Oltingugurt- odam organizmining 0,16% ini tashkil qiladi. U organizmning almashtirib bo‘ lmaydigan komponenti hisoblanadi, chunki u ko‘pgina oqsillar, aminokislotalar, gormonlar, vitaminlar, nuklein kislotalar va h.k. tarkibiga kiradi. Tirik organizmda oltingugurtli aminokislotalar sulfatlargacha, qisman tiosulfatlargacha oksidlanadi va elementar oltingugurt ham hosil bo‘ladi. Ftor yer po‘stida keng tarqalgan bo‘lib, asosan, birikmalar tarkibida uchraydi. Oziq-ovqatlar bilan organizmga sutkasiga 1 ml miqdorda tushadi. Suvdagi ftor miqdori odam va hayvonlar tishiga ta’sir ko‘rsatadi. Normal holatda 1l suvda 1 ml ftor bo‘lishi kerak, suvda ftor miqdorining kamayishi karies (tish chirishi)ga olib keladi. Ftor organizmda kalsiy, magniy va boshqa ferment sistemalarining aktivatorlari bilan kompleks holda bo‘ladi. Organizmga ko‘p miqdorda ftor kiritilsa, yodning о‘rnini egallab, qalqonsimon bez faoliyatini buzadi. Ftor ko‘pgina neyroleptik preparatlar tarkibiga kiradi, ftorfenazin shizofreniyada ishlatiladi. Ftor uratsil, ftorafur kabi preparatlar yomon oqibatli o ‘ simtalarda, ftoronat yallig‘Ianish va allergik teri kasalliklarida ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |