A z o t - makrobiogen elementlardan biri. Hujayraning asosiy tarkibi b o'lg a n protoplazma va yadro oqsil moddalaridan tuzilgan. Oqsil azotsiz mavjud bo'lmaydi, oqsilsiz hayot yo ‘q. Oqsilning birlamchi tuzilishini aminokislotalar tashkil etadi. Oqsil tarkibiga o ‘rtacha 15-17% azot kiradi. Azot, shuningdek, fermentlar, ko‘pgina gormonlar, vitaminlar tarkibida boiadi. Tirik organizmda doimo hujayralaring buzilishi va qayta tiklanishi boradi. Azot odam organizmining 3% ini tashkil etadi. Odam organizmi azotni havodan emas, balki tarkibida azot bo'lgan birikmalardan oladi. Uzoq vaqt oqsilsiz ovqatlar iste’mol qilish o'limga olib keladi. A q liy mehnat bilan shug'ullanadigan katta yoshdagi odamlar organizmining azotga bo'lgan ehtiyoji 100 g, jismoniy mehnatda esa 130-150 g. Barcha antibiotiklar tabiiy moddalar bo'lib, mikroorganizmlarni o'ldiradi yoki o‘sishini to‘xtatadi. Bu moddalar tarkibida ham azot bo'ladi. K o ‘pgina dorivor preparatlar: aminokislotalar, vitaminlar, gormonlar tarkibida azot hayot faoliyatiga zarur ko‘rinishda bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |