14. Berilgan: AB=BD=7 sm, BC‖DE, CE=5 sm (51-rasm) topish kerak: AC.
1 5. Berilgan: ∠aOb, AB‖A1B1‖A2B2‖A3B3‖A4B4, OA=AA1= A1A2= A2A3= A3A4. OB4=8 sm (52-rasm). Topish kerak: OB1, OB2, OB3.
16. ABCD trapetsiyaning AB va CD tomonlari F nuqtada kesiguncha davom ettirilgan. Agar FB:BA=8:5 va FC – CD=2,25 metr bo’lsa, CD tomonning uzunligini toping.
17. ABC uchburchakning AB tomonida olingan D nuqtadan AC tomonga parallel DE kesma o’tkazilgan. AD:DB=5:6, BC=22 sm. BE kesmani toping.
18. Uchburchakning tomonlari: 4 sm, 6 sm va 8 sm ga teng. Shu uchburchakning o’rta chiziqlarini toping.
19. Uchburchakning tomonlari: 5 sm, 7 sm va 11 sm ga teng. Shu uchburchakning o’rta chiziqlarini toping.
20. Uchburchakning perimetri p ga teng. Uchlari berilgan uchburchak tomonlarining o’rtalarida bo’lgan uchburchakning perimetrini toping.
21. Uchburchak tomonlarining nisbatlari 6:8:10 kabi, perimetri 120 sm. Uchlari berilgan uchburchak tomonlarining o’rtalarida bo’lgan uchburchakning perimetrini va tomonlarini toping.
22. Berilgan to’rtburchak diagonallarining uzunliklari m va n ga teng. Uchari berilgan to’rtburchak tomonlarining o’rtalarida yotuvchi to’rtburchakning perimetrini toping. Agar m=6 dm va n=10 dm bo’lsa, bu perimetrni hisoblang.
23. Tomonlari AB=12 sm, BC=24 sm, AC=30 sm ga teng ABC uchburchakning A, B va C uchlari orqali qarshisida yotgan tomonlarga parallel qilib o’tkazilgan to’g’ri chiziqlardan hosil bo’lgan A1B1C1 uchburchakning tomonlarini toping.
24. Agar to’g’ri to’rtburchkning diagonali 12 sm bo’lsa, to’g’ri to’rtburchakning ikkita qo’shni tomoni o’rtalarini tutashtiruvchi kesma uzunligini toping.
Do'stlaringiz bilan baham: |