P. G‘ulomov, O‘zbekiston Xalq o‘qituvchisi X. Inog‘omov


-rasm.  Pekin shahrida  havoning ifloslanishi. 58-rasm


Download 4.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/130
Sana07.10.2023
Hajmi4.44 Mb.
#1694775
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   130
57-rasm. 
Pekin shahrida 
havoning ifloslanishi.
58-rasm. 
Yanszi daryosidagi «Uch 
dara» (Sansya) GESi.
http://eduportal.uz
http://eduportal.uz


122
Qishloq xo‘jaligi. Xitoy qishloq 
xo‘jaligining asosi dehqonchilikdir. Jami 
ekin maydonlarining asosiy qismi don-
li ekinlar, ayniqsa, sholi bilan band (59-
rasm). Xitoy jahon mamlakatlari orasida 
bug‘doy, sholi, kartoshka, sabzavot, meva, 
poliz mahsulotlari, uzum, choy, tamakining 
yalpi hosili, qo‘y, echki, cho‘chqa, parran-
da soni, go‘sht, jun, tuxum, asal tayyor-
lash, baliq ovlash hajmi bo‘yicha birinchi 
o‘rinni egallaydi. 
Xitoy asosiy oziq-ovqat mahsulotlariga 
bo‘lgan ehtiyojini o‘z ku chi hisobiga qondiradi. Jahondagi jami ekin may-
donlarining 9 % iga ega bo‘la turib, insoniyatning 18 % idan ko‘proq 
qismini tashkil etadigan aholisini Xitoy o‘z resurslari hisobiga oziq-ovqat 
mahsulotlari bilan ta’minlamoqda. Bu holat qishloq xo‘jaligidagi mehnat 
unumdorligining yuqoriligini ko‘rsatadi.
Xitoy Xalq Respublikasi, 2018-yil holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning eng 
yirik tashqi savdo hamkori hisoblanadi, chunki u O‘zbekistonning ham 
eksport, ham import bo‘yicha hamkorlari orasida savdo aylanmasiga ko‘ra 
yetakchi o‘ringa ega. 
Iqtisodiy rayonlari. Xitoy Sharqiy, Markaziy va G‘arbiy iqtisodiy 
rayon (zona)larga bo‘linadi. Shulardan Sharqiy iqtisodiy rayon o‘zining 
tabiiy, ijtimoiy, demografik va iqtisodiy salohiyatiga ko‘ra har tomonlama 
peshqadamlik qiladi. Bu o‘rinda, ayniqsa, dengizbo‘yi hududlari, Shanxay, 
Pekin, Tyanszin, Guanchjou shaharlari alohida ahamiyat kasb etadi. Mam-
lakatda amalga oshirilayotgan mintaqaviy siyosat tabiiy resurslarga boy 
Markaziy va G‘arbiy iqtisodiy zonalarni rivojlantirish, bu hududlarning 
milliy iqtisodiyotidagi ulushini ko‘tarishga yo‘naltirilgan.
1. Xitoyning jahon xo‘jaligidagi o‘rnini tavsiflang.
2. Xitoyda sanoatning qaysi tarmoqlari ayniqsa yaxshi rivojlangan?
3. Nima uchun dehqonchilik asosan Sharqiy Xitoyda intensiv rivojlangan?
4. Xitoyning Sharqiy, Markaziy va G‘arbiy iqtisodiy zonalari orasidagi 
tafovutlarga qanday geografik omillar ta’sir ko‘rsatadi?
59-rasm. 
Xitoydagi sholi 
maydonlari.
http://eduportal.uz
http://eduportal.uz


123

Download 4.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling