SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 ǀ ISSUE 3 ǀ 2021
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 58
UMUMIY O’RTA TA’LIMDA HIKOYA O’QITISH METODIKASI
Ozoda Odiljon qizi Abdullayeva
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti talabasi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada umumiy o’rta ta’limda hikoya o’qitish
metodikasi va uning
samarali usullari haqida fikr yuritiladi.
Kalit so’zlar: hikoya, adabiy tur, janr, tahlil, sujet, shatli va ijodiy o’qish
EFFECTIVE METHODS OF STORY TEACHING
Ozoda Odiljon qizi Abdullayeva
Student of Chirchik State Pedagogical Institute of
Tashkent region
ABCTRACT
This article discusses the methodology of storytelling in general secondary
education and its effective methods.
Keywords: story, literary genre, genre, analysis, plot, shatli and creative reading
KIRISH
Hikoya kichik hajmli badiiy asar bo’lib, unda kishi hayotidagi ma’lum bir voqea,
hayotning muhim tomonlari umumlashtirib tasvirlanadi. Odatda,
ertakdan hayotiyligi,
haqiqatga yaqinligi bilan farq qiladi. Hikoya mazmunan 5-6- sinf o’quvchilari uchun
xuddi ertak singari mos janrlardan biri hisoblanadi. Bu sinf yoshidagi o’quvchilarni
qahramonlarning turli xarakterlari,
xatti-harakati, tashqi ko’rinishi, xilma-xil voqea-
hodisalar haqidagi hikoyalar qiziqtiradi. Shuning uchun ham o’quvchilarni hikoya bilan
tanishtirishda uning sujetini tushuntirishga ahmiyat qaratish zarur.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Hikoya mazmuni odatda savollar asosida tahlil qilinadi. So’roqlardan ikki
maqsadda: hikoya mazmunini tahlil qilish va dalillar,
mulohazalar, xulosalarni
taqqoslash, voqea-hodisalar, xatti-harakatlar o’rtasidagi bog’lanishlarni
aniqlash va
umumlashtirish uchun foydalaniladi.
Hikoyani o’qitishda uning mazmunini tahlil qilish va shu asosda o’quvchilar
nutqini o’stirish pedagogik asoslardan biri hisoblanadi. Hikoya o’qib bo’lingach,
o’quvchi fikr bildirishiga , uni o’ylab ko’rib tahlil qilishiga va o’z fikr mulohazalarini
bildirishiga vaqt berish lozim. O’quvchining hikoya haqida olgan taassurotlarni bilish
orqali unga hikoya qay darajada ta’sir etganligini, qay
darajada fikrlash doirasi