Pahlavon Mahmud ruboiylari tahlili
Download 4.35 Kb.
|
Pahlavon Mahmud ruboiylari tahlili-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Etiboringiz uchun raxmat
Pahlavon Mahmud ruboiylari tahlili Pahlavon Mahmud ruboiylari tahliliReja1. Pahlavon Mahmud (1247-1326) – ulug’ shoir, mutafakkir, faylasuf 2. Pahlavon Mahmudning tahalluslari 3. Ruboiylardan namunalar Shamsidin Somiyning «Qomus-ul-a’lom», Lutf Alibek Ozarning «Otashkada» asarlarida shuningdek «Manoqiba»da yozilishicha, Pahlavon Mahmud olim, shoir, kuragi erga tegmagan pahlavon, shu bilan birga po’stindo’z va telpakdo’z usta bo’lgan. Uning «Kanzul haqoyiq» («Haqiqatlar xazinasi») nomli masnaviy yaratgani haqida ma’lumot bor. Pahlavon Mahmudning ruboiylari mashhurdir. Shoir o’z ruboiylarini fors-tojik tilida yozgan. Bu durdonalar asrlardan asrga o’tib, bir necha avlodni tarbiyalab, bizning zamongacha etib keldi. Tarixda Pahlavon Abusaid Rumiy (XV asr), Pahlavon Mahmud Ushshoq (XV asr) kabi allomalar nomi ham ma’lumdir. Har ikkala Pahlavon musiqashunos, hofiz, bastakor sifatida dong taratgan. Pahlavon Mahmud Xorazmiy esa ruboiylari bilan tarixda qolgan. Har uchchalalari ham maydonlarda kurash tushgani uchun Pahlavon degan nom olganlar. Pahlavon Mahmud ruboiylarini o’zbekchaga To’xtasin Jalolov, Muinzoda, Vasfiy, Matnazar Abdulhakim, Ergash Ochilovlar tarjima qilgan. To’xtasin Jalolovning yozishicha, Pahlavon Mahmud ruboiylarining Muhammad Rahimxon Feruz, shuningdek Hasan Murod Qori va boshqa hattotlar tomonidan ko’chirilgan nusxalari ham bor ekan. «Hazrat Pahlavon hikoyatlari», «Manoqibi Pahlavon Mahmud» kabi risolalar alloma hayoti haqida xabar beradi Uni Xorazmda Pahlavon Mahmud, Polvonpir desalar, kitobu tazkiralarda Hazrat Pahlavon, Mahmud Piryovaliy, Mahmud Puryovaliy deb tilga olganlar. «Otashkada» va «Qomus-ul-a’lom» da ta’kidlanishicha, Pahlavon Mahmudning jangovarligini, jasurligini bildiruvchi Qitoli taxallusi ham bo’lgan. Chunonchi: Daste namerasad chu Qitoli ba zulfi yor, Quvvat zi po-u zo’r bozu nihodasi. Mazmuni: Qitoli kabi qo’limiz yor zulfiga etmas, garchi bor quvvat bilan harakat etamiz. «G’iyos-ul lug’ot»da: «Puryovaliy - Mahmud Xorazmiyning laqabi. Ba’zan bu so’z majoziy ma’noda pahlavonlar boshlig’i hisoblanadigan keksa polvonga ham berilgan», deb yozilgandir. Eron olimi Said Nafisiy: «Futuvvat - juvonmardlik guruhining peshvolaridan biri mashhur shoir Pahlavon Mahmud Xorazmiydir», deydi. Darvoqe, Pahlavon Mahmud po’stindo’z va telpakdo’z dedik, chunki u tariqat pirlaridan edi. Hazrat Bahouddin matoga gul solish kasbi bilan mashhur bo’lgan. O’z nafsiga kim bo’lsa amir,uldir – mard. Xam o’zgaga bo’lmasa haqir, uldir – mard. Utmak sira mag’lubni teppb mardlik emas, Tutsa qo’lidan zabunni er, uldur — mard. E. Ochilov tarjimasi Umrimpz daraxtin past qilma, Rabbiy, Borliq sharobidan mast qilma, Rabbiy. O’zing karam birla mard yigitlarni Nokaslarga zeri dast qilma, Rabbiy. Jahon chehra - rangu ro’yi o’zingsan, Aql, daryo - uning suyi o’zingsan. Gul bargida shabnamdayin o’tirma, Bu bog’chaning rangu bo’yi o’zingsan. To’xtasin Jalolov tarjimalari. Ey do’st, qani ayt, jonmi kerak, jon berayii Har ne eng aziz, sen so’ra, shul on berayin men Ey kofiri shaddod, manim qoshima bir kel, Zunoring olib, o’rniga iymon berayin men. Qalbingdagi shak-shubha, gumon ketmishdir, Ruh quvvati ham bir kun, inon, ketmishdir. Topdim deb aniq nishonni mag’rurlanma, Topgan u nishoning benishon ketmishdir. Gar haq deya jim tortsa fig’on do’st.- chin do’st. Qilguvchi ibodatni nihon-chin do’st. Ko’z-ko’zlama hech berganu olgan noning, Non do’sti emas, aslida jon do’st - chin do’st. Bog’manu bag’rimda chaman -nolalarim, Dardimni bilib bosh egdi lol lolalarim. Ikki ko’zim ikki ulug’ daryodir, Qolgan bari daryolar esa bolalarim. Matnazar Abdulhakim tarjimasi Etiboringiz uchun raxmathttp://fayllar.org Download 4.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling