi (O‘z ST) va b. O‘z navbatida 
O‘zbekiston tarmoqlararo standartlashtirish tizimlari - O‘z TST shaklida 
belgilanadi.
Ushbu izohli lug‘atga O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik 
hujjatlarida, ISO/MEK xalqaro standartlari va Butunjahon savdo 
tashkilotining (BST) hujjatlari va O‘z TST atamashunoslik standartlarida
o‘z aksini topgan asosiy atama, tushuncha va ta’riflar kiritilgan. Lug‘atda 
atama va tushunchalar ta’riflarining barcha variantlari keltirilgan. Masalan, 
“xavfsizlik” atamasining O‘zbekiston Respublikasi “Texnik jihatdan 
tartibga solish to‘g‘risida”gi qonunida keltirilgan ta’rifi xalqaro ISO/IEC 2
standarti ta’rifi tahriridan farq qiladi. «Standart» atamasining ISO/IEC 2 va 
BSTning “Savdodagi texnik to‘siqlar to‘g‘risida kelishuv”laridagi ta’riflari 
ham bir xil emas. “Standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjat” tushunchasi 
“Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi qonun bilan kiritilgan, 
ISO/IEC 2 da esa faqat normativ hujjat atamasi mavjud. Тo‘g‘ri, 1-
eslatmada normativ hujjat standartlar, texnik shartlar hujjatlari, qoidalar 
to‘plamlari va reglamentlar kabi tushunchalarni o‘z ichiga oladigan o‘zak 
atama ekanligi aytib o‘tilgan. “Oziq-ovqat xom ashyosi va mahsulotlarining 
ozuqaviy qiymati va xavfsizligi sanitariya normalari”da (SanQvaN) ham
“normativ hujjat” atamasining o‘ziga xos ta’rifi keltirilgan va h.k. 
Lug‘at quyidagilardan tashkil topgan:



1) TSTining barcha sohalaridagi atama va ta’riflar, metrologiya va 
o‘lchovlar yagonaligini ta’minlash tizimlaridan tashqari (chunki bu sohada 
tegishli lug‘at mavjud): Русча-ўзбекча изоҳли метрологик луғат. 
А.А.Абдувалиев, С.К. Жебровский, У.Н.Валиев. – Тошкент: 
“Стандарт” нашриёти, 2010);
2) tushunchalar, ularning ta’riflari bilan;
3) o‘zaro bog‘liq sohalardagi atama va tushunchalar (masalan,
iqtisodiyot, vektor, matematik modellashtirish, prognoz, texnika, funksiya, 
samaradorlik vа h.k.). 
Eslatma. «Atama» – narsa va hodisalar muhim xususiyatlarining aks 
etishi. «Tushuncha» – нарса ҳақида мантиқий расмийлаштирилган 
умумий фикр, Masalan, standartlashtirish – atama, xizmat ko‘rsatish 
sohasida standartlashtirish - tushuncha; standart – atama, umumiy texnik 
talablar standartlari – tushuncha; normativ hujjat – atama, texnik jihatdan 
tartibga solish sohasida normativ hujjat – tushuncha va h.k. 

Download 3.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   336




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling