Page 222 O’zbekistonda inson kapitalining yoshlar hayotida tutgan
Download 0.49 Mb. Pdf ko'rish
|
o-zbekistonda-inson-kapitalining-yoshlar-hayotida-tutgan-o-rni-va-rivojlanish-tendensiyasi
SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 ǀ ISSUE 1 ǀ 2021 ISSN: 2181-1601 Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 225 lozim. Bu jahonning yetakchi olimlari va xalqaro tashkilotlarning ekspertlari tomonidan amalga oshirilgan juda ko‘p tadqiqotlarda o‘z tasdig‘ini topgan. Insonni rivojlantirish – odamlarning uzoq va sog‘lom, munosib turmush kechirishlari, ma’lumotli bo‘lishlari uchun zarur vositalardan foydalanishlari imkoniyatlarini kengaytirishdir. Ammo bu imkoniyatlarni odamlarning o‘zlari tanlaydilar. Rivojlantirish jarayoni insonga uning ehtiyojlari va manfaatlariga muvofiq ravishda o‘zini rivojlantirish uchun qulay sharoitlarni yaratishga xizmat qilishi kerak. Insonni rivojlantirish tushunchasi uning qobiliyati va imkoniyatlarini shunchaki shakllantirishga qaraganda ancha kengroqdir. U, shuningdek, bu imkoniyatlardan mehnat jarayonida, dam olish va ijtimoiy faoliyatda foydalanishni ham nazarda tutadi. Imkoniyatlarni shakllantirish va ularni ishga solish o‘rtasida mutanosiblik bo‘lmas ekan, inson salohiyatidan foydalanilmay qolinadi. Insonni rivojlantirishning asosiy mezoni umr ko‘rish davomiyligi, savodxonlik darajasi va resurslardan foydalanish imkoniyatini ifoda etadigan Insonni rivojlantirish indeksidir. Davlatning farovonligi faqat daromad darajasiga emas, balki bu daromaddan qanday foydalanilishiga ham bog‘liqdir. Daromadlar mo‘may bo‘lishining o‘zi insonni rivojlantirishni kafolatlamaydi. Shunday ekan, insonni rivojlantirishning ikki xususiyati – imkoniyatlarni shakllantirish va ulardan foydalanishni farqlash kerak. Insonni barqaror rivojlantirish faqat iqtisodiy o‘sishni ta’minlabgina qolmasdan, uning natijalarini adolatli taqsimlashni ham nazarda tutadi. Bunday rivojlanish aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalariga birinchi darajali ahamiyat berilishini, ular imkoniyatlarini kengaytirishni, ularning o‘z turmushlariga ta’sir ko‘rsatadigan qarorlarni qabul qilishda ishtirok etishlarini ta’minlashni nazarda tutadi. Bunday rivojlanish insonlar manfaatini ko‘zlaydi, ular uchun ish joylarni ko‘paytirishga, jamiyat farovonligini oshirishga xizmat qiladi. XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab taraqqiy etgan davlatlarda insonga va aholini ijtimoiy muhofaza qilish sohasiga xarajatlar moddiy jamg‘armalar miqdoriga qaraganda yuqoriroq bo‘lmoqda. Ishlab chiqarishga investitsiyalar kiritish qanchalik muhim bo‘lmasin, insonni rivojlantirishga sarmoyalarga tobora ko‘proq ustuvorlik berilmoqda. YA’ni mazkur mamlakatlarda takror hosil qilish jarayonidagi eng jiddiy o‘zgarishlar moddiy ishlab chiqarish sohasidan tashqarida sodir bo‘lmoqda. Insonni rivojlantirish konsepsiyasi nihoyatda ko‘p qirrali, uning inson va jamiyat hayotining turli tomonlarida qo‘llanilishi imkoniyatlari keng. BMT Rivojlanish dasturining har yilgi insonni rivojlantirish to‘g‘risidagi ma’ruzalari va turli mamlakatlarning milliy ma’ruzalari huddi shundan dalolat beradi. BMT Rivojlanish dasturining 1990 yildagi bunday birinchi ma’ruzasida insonni rivojlantirish nazariyasi va uni o‘lchash indikatorlari chuqur ishlab chiqilishi bilan bir qatorda urbanizatsiya muammolariga bag‘ishlangan qism ham mavjud edi. Ana shundan keyingi ma’ruzalar mavzulari hayotiy extiyojlar, odamlar xavfsizligining turli |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling