P. G‘ulomov, O‘zbekiston Xalq o‘qituvchisi X. Inog‘omov
Download 4.44 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 32-§. Osiyo qit’asining geografik o‘rni, chegaralari va siyosiy xaritasi
35-rasm.
Rossiya don eksporti dinamikasi (1992–2017-yy., mln. tonna). Iqtisodiy rayonlari. Rossiya Federatsiyasi rasman 11 ta iqtisodiy ra- yonga bo‘linadi. Ulardan eng yiriklari Markaziy, Shimoli-g‘arbiy, Ural, Volgabo‘yi, G‘arbiy Sibir, Sharqiy Sibir, Uzoq Sharqdir. Mamlakat iq- tisodiy rayonlari orasidagi tafovutlar, asosan, tabiiy sharoit va resurslar hamda tarixiy rivojlanish xususiyatlari bilan bog‘liq. 1. Rossiya sanoati va butun iqtisodiyotining negizini qaysi tarmoq tashkil qiladi? 2. Rossiyadagi asosiy qishloq xo‘jalik ekinlari qatoriga nimalar kiradi? 3. Yozuvsiz xaritada metropoliten mavjud bo‘lgan Rossiya shaharlarini belgilang. 4. Rossiya iqtisodiy rayonlari orasidagi tafovutlar qanday omillar bilan belgilanadi? http://eduportal.uz http://eduportal.uz 92 32-§. Osiyo qit’asining geografik o‘rni, chegaralari va siyosiy xaritasi Osiyo, qit’a, yangi mustaqil davlatlar, orol davlatlar, ichki kontinental davlatlar, respublika, monarxiya, federativ davlatlar. Jahonning eng yirik qit’asi Osiyo deb atalishi uning geografik o‘rni bilan bog‘liq. Qadimiy assuriyaliklar tilida u «Quyosh chi- qishi», ya’ni «sharq» ma’nosini anglatadi. Osiyoning orollar bilan birgalikdagi umu- miy maydoni 43,4 mln. km 2 (Rossiyaning Osiyodagi qismi bilan). Aholisi 4,5 mlrd. kishidan ziyod, ya’ni Osiyoda insoniyatning deyarli 60 % i yashaydi (2018-y.). Osiyo ekvatorga nisbatan, asosan, Shimo- liy, bosh meridianga nisbatan esa, asosan, Sharqiy yarim sharda joylashgan (36-rasm). Osiyo qirg‘oqlari to‘rtta okean suvlari bilan yuviladigan yagona qit’adir. Uni shimolda (Rossiyaning hududi) Shimoliy Muz, janubda Hind, sharqda Tinch okean, g‘arbda Atlantika okeani havzasiga tegishli O‘rta va Qora dengizlari o‘rab turadi. Osiyoning siyosiy xaritasida, Rossiyani hisobga olmaganda, 47 ta mustaqil davlat mavjud. Bu davlatlarning ko‘pi Ikkinchi Jahon urushi- dan keyingi davrda siyosiy mustaqillikka erishgan. Qit’aning eng yosh davlatlari qatoriga 1991-yilda mustaqillikni qo‘lga kiritgan O‘zbekiston, Qozog‘iston, Turkmaniston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Gruziya, Armaniston hamda 2002-yilda mustaqil davlatga aylangan Sharqiy Timor kiradi. Osiyo davlatlari hududining maydoniga ko‘ra bir-biridan ancha farq qiladi. Rossiya, Xitoy, Hindiston va Qozog‘iston jahonning 10 ta eng yirik Download 4.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling