"O‘ztemiryo‘lkonteyner" aj o‘zbekiston Respublikasida keng tarmoqli terminallar tizimiga EGA. Bu terminallarda konteyner bilan bog‘lik barcha operatsiyalarni amalga oshirish uchun zaruriy uskunalar o‘rnatilgan
Download 41.38 Kb.
|
1 2
Bog'liq“O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ faoliyatini boshqarish
17-BOB. “O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ faoliyatini boshqarish 17.1. “O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJning tashkiliy tuzilishi va vazifalari "O‘ztemiryo‘lkonteyner" AJ O‘zbekiston Respublikasida keng tarmoqli terminallar tizimiga ega. Bu terminallarda konteyner bilan bog‘lik barcha operatsiyalarni amalga oshirish uchun zaruriy uskunalar o‘rnatilgan. Terminallarning turli kuvvatli yuk ko‘tarish mexanizimlari bilan ta’minlanganligi ham yirik hajmli konteynerlar bilan ishlash imkonini beradi. Korxona va unga tortilgan hudud tavsifi: "O‘ztemiryo‘lkonteyner" AJ filiallarining joylashuvi: 1) Toshkent filiali – Toshkent shaxri Farg‘ona yo‘li ko‘chasida joylashgan 2) Farg‘ona filiali – Qo‘qon shaxri SHoxruxobod ko‘chasida joylashgan 3) Buxoro filiali – Buxoro shaxri sanoatchilar ko‘chasida joylashgan 4) Nukus filiali – Nukus shaxri Privokzal ko‘chasida joylashgan 5) Qarshi filiali – Qarshi shaxri O‘zbekiston ko‘chasida joylashgan 6) Termiz filiali – Termiz shaxri Repina ko‘chasida joylashgan “O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ “O‘zbekiston temir yo‘llari” konteyner saroyi operatori bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasi, MDH davlatlari, Evropa va Osiyo davlatlari hududida eksport, import, tranzit hamda davlat ichidagi yuklarni konteynerlarda tashishda transport ekspeditorlik xizmatlari ko‘rsatadi. Bugungi kunda jamiyatning Toshkent, Buxoro, Farg‘ona, Qashqadrayo, Termiz va Nukus filiallarida yuk tashish va ortish ishlari samarali yo‘lga qo‘yilgan. Ayniqa, Toshkent filialida ish xajmi boshqalariga nisbatan bir necha barobar ortiqroq. Filial hududida dunyoning turli burchaklaridan keltirilgan 20, 40 futlik konteynerlar saqlanadi va manzilga jo‘natiladi. “O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ funksiyalari O‘zbekiston temir yo‘llari konteyner parkini boshqarishdan iborat bo‘lib, respublika ichida va xalqaro yo‘nalishlarda konteynerlarda yuk tashishni rejalashtirish, bo‘sh konteynerlarning yo‘l bosishini tartibga solish, konteynerlarning raqamli hisobini yuritish va ulardan foydalanganlik to‘lovlari hisob-kitoblarini amalga oshirishni o‘z ichiga oladi. “O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJning asosiy maqsadi Kompaniyani kompleks rivojlantirish, yuklarni konteynerlarda maksimal iqtisodiy samara bilan raqobatga bardoshli tashishlarni ta’minlash va ichki hamda tashqi bozorlarning konteynerlarda yuk tashishga bo‘lgan ehtiyojini qondirish hisoblanadi. “O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ o‘zbek va xorijiy mijozlar uchun konteynerlarni ijaraga berish xizmatlarini ko‘rsatadi, shuningdek xususiy konteynerler va boshqa temir yo‘l ma’muriyatlarining konteynerlari bilan operatorlik funksiyalarini amalga oshiradi. SHuningdek, korxona O‘zbekiston hududida tezyurar yo‘nalishli konteynerli poezdlar xarakatlanishini tashkillashtirish bilan shug‘ullanadi. Korxonada O‘zbekiston Respublikasida konteynerli tashishlar infratuzilmasini modernizatsiyalash, konteynerlarda yuklarni etkazib berish muddatlarini qisqartirish uchun sharoitlar yaratish va servis darajasini oshirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Korxona O‘zbekiston Respblikasining butun hududida joylashgan keng hududiy filiallar tarmog‘iga, shuningdek qo‘shma korxonalarga ega. Aniq yo‘lga qo‘yilgan ish texnologiyasi va xodimlarning yuqori malakasi korxonaga konteynerlardagi yuklarni barcha yo‘nalishlarda tashishni ta’minlash imkonini beradi. Korxona yuklarni ishlab chiqarish joyidan iste’molchiga xarakatlanishini, shu jumladan barcha tegishli rasmiyatchiliklar ishonchli hal qilinishini ta’minlash to‘g‘risida g‘amxo‘rlik ko‘rsatadi. Bugungi kunda “O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ quyidagi xizmatlarni ko‘rsatadi: eksport-import va tranzit yuklarni temir yo‘lda tashish; tashishlarni tashkil qilish bo‘yicha maslahat berish, yuklarni transportirovka qilishning maqbul sxemasini ishlab chiqish; tashishni rasmiflashtirish va butun yo‘nalish bo‘ylab tashish to‘lovlarini to‘lash; yuklarni sug‘urtalashga ko‘maklashish; temir yo‘llar tarmog‘i bo‘yicha vagonlar va konteynerlarni kuzatib borish hamda izlash; eksport-import va tranzit yuklarni xalqaro standartdagi yirik tonnajli konteynerlarda transportirovka qilish; respublikaning barcha viloyatlarida joylashgan konteyner va vagonlarni ularning egalariga qaytarish; yuklarni ortish-tushirish operatsiyalarini bajarish va yuklarni omborda saqlash; universal konteynerlarni ijaraga berish va x.k. Jamiyat yuridik shaxs xisoblanib O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar maxkamasinig 05.11.02 yil 37-sonli qaroriga asosan "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ tarkibiga kiradi. O‘zbekiston Respulikasidagi amaldagi qonunlar, temir yo‘l ustavi, boshqa temir yo‘ldagi amaldagi me’yoriy dalolatnomalarga va mazkur ustavga muvofiq ish olib boradi. O‘ztemiryo‘lkonteyner yuridik shaxs bo‘lib, o‘zinig mustaqil balansida xisobga olinadigan aloxida mulkiga egadir, o‘z nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy xuquqlariga ega bo‘lish va amalga oshirish, masuliyatli bo‘lishi, sudda davogar va javobgar bo‘lishi mumkin. Jamiyat o‘zi tomonidan tasdiqlangan qoidalariga asoslanib ish olib boradigan filial va vakolatxonalar ochishi mumkin. Download 41.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling