Page 222 O’zbekistonda inson kapitalining yoshlar hayotida tutgan
Download 0.49 Mb. Pdf ko'rish
|
o-zbekistonda-inson-kapitalining-yoshlar-hayotida-tutgan-o-rni-va-rivojlanish-tendensiyasi
SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 ǀ ISSUE 1 ǀ 2021 ISSN: 2181-1601 Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 226 mezonlari, harbiy xarajatlarni qisqartirish hisobiga ijtimoiy rivojlanish imkoniyatlari, hamkorlikning yangi yo‘nalishlari, qashshoqlik bilan kurash, ish biland bandlikka globallashuvning ta’siri, iste’mol modellari, insonni rivojlantirish bilan barqaror ekologik rivojlanish mezonlari o‘rtasidagi bog‘liqlik kabi ko‘pgina masalalarni qamrab olgan. Shu tariqa ijtimoiy rivojlanishning hozirgi bosqichi insonni fakat ijtimoiy hayotning an’anaviy ma’naviy sohasidagina emas, takror hosil qilish jarayonlarida ham insonga markaziy o‘rinni ajratadi. Bunda inson ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning birlamchi va pirovard maqsadi ekanligi e’tirof etiladi. Ya’ni rivojlantirishning insoniy yoki ijtimoiy mezoni dominanta bo‘lib, moddiy-ashyoviy salohiyat esa bu rivojlanishning sharti deb belgilanmoqda. O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishganidan so‘ng va Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo bo‘lgach, xalqaro hamjamiyatga qo‘shilishidan kelib chiqadigan majburiyatlarni zimmasiga oldi. Mamlakatimiz insonni rivojlantirish konsepsiyasini BMTning boshqa a’zolari ham shunday qilganliklari uchungina emas, balki mazkur konsepsiyaning g‘oyalari va qoidalari o‘zbek xalqining ko‘p asrlik hayotiy maqsadlariga mos ekanligi uchun qabul qildi. XX asrning 90-yillari birinchi yarmida O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha ma’lumotlar ham BMTning Rivojlanish dasturi tomonidan tuzuladigan jahon (global) va mintaqaviy ma’ruzalariga kiritila boshlandi. O‘zbekistonning insonni rivojlantirishi to‘g‘risidagi birinchi ma’ruzasi esa 1995 yilda tayyorlangan edi. Bu bilan mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning u yoki bu ustuvor sohasidagi masalalar xalqaro va milliy ekspertlar tomonidan taxlil qilinishi va baholanishiga, shuningdek bu ko‘rsatkichlarni yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishga asos solindi. O‘zbekistonda insonni rivojlantirish soxasida erishilgan tarraqiyot aniq- ravshandir. Ayniqsa iqtisodiy sohada yuqori natijalarga erishildi. Milliy ma’ruzalarda keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda so‘nggi 10 yillikda aholi jon boshga to‘g‘ri keladigan YAIMning o‘sishi insonni rivojlantirish umumiy indeksi o‘sishidan uch baravar yuqori bo‘ldi. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot 3,5, aholi jon boshiga hisoblaganda esa 2,5 baravar o‘sdi, o‘rtacha ish haqi 14 baravar oshdi. Davlatning ijtimoiy soha va ijtimoiy muhofaza uchun sarf-xarajatlari 5 baravardan ziyodroq ko‘paydi. Har yili davlat byudjetining 50 foizi ijtimoiy sohaga yo‘naltirilmokda. Bugungi kunda aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash darajasi 82,5, tabiiy gaz bilan ta’minlash 83,5 foizga yetdi, sog‘liqni saklash tizimini tubdan isloh qilish va rivojlantirish, o‘ta og‘ir yuqumli kasalliklarga barham berish hamda ularni kamaytirish borasida qat’iy choralar ko‘rildi. Onalar o‘limi darajasi 2 baravardan ko‘proq, bolalar o‘limi 3 baravar kamaydi. Ushbu davrda, ya’ni qariyb 20 yil mobaynida odamlarning o‘rtacha umr ko‘rishi 67 yoshdan 73 yoshga, ayollarning umr ko‘rishi esa 75 yoshgacha |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling