Page 222 O’zbekistonda inson kapitalining yoshlar hayotida tutgan


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana01.03.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1242896
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
o-zbekistonda-inson-kapitalining-yoshlar-hayotida-tutgan-o-rni-va-rivojlanish-tendensiyasi

SCIENTIFIC PROGRESS
 
VOLUME 2 ǀ ISSUE 1 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
  
Page 225
lozim. Bu jahonning yetakchi olimlari va xalqaro tashkilotlarning ekspertlari tomonidan 
amalga oshirilgan juda ko‘p tadqiqotlarda o‘z tasdig‘ini topgan. 
Insonni rivojlantirish – odamlarning uzoq va sog‘lom, munosib turmush
kechirishlari, ma’lumotli bo‘lishlari uchun zarur vositalardan foydalanishlari
imkoniyatlarini kengaytirishdir. Ammo bu imkoniyatlarni odamlarning o‘zlari 
tanlaydilar. Rivojlantirish jarayoni insonga uning ehtiyojlari va manfaatlariga muvofiq 
ravishda o‘zini rivojlantirish uchun qulay sharoitlarni yaratishga xizmat qilishi kerak.
Insonni rivojlantirish tushunchasi uning qobiliyati va imkoniyatlarini shunchaki 
shakllantirishga qaraganda ancha kengroqdir. U, shuningdek, bu imkoniyatlardan 
mehnat jarayonida, dam olish va ijtimoiy faoliyatda foydalanishni ham nazarda tutadi. 
Imkoniyatlarni shakllantirish va ularni ishga solish o‘rtasida mutanosiblik bo‘lmas ekan, 
inson salohiyatidan foydalanilmay qolinadi. 
Insonni rivojlantirishning asosiy mezoni umr ko‘rish davomiyligi, savodxonlik 
darajasi va resurslardan foydalanish imkoniyatini ifoda etadigan Insonni rivojlantirish 
indeksidir. Davlatning farovonligi faqat daromad darajasiga emas, balki bu daromaddan 
qanday foydalanilishiga ham bog‘liqdir. Daromadlar mo‘may bo‘lishining o‘zi insonni 
rivojlantirishni kafolatlamaydi. Shunday ekan, insonni rivojlantirishning ikki xususiyati 
– imkoniyatlarni shakllantirish va ulardan foydalanishni farqlash kerak. Insonni 
barqaror rivojlantirish faqat iqtisodiy o‘sishni ta’minlabgina qolmasdan, uning 
natijalarini adolatli taqsimlashni ham nazarda tutadi. Bunday rivojlanish aholining 
ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalariga birinchi darajali ahamiyat berilishini, ular 
imkoniyatlarini kengaytirishni, ularning o‘z turmushlariga ta’sir ko‘rsatadigan 
qarorlarni qabul qilishda ishtirok etishlarini ta’minlashni nazarda tutadi. Bunday 
rivojlanish insonlar manfaatini ko‘zlaydi, ular uchun ish joylarni ko‘paytirishga, jamiyat 
farovonligini oshirishga xizmat qiladi. 
XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab taraqqiy etgan davlatlarda insonga va 
aholini ijtimoiy muhofaza qilish sohasiga xarajatlar moddiy jamg‘armalar miqdoriga 
qaraganda yuqoriroq bo‘lmoqda. Ishlab chiqarishga investitsiyalar kiritish qanchalik 
muhim bo‘lmasin, insonni rivojlantirishga sarmoyalarga tobora ko‘proq ustuvorlik 
berilmoqda. YA’ni mazkur mamlakatlarda takror hosil qilish jarayonidagi eng jiddiy 
o‘zgarishlar moddiy ishlab chiqarish sohasidan tashqarida sodir bo‘lmoqda. 
Insonni rivojlantirish konsepsiyasi nihoyatda ko‘p qirrali, uning inson va jamiyat 
hayotining turli tomonlarida qo‘llanilishi imkoniyatlari keng. BMT Rivojlanish 
dasturining har yilgi insonni rivojlantirish to‘g‘risidagi ma’ruzalari va turli 
mamlakatlarning milliy ma’ruzalari huddi shundan dalolat beradi. 
BMT Rivojlanish dasturining 1990 yildagi bunday birinchi ma’ruzasida insonni 
rivojlantirish nazariyasi va uni o‘lchash indikatorlari chuqur ishlab chiqilishi bilan bir 
qatorda urbanizatsiya muammolariga bag‘ishlangan qism ham mavjud edi. Ana shundan 
keyingi ma’ruzalar mavzulari hayotiy extiyojlar, odamlar xavfsizligining turli 



Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling