Magistratura bo„limi “Fizika” yo„nalishi 1-bosqich magistranti Ergasheva Gulnozaning Fizikaning zamonaviy tadqiqot usullari fanidan


Download 48.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana19.06.2023
Hajmi48.03 Kb.
#1619034
1   2
Bog'liq
Ergasheva Gulnoza tadqiqot

Gaz razryadi — tashki elektr maydon taʼsirida gaz yoki gazlar 
aralashmasidan elektr tokining oʻtish jarayoni. Mustaqil va nomustaqil xillarga 
boʻlinadi. Gaz yoki gaz aralashmalarida tashki ionlashtiruvchiga bogʻliq 
boʻlmagan razryad mustaqil G.r. deyiladi. Gaz yoki gaz aralashmasida tashki 
ionlashtiruvchi taʼsirida sodir boʻladiganrazryadganomustaqil G. r. deyiladi. Toj 
razryad, uchkunli razryad, miltillama razryad va yey razryadi mustaqil G. r. 
jumlasiga kiradi. Elektr yoy razryadi Chog'langan katodda yoki elektrodlar orasida 
kuchlanish yuqori bo'lmaganda (60V atrofida) sodir bo'ladigan razryad Uchuqunli 
razyrad Deb teshib o'tadigan quyun hosil bo'lishi uchun yetarli bo'lgan yuqori 
kuchlanishda sodir bo'ladigan gazdagi uzlukli razryadga aytiladi. 
Mustaqil va mustaqil bo’lmagan gaz zaryadlari. Mustaqil gaz zaryadlarining 
turlari va ularning qo’llanilishi 
Gaz razryadlari. Uncha yuqori bo`lmagan temperaturalarda gaz elektr tokini 
o`tkazmaydi. U o`tkazuvchan bo`lishi uchun molekulalarining biror qismi bo`linib, 
ionlar va erkin elektronlarga ajralishi kerak. Buning uchun esa gazga biror 
ionlashtiruvchi ta’sir ko`rsatilmog`i zarur. Ionizator ta’sirida atom yoki 
molekulalarning elektron qobig`idan bir yoki bir nechta elektronlarning uzilib 
chiqishi ro`y beradi. Bu esa gazda erkin elektronlar va musbat ionlar vujudga 
kelishiga olib keladi. Elektronlar ham o`z navbatida neytral atomlar yoki 
molekulalar bilan birikib manfiy zaryadlangan ionlarni vujudga keltiradi. Demak 
ionlashgan gazda erkin elektronlar, musbat va manfiy ionlar mavjud bo`ladi. 
Gazdan elektr tokining o`tishiga gaz razryadi deyiladi. 
Rekombinatsiya Gazda ionlashish jarayoni bilan birga, rekombinatsiya-
ionlarning neytral atomlar yoki molekulalarga aylanish jarayoni ham ro`y beradi. 
Agar tashqi ionizatorning ta’siri to`xtasa gazning o`tkazuvchanligi yomonlasha 
boradi. Ionizatorning quvvati o`zgarmaydigan bo`lsa, ionlashish va rekombinatsiya 
jarayonlari o`rtasida dinamik muvozanat vaziyati vujudga keladi. Bunda ionlashish 


natijasida vujudga keladigan zaryadlangan zarralar juftining o`rtacha soni, 
rekombinatsiya natijasida yo’qoladiganlarining o`rtacha soniga teng bo`ladi. 
Nomustaqil razryad. Gazda tokning tashqi ionlashtiruvchi ta’sirida vujudga 
kelishiga nomustaqil gaz razryadi deyiladi. Bu jarayonni batafsilroq o`rganaylik. 
Aytaylik kondensator qoplamalari orasidagi bo`shliqqa ultrabinafsha nurlar ta’sir 
etayotgan bo`lsin Kondensator qoplamalari orasida ionlashuv jarayoni ro`y berib, 
qarama-qarshi zaryadlangan zarralar vujudga keladi. Agar kondensator 
qoplamalari orasidagi kuchlanish nolga teng bo`lsa, tok ham nolga teng bo`ladi, 
chunki hosil bo`lgan zaryad tashuvchilar betartib harakatda bo`ladi. Kondensator 
qoplamalari orasidagi kuchlanish orttirilgan sari ko`proq ionlar va elektronlar 
yo`naltirilgan harakatga keladi. Ular kondensator qoplamalariga etishishadi va tok 
kuchi ortib boradi. Kuchlanish qiymatiga erishganda hosil bo`lgan zaryadlarning 
barchasi qoplamalarga etib boradi va tok shu ionlashish darajasi uchun o`zining 
eng katta qiymatiga erishadi. 
K uchlanishning qiymatgacha ortishi tok kuchini o`zgartira olmaydi. Agar 
ionlashtiruvchining ta’siri to`xtatilsa, ionlarni vujudga keltiruvchi boshqa manba 
bo`lmaganligi uchun razryad ham to`xtaydi. Shuning uchun ham bunday razryadga 
nomustaqil razryad deyiladi. 
2. Kuchlanishning yanada oshirilishida tok kuchi keskin ortadi. Tashqi 
ionizator olinganida ham razryad davom etadi. Demak endi, gazning elektr 
o`tkazuvchanligini ta’minlash uchun zarur bo`lgan ionlarni razryadning o`zi 
vujudga keltiradi. Tashqi ionizatorning ta’siri tugagandan keyin ham davom 
etadigan razryadga mustaqil gaz razryadi deyiladi. 
Mustaqil gaz razryadi vujudga keladigan kuchlanishga gaz razryadini yokish 
kuchlanishi yoki teshish kuchlanishi deyiladi. 
Mustaqil 
gaz 
razryadi, 
elektr 
maydoni 
tomonidan 
tezlashtirilgan 
elektronlarning urilish ionlashtirishi natijasida vujudga keladi. Elektronlar maydon 


