P. G‘ulomov, O‘zbekiston Xalq o‘qituvchisi X. Inog‘omov


-rasm. Qirg‘izistonning tog‘  yaylovlari. 41-rasm


Download 4.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/130
Sana07.10.2023
Hajmi4.44 Mb.
#1694775
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   130
42-rasm.
Qirg‘izistonning tog‘ 
yaylovlari.
41-rasm.
Issiqko‘l.
http://eduportal.uz
http://eduportal.uz


104
geografik tafovutlari iqtisodiyotning rivoj lanishi va ixtisoslashuviga qanday 
ta’sir ko‘rsatishini izohlang.
3. Qirg‘izistonning qaysi hududlarida o‘zbeklar keng tarqalgan?
4. Qirg‘istondagi eng muhim sanoat va turistik obyektlarini ayting.
37
-§. Turkmaniston Respublikasi
Kaspiy dengizi, Qoraqum cho‘li, Kopetdog‘, yoqilg‘i resurslari, Qoraqum 
kanali, axalteki otlari, «Avaza» turistik zonasi.
Turkmaniston Markaziy Osiyoning janubi-
g‘arbiy qismida joylashgan. Shimolda Qozog‘is-
ton, shimoli-sharqda O‘zbekiston, janubi-sharqda 
Afg‘oniston, janubda Eron bilan chegaradosh. 
Turkmaniston g‘arbda Kaspiy dengiziga tutash.
Turkmanistonning iqtisodiy geografik o‘rni qu-
lay, chunki uning hududidan Markaziy va Janubi-
g‘arbiy Osiyo davlatlarini bog‘lovchi temiryo‘l 
va avtomobil magistrallari o‘tgan. Mamlakat 
Kaspiy dengizi orqali Rossiya va Kavkaz davlatlari bilan bog‘langan.
Turkmaniston – prezidentlik respublikasi. Ma’muriy-hududiy jihatdan
5 ta viloyat va 1 ta respublika ahamiyatidagi shahardan iborat. Poytaxti – 
Ashxobod shahri Kopetdog‘ tog‘ tizmasi etagida joylashgan (43-rasm). 
Tabiiy sharoiti va resurslari. Turkmaniston hududini, asosan, keng 
tekisliklar ishg‘ol etadi va uning 80 % idan ortig‘i Qoraqum cho‘liga tog‘ri 
keladi. Tog‘lar faqat janubiy va sharqiy chegarabo‘yi hududlarida joy-
lashgan. Eng baland nuqtasi – O‘zbekiston bilan chegarada Ko‘hitangtog‘ 
tizmasida joylashgan Buyuk Turkmanboshi (O‘zbekistonda Ayribobo deb 
nomlanadi) cho‘qqisi (3 137 m.). Janubiy tog‘ va tog‘oldi hududlari seys-
mik faolligi bilan ajralib turadi. Ashxobodda 1948-yil 9-oktabr kuni so-
dir bo‘lgan zilzila mintaqada XX asrdagi eng falokatli zilzilalardan biri 
hisoblanadi.
Turkmanistonning eng muhim mineral boyliklari tabiiy gaz, neft va 
turli kimyoviy tuzlardan iborat. Ayniqsa tabiiy gaz zaxiralari Turkmanis-
ton uchun juda katta iqtisodiy ahamiyatga ega. Respublika gaz zaxirala-
ri bo‘yicha jahon mamlakatlari orasida 4-o‘rinda turadi. Kaspiy dengizi 
bo‘yida neft va gaz konlaridan tashqari yirik tuz konlari mavjud.

Download 4.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling