8.
Tarbiya nazariyasi qanday masalalarini o’rganadi.
Pedagogikaning muhim tarkibiy qismlaridan biri bo’lib, tarbiya jarayonining mazmuni, tarbiya turlari, shakl, metod, vosita va usullari, uni tashkil etish masalalarini o’rganadi
9.
Pedagogika fanining ob’yekti – bu…
Yaxlit pedagogik jarayon
10.
Pedagogika fanining vazifalarini belgilang.
Analitik, prognostik, tashkiliy, metodologik
11.
Pedagogika fanining analitik vazifalarini aniqlang.
Ta’lim va tarbiya jarayoni mazmuni, mohiyati, sabab oqibat aloqadorligini o’rganish; pedagogik tajribani tahlil etish, umumlashtirish va baholash
12.
Pedagogika fanining prognostik vazifalarini aniqlang.
Ilmiy asoslangan maqsadlarni belgilash va ta’lim-tarbiya tizimini rivojlantirish strategiyalarini belgilash; ta’lim siyosatini samarali boshqarishni ta’minlash
13.
Pedagogika fanining tashkiliy vazifalarini aniqlang.
====
Yangi pedagogik texnologiya, innovatsion shakl va vositalarni ishlab chiqish; pedagogik tadqiqotlar natijalarini amaliyotga tatbiq etish; ta’lim jarayonini boshqarishning ilmiy metodik ta’minotini yaratish
14.
Pedagogika fanining metodologik vazifalarini aniqlang.
Pedagogik fanlarning umumnazariy asoslarini aniqlashtirish
15.
“Fanning mohiyatini ochib beruvchi eng muhim, asosiy tushuncha ... deb ataladi”. Nuqtalar o’rniga kerakli so’zni qo’yib, jumlani yakunlang.
Kategoriya
16.
Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari to’g’ri ko’rsatilgan qatorni belgilang.
Shaxs, tarbiya, ta’lim (o’qitish, o’qish), bilim, ko’nikma, malaka, kompetensiya, ma’lumot, shakllantirish, rivojlantirish
17.
“... – muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama o’stirish, uning ongi, xulq atvori va dunyo-qarashini tarkib toptirish jarayoni”. Nuqtalar o’rniga kerakli so’zni qo’yib, jumlani yakunlang.
Tarbiya
18.
“...– o’quvchilarni nazariy bilim, amaliy ko’nikma va malakalar bilan qurollantirish, kompetentlikni tarkib toptirish, ularning bilish qobiliyatlarini o’stirish va dunyoqarashlarini shakllantirishga yo’naltirilgan jarayon”. Nuqtalar o’rniga kerakli so’zni qo’yib, jumlani yakunlang.
Ta’lim
19. “...– shaxsning ongida tushunchalar, umumlashmalar, ma’lum obrazlar ko’rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui”. Nuqtalar o’rniga kerakli so’zni qo’yib, jumlani yakunlang.
Bilim
Do'stlaringiz bilan baham: |