ta’sirida tezlanuvchan harakat qiladi va elektr maydoni kuchlarining ishi hisobiga 
kinetik energiyasi ortadi. 
Uchinchi to`qnashuvdan so`ng elektronlar soni sakkista, to`rtinchisidan keyin 
– o`n oltita va hokazo davom etadi. Natijada elektronlar va ionlar oqimi hosil 
bo`ladi. Mustaqil razryad hosil bo`lishi uchun elektronlar va ionlar oqimining hosil 
bo`lishi zarur bo`lsada, lekin etarli emas. Tashqi ionlashtiruvchi uchirilgandan 
keyin ham anodga ketuvchi elektronlarning o`rniga yangilarini hosil qilish kerak 
bo`ladi. Bu elektronlar maydon ta’sirida katod tomonga harakat qiladigan musbat 
ionlar va fotonlar tomonidan katoddan urib chiqariladi. Katod sirtidan elektronlarni 
urib chiqarish hodisasiga ikkilamchii elektron emissiya deyiladi. Urib 
chiqariladigan elektronlarning soni ionning energiyasi va katod materialiga bog’liq 
bo`ladi. 
Toj razryad. Agar atmosfera bosimida birining uchi uchli, birisiniki yassi 
bo`lgan elektrodlar yordamida bir jinslimas elektr maydoni hosil qilinsa, har 
birining oldida elektr maydonining kuchlanganligi turlicha bo`ladi. Uchli joyda 
zaryad zichligi juda katta va shuning uchun ham kuchlanish ortganda bu yerdagi 
kuchlanish yassi elektroddagiga nisbatan oldinroq qiymatga erishadi. Uchli 
elektrod oldidagi kuchlanganlik 30 ga etganda gazning teshilishi ro`y berib, 
elektrod atrofida tojga o`xshash chaqnash hosil bo`ladi. Shuning uchun ham unga 
tojli razryad deyiladi. 
Tabiatda tojli razryad, atmosfera elektr maydoni ta’sirida daraxtlarning, kema 
machtalarining uchlarida va boshqa uchli narsalarning oldida hosil bo`lishi 
mumkin. Shuningdek uni yuqori kuchlanishli elektr energiya uzatuvchi simlar 
oldida ham kuzatish mumkin. Texnikada tojli razryad sanoatda ishlatiladigan, 
gazlarni qattiq va suyuq aralashmalardan tozalash uchun foydalaniladigan 
elektrfiltrlarida foydalaniladi. 
Uchqun razryad.Kuchlanish ortishi bilan tojning o`rniga yanada kuchliroq 
elektron oqimlari hosil bo`ladi, nurlanayotgan shoxchalar paydo bo`lib tojli 
razryad shoqilali razryadga o`tadi. Agar kuchlanish yanada orttirilsa, shoqilaning 


shoxchalari o`sib yanada uzunlashadi va ulardan birortasi ikkinchi elektrodga 
etganida oraliqdagi gaz teshilib uchqun hosil bo`ladi. Uchqun razryad uzilish 
xarakteriga ega, chunki gazning teshilishidan keyin elektrodlardagi kuchlanish 
keskin kamayadi, ya’ni elektrodlar o`rtasidagi oraliqda qiska tutashuv ro`y beradi. 
Uchqunli razryad yo’qoladi, kuchlanish yanada ortadi va teshilish jarayoni 
takrorlanadi. 
Biz tabiatda ko`zatadigan chaqmoq tabiiy ulkan elektr uchqunidir. Ma’lumki 
Yerning sirtida elektr maydoni bo`lib, momaqaldiroqdan oldin u juda kuchayadi. 
Bunga sabab bulutlardagi elektr zaryadlaridir. Odatda bulutning pastgi, Erga 
qaragan qismida manfiy, yuqori qismida esa musbat zaryadlar bo`ladi. Chaqmoq 
yoki bulutlar orasida, yoki bulut va Er orasida hosil bo`ladi. Chaqmoqning ba’zi 
razryadlari mikrosekundlar davomida ro`y berib, tok kuchi 500 000 A etadi. 
Chaqmoq bo`lishidan oldingi kuchlanish V gacha bo`lishi mumkin. Chaqmoqda 
havoning kuchli qizishi ro`y berib kuchli tovush to`lqini momoqaldiroq vujudga 
keladi. 
Turli binolarni chaqmoqdan himoya qilish uchun chaqmoq qaytargichlar 
qo`yiladi. Ular uchli metall langarlardan iborat bo`lib, himoya qilinadigan binodan 
balandroq o`rnatiladi va erga ulanadi. Uning ish prinsipi zaryadni tayoq uchidan 
erga o`tib ketishiga asoslangan.
Elektr yoyi.Agar zanjirda kuchli tok manbai mavjud bo`lsa, uchqunni elektr 
yoyiga aylantirish mumkin. Elektr yoyi birinchi bo`lib rus fizigi V.Petrov 
tomonidan 1802 yilda hosil qilingan. U ikkita ko`mir parchasini olib galvanik 
elementlarning kuchli batareyasiga birlashtirgan va oldin ularni bir-birlariga 
tegdirib so`ngra ajrata boshlagan. Ideal bog’lanish bo`lmaganligi uchun ko`mir 
bo`laklarining bir-birilariga tegib turgan joylarida katta qarshilik vujudga kelgan. 
Tok o`tganda ko`mir ulangan sim uchlarining qizishi ko`zatilsada, issiqlik 
o`tkazuvchanligi katta bo`lmaganligi uchun ko`mir bo`lakchalari qizimagan. 
Ko`mir bo`lakchalari ajratilganda, qizigan katoddan termoelektron emissiya 
natijasida gaz oralig`ining issiqlik ionlashuvi ro`y bergan. Yoyning eng qizigan 


joyi, elektronlarning uzilishi natijasida musbat elektrodda hosil bo`lgan chuqurcha 
– yoyning og`zidir. Normal atmosfera bosimida yoy og`zidagi temperatura 
temperatura gacha ko`tarilishi mumkin. Yoy razryadi vujudga kelishi uchun, gaz 
ionlashuvining asosiy sababchisi termoelektron emissiya, ya’ni elektronlarning 
kuchli qizigan jismlardan chiqishidir. YOy razryadi metallarni payvandlash va 
kesishda , kuchli yorug`lik manbai sifatida projektor, proektsion va 
kinoapparatlarda foylaniladi. 
Y olqin razryad. Agar shisha naydan havo surib olinib unda o`rnatilgan 
elektrodlarga bir necha yuz volt o`zgarmas kuchlanish berilsa gaz razryadi vujudga 
keladi. Bu razryadga yolqin razryad deyiladi Gaz siyraklashganda qo`shni atomlar 
orasidagi masofa ortib boradi va natijada elektronning erkin yugurish yo`lining 
uzunligi ham ortadi. Natijada garchi elektrodlar orasidagi kuchlanish kichik 
bo`lsada, elektronlar to`qnashib ionlashtirish uchun etarli energiya to`plashi 
mumkin. 
Agar kuchlanishni o`zgartirmay saqlab, naydagi bosimni asta-sekin 
o`zgartirib borsak oldin shoqilali razryad, keyin esa elektrodlarni to`tashtiruvchi 
ingichka yorug` egri-bugri kanal paydo bo`ladi. Bosim 1-15 Pa atrofida bo`lganda 
esa razryad 103 rasmdagidek ko`rinishni oladi. Katod yonida ingichka yorug` 
qatlam 1(katod pardasi), undan keyin katod qorong`u fazasi 2, undan so`ng yorug` 
qatlam 3 (yolqinli nurlanish) va faradey qorong`u fazosi deyilguvchi ikkinchi 
qorong`u fazo 4 joylashgan. Undan keyin esa yorug` soxa 5 joylashgan bo`lib unga 
musbat ustun deyiladi. 
Yolqinli razryadda gazning bunday nurlanishiga sabab razryad nayidagi 
potentsialning taqsimlanishidir. Musbat ustunning nurlanishi g`alayonlangan 
atomlar nurlanishining natijasi bo`lganligi sababli o`ziga hos rangga ega bo`ladi. 
Bundan reklamalarda foydalinishadi. Agar nay neon bilan to`ldirilsa sariq-qizil, 
argon bilan to`ldirilsa ko`k-yashil rangli nurlanish ro`y beradi. 


Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. Umumiy fizika kursi, elektr magnitizim. 
2. T. T. Turg’unov ―Amaliy fizika. II tom. 
3. Frish. ―Umumiy fizika kursi II‖ . 
4. ―Amaliy fizika‖ ma’ruzalar matni dots. D.T.Rasulov 
5. www.ziyonet.uz 

Download 48.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling