Margimush (As). Bu elem ent barcha tirik organizmlar uchun zaharlidir. H avodagi miqdori 0,30mg/m-3 dan, suvda 0,05mg// dan oshmasligi kerak. Sanoat korxonalari chiqindilari havo va suvning shunday ifloslanishiga olib kelishi mumkin. Organizmga oziq-ovqatlar bilan kuniga 1 mg atrofida margimush tushadi. U asosan eritrotsitlarda, taloqda, oqsil to'qimalarida uchraydi. Organizmdagi 0,1-0,3 g miqdori o'limga sabab bo'ladi. As (III) birikmalari - arsenitlar ferment va oqsillarning -S H guruhlariga ta’sir etib, ulami ingibirlaydi; Margimush birikmalaridan AsH3 - arsenning zaharli oqibatlari kuchlidir. U gem faolligini ingibirlaydi. Buning natijasida eritrotsitlar gemolizga uchrab, buyrak kanallari tiqilib qoladi va organizning sarg‘ayishiga olib keladi. Arsenat ionlari ATF sintezini ingibirlaydi. Pirouzum kislotasining metabolizmini susaytiradi. Bu esa uglevod, aminokislotalar va lipidiar metabolizmining buzilishiga olib keladi. Uning organizmda ortishi «qorason» kasalligiga sabab bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |