Pages navigation menu


Download 49 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi49 Kb.
#233999
Bog'liq
xorezmshah


QOMUS.INFO

PAGES NAVIGATION MENU

QOMUS.INFO > X harfi > XORAZMSHOHLAR DAVLATI

Search Articles...

XORAZMSHOHLAR DAVLATI

XORAZMSHOHLAR DAVLATI — qadimgi davrdan 13-a. oʻrtalariga qadar Xorazm hududida hukmronlik qilgan sulolalar (siyovushiylar, afrigʻiylar, maʼmuniylar, oltintoshlar, anushteginiylar). X. d. ni xorazmshohlar boshqargan. Markazi, asosan, Amudaryoning quyi oqimida joylashgan boʻlsa ham, rivojlangan davrlarida, ayniqsa, 13-a. boshlarida shim. da Kaspiy dengizining shim. sohillari, jan. da Hindukush togʻlari, sharqda Qashqargacha yetgan. Arxeologik maʼlumotlar Koʻzaliqir, Kuyqirilgan qalʼa, Tuproщalʼa, Kat qalʼalarini poytaxt shahar boʻlgan deb taxmin qilishga imkon beradi. Yozma manbalar Kat qalʼasini afrigʻiylar sulolasi vakillarining soʻnggi qarorgohi boʻlganligini tasdiqlasa, Gurganj (Koʻhna Urganch) sh. maʼmuniylar, oltintoshlar va anushteginiylar sulolasining poytaxti boʻlgan.

Abu Rayhon Beruniy maʼlumotlariga qaraganda, xorazmshoh unvonini olgan dastlabki sulola siyovushiylar hisoblanadi. Mil. av. 8-a. da shakllangan Qadimgi Xorazm (q. Xorazm) davlatida axomaniylar va undan keyingi afrigʻiylar sulolasi asoschisi Afrigʻgacha (305-y.) bulgan Xorazmshohlar davlati haqida toʻla va aniq maʼlumotlar yoʻq.

Beruniy bu haqda: «Siyovush ibn Kayxusravning Xorazmga kelishidan, Kayxusrav va uning naslining Xorazmda podshohlik kilishlaridan tarix oldilar. Shu vaqgda Kayxusrav Xorazmga koʻchib, turk podshoxlari (ustidan) xukmronligini yurgizgan edi», deb yozgan.

Kayxusrav bilan Afrigʻ davri oraligʻida «xorazmshoh» unvoniga sazovor boʻlgan shoxdardan bizga Kayxusrav (taxm. mil. av. 1200—1140-y.), Saksafar (taxm. mil. av. 519—517-y.), Farasman (taxm. mil. av. 329—320-y.), Xusrav (taxm. mil. av. 320-y.) nomlari maʼlum. Bu davrlarga oid arxeologik manbalar Xorazmshohlar davlatida sunʼiy sugʻorishga asoslangan dehqonchilik, savdosotiq ancha rivojlanganidan darak beradi. 1938—40, 1954—56 va 1965—75 y. lardagi arxeologiketnografik ekspeditsiyalar natijasida oʻrganilgan yodgorliklardan topilgan moddiymadaniy topilmalar Xorazmda ilmfan, sanʼat, haykaltaroshlik yuksak darajada rivojlanganidan darak beradi. Bu yodgorliklarning yuqori qatlamlari va hozirgacha saklanib qolgan qismlarining koʻpchiligi, asosan, afrigʻiylar sulolasi davrida qurilgan.

3-a. da Xorazm hududida iqtisodiysiyosiy jihatdan mustaqil boʻlib olgan bir nechta hokimliklar vujudga kelgan. Tuproqqalʼa saroyi zallarining birida boshiga toj kiygan va qoʻliga burgut ushlagan podsho haykalining topilishi, shuningdek, Anqaqalʼa yaqinida ham boshida toj, qoʻlida burgut ushlagan kishi rasmi solingan tanganing topilishi va shu joyda zarb qilinganligi mahalliy sulola hokimiyati oʻrnatilganligidan guvohlik beradi. Topilgan tangalarda lotin alifbosidagi «S» harfiga oʻxshash siyovushiylar tamgʻasining borligi, bu sulola siyovushiylar avlodidan boʻlishi mumkinligini koʻrsatadi. Mil. 3-a. oʻrtalarida Kushon podsholigidagina emas, balki butun Oʻrta Sharqsa katta siyosiy oʻzgarishlar roʻy beradi. Kushonlar sulolasi bilan bir vaqtda arshakiylarning hukmronligi yemiriladi. Xorazmda kushonlar bilan kurash va ichki siyosiy larzalar qudratli mahalliy sulolani vujudga keltiradi. Bu sulola oʻz tangalarini zarb qiladi va shaharlarda oʻzlariga saroylar quradi. Shunday qilib, 3-a. da Xorazmda kushonlar bilan kurashda gʻolib chiqqan siyosiy guruh — afrigʻiylar sulolasiga asos solinadi.

Xorazm eftaliylar (5-a. ning 2-yarmi — 6-a. ning oʻrtalari) davrida ham, turklar (6-a. ning 2 yarmi — 7-a. ning 1-yarmi) davrida ham oʻzining siyosiy mustaqilligini saqlab qoldi.

Vizantiyalik tarixchi Menandr, Xorazm 6-a. ning 60-y. larida Vizantiya va turklar bilan diplomatik aloqalar olib borganligi toʻgʻrisida toʻliq boʻlmagan maʼlumot beradi.

Arab manbalarida Xorazmning arab lashkarboshilari Salim ibn Ziyod va Umayya ibn Abdulloh tomonidan ikki marta boʻysundirilganligi toʻgʻrisida gapiriladi. Aslini olganda bu yerlarga ham Movarounnaxr shaharlariga nisbatan qilinganidek, talontoroj yurishlari uyushtirilib turilgan. Faqat 8-a. boshidagina Xuroson noibi Qutayba ibn Muslim boshchiligidagi qoʻshinlar Xorazmni uzilkesil bosib oldilar. Qutayba xorazmliklarning tarixiy adabiyoti va madaniy merosini yaratgan va saqlab kelgan olimlarni qirib yuboradi va quvgʻin qiladi. Shuning uchun ham, arablargacha boʻlgan Xorazmshohlar davlati tarixiga oid yetarli yozma manbalar uchramaydi.

Arablarning shafqatsiz zulmi va quvgʻiniga uchragan xorazmshohning ukasi Xurzod tarafdorlaridan bir guruhi Bulon boshchiligida 712-y. dan 730-y. gacha Xazar xotsonligi hududlariga koʻchib, mustahkam oʻrnashib, bu yerda ular armiya, davlatni boshqarish ishlarini oʻz qoʻllariga oldilar. Ular harbiy mavqelarini mustahkamlab, Kavkazda arablar egallagan yerlarga xavf sola boshlaydilar.

Bu davrda Urganch voliysi va Xorazmshohlar davlati xalifalikka toʻgʻridantoʻgʻri boʻysunib, har qaysisi alohidaalohida xiroj toʻlab turishgan. Xorazmshohlar davlati hukmdorlari oʻz mavqelarini mustahkamlash uchun bir qancha tadbirlarni amalga oshirishgan. 751-y. xorazmshoh Shaushfirning elchilari Xitoyga kelganligi haqida maʼlumotlar sakdanib qolgan.

Kuchli larzalardan tushkunlikka uchragan Xorazmshohlar davlati 9—10-a. larda Arab xalifaligining yemirilishi tufayli ketmaket Oʻrta Osiyo va Sharqiy Eronda paydo boʻlgan yirik mustaqil davlatlar tohiriylar, safforiylar va somoniylar qoʻl ostida boʻlgan.

Tarixiy va arxeologik maʼlumotlarga qaraganda 10-a. oxirlarida Xorazm iqtisodiy jihatdan juda tez rivojlana boshlaydi. Bunga shaharlarning oʻsishi dalil boʻla oladi. Agar, Tabariy 712-y. da Xorazmda uchta shahar boʻlganligini koʻrsatib oʻtsa, Istaxriy 10-a. boshlarida Xorazmda shaharlar soni oʻntaga yetganligini koʻrsatadi. 985-y. larda esa, Makdisiyning yozishicha, Xorazmdagi shaharlarning soni oʻttiz ikkitaga yetgan. Arxeologik qazilma vaqtida topilgan kulolchilik mahsulotlari bu shaharlarda hunarmandchilik tez rivojlanganligidan darak beradi. Arab manbalariga qaraganda, 10 — 11-a. larda Xorazm yirik savdo markaziga aylangan. Xorazm savdogarlari, hoz. Qozogʻiston va Turkmaniston oʻrnidagi dashtlarda yashovchi aholi bilan Volga boʻyidagi Xazariya va Bulgʻor podsholigi hamda Sharqiy Yevropadagi slavyan olami bilan keng koʻlamda savdo ayirboshlash ishlarini olib borgan. Sharqiy Yevropa savdoning oʻsishi natijasida X. d. ning shim. gʻarb tomonidan eng chekka istehkomi boʻlgan Urganch Xorazmda bu savdoning birinchi ahamiyatga ega boʻlgan markaziga aylangan. «Hudud ulolam» muallifining taʼrificha, «Gurganj» qad. zamonda Xorazm mulklari jumlasiga kirgan shahar boʻlib, endilikda uning alohida podshosi bor. Shahar podshosini «Gurganj miri» deb ataydilar. Uning alohida boʻlib ajralib chiqishini — mamlakatning iqtisodiy jihatdan gurillab oʻsishi, Volga boʻyi bilan boʻlgan savdo aloqalarining rivojlanishi hamda siyosiy tarixiy sharoit bilan bogʻlangan holda tushunish mumkin.

10-a. ga oid yozma manbalarda qayd qilinishicha, xorazmliklar qoʻshnilari oʻgʻuzlar &n muvaffaqiyatli jang qilib turgan. Xorazmliklar Xazar xoqonligida muhim rol oʻynaganlar, xoqon qoʻshinlaridagi asosiy qism ulardan iborat boʻlgan. 992-y. somoniy Nuh ibn Nasr oʻz poytaxti Buxorodan mahrum boʻlib, Amul (Chorjoʻy) ga qochadi va shu yerdan turib istilochilarga qarshi kurashni uyushtirmoqchi boʻladi. Xorazmning ikkala hokimi unga yordamga keladi. Nuh ularning koʻrsatgan yordami uchun Xurosondagi ikkita yirik mulkini taqdim qiladi: xorazmshoh Abu Abdulloh Muhammadga Obivardni, Urganch amiri Maʼmun ibn Muhammadga Niso sh. ini beradi. V. V. Bartold koʻrsatib oʻtganidek, Nuh Xurosonning itoatsiz hokimi Abu Aliga qarama qarshi shunday ish qilgan edi. Shunisi qiziqki, Abu Ali Nisoni hech qanday qarshiliksiz Maʼmunga topshiradi, lekin Abu Abdulloh yuborgan vakillarni Obivardga kiritishdan bosh tortadi. Gardiziynint hikoya qilishicha, isyonkor Abu Ali 995-y. bahorida Nuhning vassali va lashkarboshisi sifatida harakat qilgan Sabukteginning lashkarlaridan yengilgach, dastlab Rayga qochadi, soʻngra Nishopurga qaytishga harakat qiladi. Sabukteginning oʻgʻli Mahmudning qoʻliga tushadi va uncha katta boʻlmagan guruh bilan Xorazmga Maʼmunning panohiga qochadi. Lekin uni xorazmshohning askarlari ushlab oladilar va Katga keltiradilar. Bu voqea ikki Xorazm davlati oʻrtasidagi kurashning uzilkesil barham topishiga bahona boʻladi. Maʼmunning qoʻshini Katni ishgʻol qilgan va ozod qilingan Abu Alini, Maʼmun Urganchda tantana bilan kutib olgan. Asir olingan soʻnggi afrigʻiy ham shu yerga keltirilgan.

Xorazmshohdar davlati: Xorazm davlatining oʻrta asr yodgorliklari. 1. Qavat qalʼa saroyi ichki devorlarining alebasterdan ishlangan bezaklari. 2. Qavat qalʼa saroyining naqshinkor eshigidagi bezak. 3. Qavat qalʼa va vohaning boshqa yodgorliklaridan topilgan tosh va sopol qozon parchalari. 4. Tegirmontosh parchalari (Qavat qalʼa). 5. Metalddan ishlangan bezaklar (Zmushxir). 6. Sopol idishlar (Norinjon). 7. Sirlangan sopol buyumlar (Zmuxshir).

Maʼmun oʻzining azaliy dushmanini qatl qilishga buyuradi. Xorazmning ikkala qismini oʻz hokimiyati ostida birlashtirib, xorazmshoh unvonini oladi.

Shu tariqa 995-y. da afrigʻiylar sulolasi barham topib, maʼmuniylar sulolasi hukmronligi boshlanadi. TTTu davrdan boshlab Gurganj (Koʻhna Urganch) Xorazmshohlar davlatining poytaxti boʻlib kelgan. Maʼmuniylar sulolasida 3 ta shoh davlat hokimiyatini boshqargan: Maʼmun ibn Muhammad (995—997), Ali ibn Maʼmun (997—999), Maʼmun ibn Maʼmun (999—1017). 10-a. oxiri — 11-a. boshlarida Oʻrta Osiyodagi ogʻir siyosiy vaziyatga qaramasdan qisqa vaqt hukmronlik qilgan maʼmuniylar sulolasi X. d. ni ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va madaniy jihatdan rivojlantirdi.

Maʼmuriy jihatdan bu davlat viloyatlarga, viloyatlar esa, shahar va qishloklarga ajratilib boshqarilgan. Ular davrida Xorazmda davlat boshkaruvining ancha takomillashgan tizimi vujudga keldi. Xorazmshoh davlatning oliy hukmdori, hokimi mutlaq hisoblangan. Gurganjda shoh saroyi qoshida markaziy boshqarma — devonxona tashkil etilib, uning tarkibida ziroat, savdotijorat, moliya, soliq ishlari, shahar va qishloqlarda osoyishtalikni saqlash, harbiy ishlar va boshqa davlat ahamiyatiga ega vazifalar bilan shugʻullanadigan mahkamalar boʻlgan. Saroyning eng yuqoriʻlavozimlaridan biri vazirlik lavozimi boʻlib, u xoʻjayibuzruk (bosh xoʻja) unvoniga ega boʻlgan. U devonxona ishlariga javob bergan, katta safar paytida podsho nomidan davlatni idora qilgan. Maʼmuniylar davrida Xorazmshohlar davlatida ilmfan, madaniyat ravnaq topib, Xorazm Maʼmun akademiyasi tashkil qilindi. Unda xizmat kilgan buyuk qomusiy olimlar, allomalar oʻzlarining ajoyib kashfiyotlari va asarlari bilan Xorazmshohlar davlatining mavqeini oʻz davri va keyingi davrlar uchun yuksak darajaga koʻtardilar. Biroq bu madaniy yuksalish uzoq davom etmadi. 1017-y. da Xorazm Mahmud Gʻaznaviy tomonidan zabt etidsi. Shu bilan maʼmuniylar sulolasiga chek qoʻyildi. Mahmud Gʻaznaviy oʻz sarkardalaridan biri Oltintoshni xorazmshoh lavozimiga tayinlaydi. Oltintoshlar sulolasidan ham 3 ta xorazmshoh hukmronlik qilgan.

Markaziy Osiyoda paydo boʻlgan Saljuq turklari bilan gʻaznaviylar oʻrtasida nizo chiqib, 1040-y. da Dandanakon sh. yonida ular oʻrtasida qattiq janglar boʻlib, Saljuq turklari gʻolib chiqadilar. Ular gʻaznaviylar mulkini qoʻlga kiritib, Xorazmni ham qaram qiladilar. Oltintoshlar sulolasining soʻngti vakillari saljuqiylar qoʻlida turli lavozimlarda xizmat qilganlar, lekin ularga xorazmshoh unvoni berilmagan.

Xorazmni 1040-y. dan Saljuq sultonlari tomonidan tayinlangan hokimlar boshqargan. Ana shunday turk hokimlaridan biri anushteginiylar sulolasi asoschisi Anushtegin Garchoi (1077—97) edi. 1097-y. da Anushtegin vafotidan keyin Xuroson noibi Dodbek Habashiy uning oʻgʻli Qutbiddin Muhammad (1097—1127)ni Xorazm noibi qilib tayinlab, unga xorazmshoh unvonini beradi. Qutbiddin Muhammadning adolatli va sadoqatli xizmati evaziga Sulton Sanjar (111857) uning oʻgʻli Otsiz (112756)ni Xorazm taxtiga tayinlaydi. Dastlab, Sulton Sanjarga sadoqat bilan xizmat qilgan Otsiz 1130-y. lar oxirlarida Movarounnahrdagi siyosiy vaziyatdan foydalanib, mustaqil Xorazmshohlar davlatini tuzishga harakat qilib, uning bilan tinimsiz urush olib boradi. Otsiz vafotidan keyin taxtga oʻtirgan El Arslon (1156—72) mahalliy hokimlar va qoraxitoylarga qarshi kurash olib bordi. Uning vorislari Sultonshoh Muhammad (1172) va Alouddin Takash (1172—1200) hokimiyat uchun 1193-y. ga qadar oʻzaro kurash olib bordilar. Takash oʻz vorisi Muhammad Xorazmshohga (1200—20) markazlashgan mustahkam davlat va tashkiliy jihatdan qudratli qoʻshinni meros qoldirgan boʻlsa, uning oʻz soʻzlari bilan aytganda, oʻgʻli Jaloliddin Manguberdi (1220—31)ga parokanda saltanatni meros qilib qoldirdi. 1231-y. da Jaloliddin Manguberdi vafoti bilan xorazmshoh unvoni hamda saltanatni boshqargan sulolalar ham yakun topadi. Sulton Shohruxning Xorazmdagi noibi amir Shohmalik (1413—26) umrining oxirigacha Xorazmshoh unvonini oʻzida saqlagan.

Shuningdek, uning oʻgʻli Nasriddin Sulton Ibrohimga ham meros tariqasida xorazmshoh unvoni oʻtgan. U Abulxayrxon tomonidan Xorazmdan quvilganiga qadar xorazmshoh deb atalgan. Bundan keyingi Xorazm hukmdorlaridan hech biri bu unvonga ega boʻlmagan.

12—13-a. boshlari Xorazm davlatchiligining rivojlanishida muhim bosqich boʻldi. Bu davrda Xorazmda anushteginiylar sulolasidan chiqqan hukmdorlar Otsiz, Takash va Sulton Muhammad Xorazmshohlar mamlakatni boshqarishning yanada mukammal tizimi, tartiboti va uslublarini yaratganlar. Saltanatning eng oliy lavozimi vazirlik boʻlib, ular Sadr, Xoʻjayibuzruk va Nizomulmulk (mulkning tayanchi) unvonlari bilan yuritilgan. Vazir faqat oliy hukmdor oldida xisobdor boʻlgan. Saltanatning barcha amaldorlari va harbiy boshliqlar ham vazirga itoat qilganlar, uning oldida hisobdor boʻlganlar.

Sulton Muhammad Xorazmshoh oʻz podsholigining soʻnggida saroyda yana bir oliy mahkama, yaʼni vakillar Kengashi nomi bilan yuritilgan davlat Kengashi taʼsis etadi. Kengash ishida oliy hukmdordan boshqa yana tajribali, bilimli 6 ta vakil ishtirok etadi. Davlat kengashida eng dolzarb masalalar muhokama etilib, qarorlar koʻpchilik ovoz bilan qabul qilingan.

Xorazmshohlar davlatida ulugʻ hojib, amir oxur, amir shikor, mutasarrif, toshtdor, qissador, davlatdor, farrosh, amir ulalam kabi yuqori lavozimlar ham boʻlgan.

Xorazmshohlar davlatida davlat hokimiyati markazlashgan va takomillashgan boshqaruv tizimiga ega boʻlgan. Mahalliy va markaziy hokimiyatning keng vakolatli mahkamalari yordamida mamlakat idora qilingan. Davlatning mahalliy hokimiyat organlari markaziy hokimiyatning kuchli nazorati ostida boʻlgan.

Katta hududda markazlashgan yirik siyosiy birlikning vujudga kelishi tufayli davlatning siyosiy mavqei ortdi, unda hunarmandchilik va savdosotiq rivojlandi, shaharlar yuksaldi. Xoʻjalikning turli sohalaridagi oʻsish umumiy iqtisodiy va madaniy taraqqiyot uchun omil boʻldi. Poytaxt Gurganj yirik siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazga aylandi. Shaharlar rivoji uchun savdo, ayniqsa, xalqaro savdo muhim oʻrin tutgan. Xorazm davlatining savdo karvonlari nafaqat oʻz hududi boʻylabgina emas, balki undan tashqariga, jan. da Hindistonga, gʻarbda Arabiston va Yevropaga qatnagan.

Xorazmshohlar davlati tarkibiga kiritilgan xududlardagi bir qancha shaharlarda ilmmaʼrifat, madaniyat yuksaldi. Movarounnaxr, Xuroson, Fors, Ozarbayjon va Iroq oʻlkalari oʻrtasida madaniy aloqalar kuchaydi. Ushbu davrning taniqli olimlari jumlasiga Rashididdin Votvot, Ismoil Isfahoniy, Toqir Faryobiy, Abulfayz Axsikatiy, Sayfuddin Buxoriy, Abulmajid Jandiy, Ali Hijoziy, Ismoil Jurjoniy, Ali Xorazmiy, Abulhasan Xorazmiy, Najib Bakron, Maxmud alChagʻminiy, Fariduddin Attor, shayx Najmiddin Kubro, Muhammad Axsikatiy, Abdulloh arRoziy, Mahmud Samarqandiy, Masʼud Xoʻjandiy, Mahmud Zamaxshariy, Abdulkarim asSamʼoniy va b. ni kiritish mumkin. Ularning ijodiga nazar tashlar ekanmiz, oʻsha davrda ilmfan ham tabiiy, ham ijtimoiy sohalar boʻyicha rivojlanganini koʻramiz.

Xorazmda hukmronlik qilgan sulolalar davri tarixi Oʻrta Osiyo xalqlari davlatchiligi va madaniyati tarixining ajralmas qismi hisoblanadi.

Ad.: Tolstov S. P., Xorazm madaniyatini izlab, M., 1948; Gʻulomov Ya., Xorazmning sugʻorish tarixi, T., 1959; Abu Rayhon Beruniy, Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar, 1j., T., 1968; Shahobiddin Muhammad anNasaviy, Sulton Jaloliddin Manguberdi hayoti tafsiloti, T., 1999; Oydin Tonariy, Jaloliddin Xorazmshoh va uning davri, T., 1999; Buniyodov 3., Anushtagin Xorazmshohlar davlati, T., 1998.

Neʼmat Polvonov.

Telegram


Facebook

Twitter


Odnoklassniki

VK

Email



Share

PROMOTED CONTENTSteepto

10 причин посетить Киото этой осенью

Brainberries.Co

12 лет в коме: больной ошарашил рассказом, как живут мертвые

Lentainform.Com

8 дочерей советских актрис, которые унаследовали их красоту

Brainberries.Co

Пост Навигацияси

Previous Post

XORAZM TEATRI

Next Post

XORVAT TILI

Search


Search

ЎзбекчаЎзбекча

A harfi

B harfi


V harfi

G harfi


G' harfi

D harfi


Y harfi

J harfi


Z harfi

I harfi


K harfi

Q harfi


L harfi

N harfi


M harfi

O harfi


P harfi

R harfi


S harfi

T harfi


Sh harfi

E harfi


Ch harfi

H harfi


X harfi

F harfi


O' harfi

U harfi


Биз билан Алоқа

Агар сизда таклифлар бўлса ёки мақолаларда ҳатолик бўлса биз билан боғланинг.

Мақолалар

Сайтга жойлаштирилган мақолаларда ноаниқлик ва ҳатоликлар топсангиз албатта бизга ҳабар беринг.

Маълумот қидируви

Ўшбу сайтда 40 мингга яқин ҳар ҳил мавзудаги мақолалар тўпланган.



Search

Сайт Статистикаси



Elite Theme powered by WordPress
Download 49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling