P. I. Ivanov tomonidan diqqat deb ongni bir nuqtaga to’plab muayyan bir obyektga aktiv qaratilishiga aytiladi. F. N. Dobrinin, N. V. Kuzmina, I. V. Straxov, M. V. Gamezo, N. F. Gonobolin va boshqalarning fikricha, diqqatn


Download 455.42 Kb.
bet3/4
Sana26.01.2023
Hajmi455.42 Kb.
#1124127
1   2   3   4
Bog'liq
DIQQAT

Diqqat hamma vaqt ham bir narsadan ikkinchi narsaga, bir faoliyatdan ikkinchi faoliyatga osonlik bilan ko’chavermaydi. Ba’zan qiyinchiliklar bo’ladi. Bunga sabablar bor. Masalan: diqqatimiz ko’chirilishi lozim bo’lgan narsa yoki harakatlar o’rtasida bog’lanish bor yoki yo’qligiga bog’liq. Agarda diqqatimiz ko’chirilishi lozim bo’lgan narsalar o’rtasida ma’lum jihatdan mazmuniy bog’liqlik bo’lsa, diqqatimiz osonlik bilan ko’chadi. Odamning qiziqishlari va ehtiyojlari bilan bog’liq bo’lgan narsalarga ham diqqat yengillik bilan ko’chadi.

Olimlar tomonidan diqqat ko’chuvchanligini o’rganishda kompleksiya nomli tajriba o’tkazilgan. Tajribada 100 qismga bo’lingan kataklarda sterelka tez harakatlanib turadi, shu harakat davomida qo’ng’iroq chalinadi. Tekshiriluvchidan qo’ng’iroq chalinganda sterelka kataklarning qaysi birida turganligini aniqlashi kerak. Ushbu tajribani aniq bajarish anchayin qiyin. Negaki tekshiriluvchilarning javobi turlicha bo’ladi.

Diqqatning ko’chuvchanligi bir vaqtning o’zida ikki narsani (obyektni) to’g’ri idrok qilishga yordam beradi. Misol uchun, notiqqa qarash va uni eshitish mumkin, buncha eshitish va ko’rish qo’zg’atuvchilari bir vaqtda ishlaydi hamda bir-birini kuchaytiradi.

Diqqatning taqsimlanishi

Diqqatning taqsimlanishi

Odamning diqqati bir vaqtda faqat bir narsaga emas, balki ikki yoki uchta narsaga birdaniga qaratilishi mumkin. Ana shunday paytlarda diqqatning tqasimlanishi yuz beradi. Demak, diqqatning taqsimlanishi deganda biz ayni bir vaqtda diqqatimizni ikki yoki uch narsaga qaratishimizga aytiladi. Agar diqqatimiz bir narsaga qaratilgan bo’lsa, bir narsa ustida to’plangan bo’lsa, ui konsentrasiyalashgan diqqat deb yuritiladi. Buning aksi, agar diqqatimiz ayni bir vaqtda bir necha narsaga qaratilgan bo’lsa, bunday diqqat taqsimlangan, bo’lingan diqqat deb ataladi.

.

Shuni aytish kerakki, diqqatni bir vaqtda bir necha narsaga qaratilishi, taqsimlanishi amaliy jihatdan mumkin emas. Shuning uchun diqqatning bo’linishi diqqat ko’chuvchanligi bilan birga amalga oshiriladi. Bu hodisa tezlik bilan amalga oshganligi uchun biz payqamay qolamiz, natijada ayni bir vaqtning o’zida bir necha narsalarga diqqatimiz birdan qaratilayotgandek tuyuladi.


Download 455.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling