Magistratura bo„limi “Fizika” yo„nalishi 1-bosqich magistranti Ergasheva Gulnozaning Fizikaning zamonaviy tadqiqot usullari fanidan
Download 48.03 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqErgasheva Gulnoza tadqiqot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elektr razryadi
O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA‟LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI FARG„ONA DAVLAT UNVERSITETI MAGISTRATURA BO„LIMI “Fizika” yo„nalishi 1-bosqich magistranti Ergasheva Gulnozaning Fizikaning zamonaviy tadqiqot usullari fanidan Qabul qildi: __________________ Farg„ona-2023 Elektr razryadi - elektrlangan jismlarning tashqi taʼsir natijasida zaryadigsh yoʻqotishi. Akkumulyatorlar va boshqalar kimyoviy elektr manbalarida, kondensatorlarda turli ishorali zaryadlar bilan zaryadlangan oʻtkazgichlar oʻzaro taʼsirlashganda sodir boʻladi. Elektr razryadi gaz, vakuum va dielektriklarda ham roʻy beradi. Gazdan tok oʻtishi gaz razryadi deb ataladi. Gaz razryadning mustaqil va nomustaqil turlari mavjud. Gazning oʻtkazuvchanligi ionizatorga bogʻliq boʻlsa, nomustaqil, tashqi taʼsirsiz gazdan tok oʻtsa, mustaqil razryad boʻladi. Gazlarning xossa va holatlariga, elektrodlarning materiali, shakli, oʻlchamlari va oʻzaro joylashishiga, elektrodlardagi kuchlanish kattaligiga bogʻliq ravishda mustaqil razryadning miltillama razryad, yoy razryad, toj razryad, uchqun razryad, yashin kabi turlari kuzatiladi. Miltillama razryad gazda past bosimlarda kuzatiladi. Bunda elektrodlar orasidagi masofa 30—50 sm, elektrodlardagi kuchlanish oʻzgarmas va bir necha yuz voltga teng boʻladi. Nurlanishning rangi nay ichiga toʻldirilgan gaz turiga bogʻliq. Bu xildagi razryad kunduzgi yorugʻlik lampalarida, gaz razryadli naylar dekoratsiya maqsadlarida yoki reklama yozuvlarida ishlatiladi. Yuqori chastotali oʻzgaruvchan elektr maydon taʼsirida yuqori chastotali gaz razryad paydo boʻladi. Yuqori chastotali razryaddan spektroskopiyada yorugʻlik manbai sifatida, texnikada tok yoʻnalishini oʻzgartirish, oʻzgaruvchan tokni oʻzgarmas tokka aylantirish bilan bogʻliq boʻlgan ishlar va boshqalarda foydalaniladi. Toj razryad bir jinsli boʻlmagan elektr maydonipa boʻlgan gazda elektrodlar oʻtkir qismlarining yaqinida binafsha rangdagi nurlanish tarzida paydo boʻladi (rasm). Toj razryad yuqori kuchlanishli simlar yaqinida, daraxtlarning oʻtkir uchlari va boshqalarda hosil boʻladi. Yashin qaytargichlarning ishi toj razryadga asoslangan. Atmosferada momoqaldiroq boʻlgan vaqtda hosil boʻladigan kuchli elektr maydon yashin qaytargichning uchida toj razryadni vujudga keltiradi. Bu razryad zaryadlarning bino oldida toʻplanishiga yoʻl qoʻymay, ularni yerga oʻtkazib turadi va binoga yashin tushishidan saqlaydi. Uchqun razryad normal yoki yuqori bosim sharoitida elektrodlar orasidagi elektr maydon kuchlanganligi juda katta boʻlganda(3000000N/C) havoda vujudga keladi. Uchqun razryaddan uchqun razryadlagichlarda, ichki yonuv dvigatelida yonilgʻi aralashmasini oʻt oldirishda, metall sirtini erroziyadan tozalash, metallarda teshik hosil qilish uchun va boshqalar maqsadlarda foydalaniladi. Download 48.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling