"O‘ztemiryo‘lkonteyner" aj o‘zbekiston Respublikasida keng tarmoqli terminallar tizimiga EGA. Bu terminallarda konteyner bilan bog‘lik barcha operatsiyalarni amalga oshirish uchun zaruriy uskunalar o‘rnatilgan


“O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJning daromadining shakllanishi


Download 41.38 Kb.
bet2/2
Sana20.10.2023
Hajmi41.38 Kb.
#1713783
1   2
Bog'liq
“O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ faoliyatini boshqarish

17.2.“O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJning daromadining shakllanishi

YUklarni konteynerlarda tashish iqtisodiy jihatdan arzon. Hisoblar ko‘rsatadiki, yuklarni konteynerlarda tashish xarajatlari, tashish va ekspeditsion xarajatlar hisobiga ko‘ra 15 foizga arzonlashar ekan va transport vositasi unumdorligi 8 foizga oshar ekan.


“O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJning asosiy daromadi

Konteynerlarda yuk tashishning asosiy afzalliklari quyidagilardan iborat:
- ortish va tushirish operatsiyalarida transport vositalarining turib qolishini kamaytirish;
- mehnat sarfini kamaytirish, chunki transport vositasi platformasidan yuklarni tushirishga nisbatan konteynerdan tushirish va unga ortish ancha kam mehnat talab qiladi;
- yuk tashishda ularning yaxshi saqlanishini ta’minlash;
- aralash transport turlarida tashishda konteynerlarda yuk tashish qulayligi. CHunki bir transport turidan ikkinchisiga konteynerni o‘tkazishda, faqat uning qulfi plombasining buzilmaganligi tekshiriladi xolos. Hujjat almashuvi ancha osonlashadi.
YUklarni konteynerlab tashishdagi asosiy kamchilik konteynerlarning o‘z og‘irliklari va ularning qaytarilishidir
Konteynerlarni tashish jarayoni quyidagi elementlardan iborat:

  • bo‘sh konteynerni yuk ortish joyiga keltirish, unga yuk ortish;

  • yuklangan konteynerni transport vositasi ustiga qo‘yish va belgilangan manzilga eltish; konteynerni tushirish; konteynerdan yuklarni olish;

  • yukdan bo‘shagan konteynerlarni transport vositasi ustiga qo‘yish va yuk ortish joyiga eltish.

Konteynerli tashishlarni amalga oshirilishida temir yo‘l transporti boshqa turdagi transport vositalari bilan xamkorlikda ishlaydi. Buni quyidagi chizmadan ko‘rish mumkin.





-rasm. Konteynerli tashishlarda temir yo‘l va avtomobil transportining o‘zaro xamkorlik modeli sxemasi


Konteynerli tashishlarning xajmining oshirish va konteynerda tashilishi kerak bo‘lgan yuklarni tashish borasida temir yo‘l transportining raqobatbardoshligini ta’minlash maqsadida “O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ amaldagi tashishlarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda. Bu tabirlar quyidagilardir:

  • yangi xarakat tarkiblarini tadbiq qilish hisobiga konteyner tashishlar texnologiyasini rivojlantirish;

  • tashishlarning axborot ta’minoti darajasini ta’minlash;

  • konteynerli jo‘natmalarni qayta ishlash xajmi katta bo‘lgan stansiyalar va terminallar infratuzilmasini modernizatsiyalash va rivojlantirish;

  • tashishning intermodal tizimi va logistik texnologiyalarni tadbiq qilish bo‘yicha xamkorlar bilan kooperatsiyalashish va o‘zaro xamkorlik darajasini oshirish;

  • O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJning o‘z mijozlari bilan qaytar aloqalarini, xizmatlarni sotish jarayonlarini, xizmatlar tarifi va narx hosil bo‘lishini rivojlantirish rivojlantirish, mijozlar ning xizmatlarga qiziqishini oshirish va raqobatbardosh xizmatlar yo‘nalishini rivojlantirish.

Temir yo‘l transportida konteynerlarda tashiladigan yuklar miqdorini ko‘paytirish avvalo, transport vositasidan foydalanishning sifat ko‘rsatkichlari va mehnat unumdorligini oshirish hisobiga bo‘ladi.
Download 41.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling