Page 222 O’zbekistonda inson kapitalining yoshlar hayotida tutgan


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana01.03.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1242896
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
o-zbekistonda-inson-kapitalining-yoshlar-hayotida-tutgan-o-rni-va-rivojlanish-tendensiyasi

SCIENTIFIC PROGRESS
 
VOLUME 2 ǀ ISSUE 1 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
  
Page 224
taqsimlashda yoki mamlakatlarni rivojlantirish darajasi bo‘yicha tasniflashda universal 
mezon vazifasini o‘ta olmaydi. Tobora ko‘proq miqdorda tovarlar ishlab chiqarish va 
xizmatlar ko‘rsatish turmush darajasini oshirish hamda boshqa umummilliy vazifalarni 
eng oqilona hal etish vositasi ekanligi to‘g‘risidagi tasavvurlar muayyan darajada bir 
yoqlama yondashuvdir. Bunday qarashlar noiqtisodiy xisoblangan ko‘pgina boshqa 
rivojlantirish mezonlariga yetarli darajada baho bermaslikka sabab bo‘ladi. Iqtisodiy 
o‘sish sur’atlari rasmiy jihatdan yuqori bo‘lganda ham odamlarning turmush darajasi 
nisbatan past bo‘lishi mumkin. Buning aksi – iqtisodiy o‘sishdagi natijalar salmoqli 
bo‘lmaganda ham turmush darjasining nisbatan yuqoriligi ham kuzatiladi.
Jamiyatda sanoat rivojlanishi bosqichidan avval iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda 
tabiiy va mehnat resurslariga, sanoat rivojlanishi bosqichida moddiy resurslarga 
ustuvorlik berilgan bo‘lsa, sanoat rivojlanishidan keyingi hozirgi bosqichda intellektual 
va axborot resurslarining roli birinchi o‘ringa chiqmoqda. Jahonning yetakchi 
mamlakatlari taraqqiyoti yangi – bilimlar, innovatsiyalar, global axborot tizimlari, yangi 
texnologiyalar va venchur biznesi iqtisodiyotini shakllantirishga olib keldi. 
Innovatsion iqtisodiyotning asosini hozirgi davr jamiyatini ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirishning hal qiluvchi kuchi hisoblangan inson kapitali tashkil etadi. Ya’ni 
inson tafakkuri ishlab chiqarish tizimining shunchaki muayyan unsuri bo‘lib qolmasdan, 
balki bevosita ishlab chiqaruvchi kuchga aylandi. Dastavval insonni rivojlantirish 
tushunchasining tarkibiy qismlari u qadar ko‘p bo‘lmasdan, tarbiya, ta’lim, bilim, 
salomatlikni qamrab olardi. Shu bilan birga uzoq vaqt davomida insonni rivojlantirishga 
iqtisodiy o‘sish nazariyasi nuqtai nazaridan tarraqiy etishning ijtimoiy, ya’ni chiqimli 
omili sifatida qaralardi. Tarbiya, ta’limga investitsiyalar noishlab chiqarish xarajatlari 
hisoblanardi. XX asr ikkinchi yarmidan boshlab inson kapitali va ta’limga nisbatan 
munosabat asta-sekin tubdan o‘zgara boshladi. 
NATIJA
Ijtimoiy rivojlanishda insonga faqat ma’naviy sohadagina emas, balki takror hosil 
qilish aloqalarida ham markaziy o‘rin ajratila boshlandi. Zero, bevosita inson avloddan 
avlodga meros bo‘lib qoladigan bilimlarni egallash va ulardan samarali foydalanish 
qobiliyatiga egadir. “Inson kapitali” iqtisodiy kategoriyasida o‘z ifodasini topgan bu 
g‘oya jahon BMT ekspertlari tomonidan inson salohiyatining insonni rivojlantirish 
dinamikasiga ta’sirini aniqlaydigan modellar yordamida ishlab chiqilgan yangi 
“Insoniyatni barqaror rivojlantirish” nazariyalari, “Milliy boylik konsepsiyasi” kabi
ijtimoiy tafakkur negizini tashkil etadi.
Inson kapitalini rivojlantirish ustuvorligi rivojlangan va rivojlanayotgan 
mamlakatlar uchun ham, barqaror iqtisodiyotlar va modernizatsiyani amalga 
oshirayotgan tizimlar uchun ham universal xususiyatga ega ekanligini alohida ta’kidlash 



Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling