Shuni aytish kerakki, diqqatni bir vaqtda bir necha narsaga qaratilishi, taqsimlanishi amaliy jihatdan mumkin emas. Shuning uchun diqqatning bo’linishi diqqat ko’chuvchanligi bilan birga amalga oshiriladi. Bu hodisa tezlik bilan amalga oshganligi uchun biz payqamay qolamiz, natijada ayni bir vaqtning o’zida bir necha narsalarga diqqatimiz birdan qaratilayotgandek tuyuladi. Diqqatning bo’linuvchanligi xususiyati hayot uchun zarur. Chunki ko’plar mehnat turllarida ushbu xususiyat bo’lishi talab etiladi. Bo’linuvchanlik xususisyati pedagoglar uchun zarur xususiyatdir. Diqqatning bo’linishi hammada har xil bo’ladi. Bunga sabab esa diqqatning yengillik bilan bo’linishi diqqatimiz qaratilgan narsa ilgaridan bizga qanchalik darjada tanishligi bilan bog’liqdir. Diqqat qaratgan narsamiz bizga yaxshi tanish bo’lsa, faoliyatda bir qancha ishni birdaniga bajara olishimiz mumkin bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |