P. G‘ulomov, O‘zbekiston Xalq o‘qituvchisi X. Inog‘omov


Download 4.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/130
Sana07.10.2023
Hajmi4.44 Mb.
#1694775
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   130
35-rasm. 
Rossiya don eksporti dinamikasi (1992–2017-yy., mln. tonna).
Iqtisodiy rayonlari. Rossiya Federatsiyasi rasman 11 ta iqtisodiy ra-
yonga bo‘linadi. Ulardan eng yiriklari Markaziy, Shimoli-g‘arbiy, Ural, 
Volgabo‘yi, G‘arbiy Sibir, Sharqiy Sibir, Uzoq Sharqdir. Mamlakat iq-
tisodiy rayonlari orasidagi tafovutlar, asosan, tabiiy sharoit va resurslar 
hamda tarixiy rivojlanish xususiyatlari bilan bog‘liq.
1. Rossiya sanoati va butun iqtisodiyotining negizini qaysi tarmoq tashkil 
qiladi?
2. Rossiyadagi asosiy qishloq xo‘jalik ekinlari qatoriga nimalar kiradi?
3. Yozuvsiz xaritada metropoliten mavjud bo‘lgan Rossiya shaharlarini belgilang.
4. Rossiya iqtisodiy rayonlari orasidagi tafovutlar qanday omillar bilan 
belgilanadi? 
http://eduportal.uz
http://eduportal.uz


92
32-§. Osiyo qit’asining geografik o‘rni, chegaralari va siyosiy 
xaritasi
Osiyo, qit’a, yangi mustaqil davlatlar, orol davlatlar, ichki kontinental 
davlatlar, respublika, monarxiya, federativ davlatlar.
Jahonning eng yirik qit’asi Osiyo deb 
atalishi uning geografik o‘rni bilan bog‘liq. 
Qadimiy assuriyaliklar tilida u «Quyosh chi-
qishi», ya’ni «sharq» ma’nosini anglatadi. 
Osiyoning orollar bilan birgalikdagi umu-
miy maydoni 43,4 mln. km
2
(Rossiyaning 
Osiyodagi qismi bilan). Aholisi 4,5 mlrd. 
kishidan ziyod, ya’ni Osiyoda insoniyatning 
deyarli 60 % i yashaydi (2018-y.). 
Osiyo ekvatorga nisbatan, asosan, Shimo-
liy, bosh meridianga nisbatan esa, asosan, 
Sharqiy yarim sharda joylashgan (36-rasm). 
Osiyo qirg‘oqlari to‘rtta okean suvlari 
bilan yuviladigan yagona qit’adir. Uni shimolda (Rossiyaning hududi) 
Shimoliy Muz, janubda Hind, sharqda Tinch okean, g‘arbda Atlantika 
okeani havzasiga tegishli O‘rta va Qora dengizlari o‘rab turadi. 
Osiyoning siyosiy xaritasida, Rossiyani hisobga olmaganda, 47 ta 
mustaqil davlat mavjud. Bu davlatlarning ko‘pi Ikkinchi Jahon urushi-
dan keyingi davrda siyosiy mustaqillikka erishgan. Qit’aning eng yosh 
davlatlari qatoriga 1991-yilda mustaqillikni qo‘lga kiritgan O‘zbekiston, 
Qozog‘iston, Turkmaniston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Gruziya, 
Armaniston hamda 2002-yilda mustaqil davlatga aylangan Sharqiy Timor 
kiradi.
Osiyo davlatlari hududining maydoniga ko‘ra bir-biridan ancha farq 
qiladi. Rossiya, Xitoy, Hindiston va Qozog‘iston jahonning 10 ta eng yirik 

Download 4.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling