1. O‘rta Osiyoda dastlabki tangalarning paydo bo‘lishi. Yunon-Baqtriya podsholigining tangalari. Qadimgi So‘g‘d tangalari
Download 24.2 Kb.
|
seminar Mavzu-2
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘rta Osiyoda dastlabki tangalarning paydo bo‘lishi.
Mavzu № 2. O‘RTA OSIYO HUDUDIDA ZARBLANGAN QADIMGI DAVR TANGALARI Reja: 1. O‘rta Osiyoda dastlabki tangalarning paydo bo‘lishi. 2. Yunon-Baqtriya podsholigining tangalari. 3. Qadimgi So‘g‘d tangalari. 4. Qadimgi Xorazm tangalari. 5. Kushonlar va Sosoniy kushonshohlar tangalari. O‘rta Osiyoda dastlabki tangalarning paydo bo‘lishi. O‘rta Osiyo dastlabki metall tangalar amal qilingan hududlar sirasiga kirmagan. Buning asosiy sababi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning sustligidir. Ushbu hududda dastlabki tangalar paydo bo‘lguniga qadar ayirboshlashga asoslangan savdo munosabatlari, savdoning turli-tuman, hatto qimmatbaho buyum shakllari hukmron bo‘lgan. Ammo, O‘rta Osiyo aholisi mil. avv. I yillikning oxirgi uch yuz yilida paydo bo‘lgan ma'dan pullar haqida tasavvurga ega bo‘lmagan deyish noto‘g‘ri. Chunki, O‘rta Osiyo xalqlari o‘z pullariga ega bo‘lgan mamlakatlar bilan olib borilgan savdo hamda siyosiy aloqalar orqali tanga bilan tanishganlar. Dastlab tangalar bu yerga qimmatbaho boylik sifatida kirib kelgan, keyinchalik esa muomala vositasiga aylangan. Shuningdek, O‘rta Osiyo mil. avv. VI–IV asrlarda qadimgi forslarning Ahamoniylar davlati tarkibiga kirgan bo‘lib, ushbu davlatda mil. avv. VI asrning ikkinchi yarmidan boshlab to mil. avv. IV asrning 30 yillarigacha oltin (darik) va kumush (sikl) tangalar zarb qilingan. Ma'lumki, ahamoniylar qo‘shinlarining asosiy qismini O‘rta Osiyo xalqlari: so‘g‘diylar, baqtriyaliklar, xorazmliklar va saklar tashkil qilishgan va fors podsholarining Yunonistonga qilgan harbiy yurishlarida faol ishtirok etganlar. O‘rta osiyolik jangchilar ahamoniylar saltanatining turli shaharlarida harbiy xizmat ham o‘tashgan. Hech shak-shubha yo‘qki, o‘sha davrdayoq O‘rta Osiyo xalqlarining ko‘pchilik qismi ma'dan tangalar haqida umumiy tushunchalarga ega bo‘lganlar, ammo bu yerdagi ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotning ma'lum shart-sharoitlari tufayli bu pullar savdo-sotiq vositasiga aylanmay qolgan. Hozirga qadar O‘rta Osiyoda XIX asrda Karki (Turkmaniston) shahri yaqinida topilgan mil. avv. VI–IV asrlarga tegishli darikdan boshqa birorta tanga namunasi topilmagan. Darik – tilla tanga bo‘lib, ahamoniylar davlatida pul muomalasida ishlatiladigan asosiy tanga hisoblangan. U ilk bor Gistaspning (mil. avv. 522–486 yy.) o‘g‘li Doro I tomonidan chiqarilgan, binobarin, nomi ham shundan olingan. Darik toza oltindan (980 proba) zarb etilgan, vazni 8,4 gr., bu fors minasining (504 gr.) oltmishdan bir qismiga teng. Uning old tomoniga bir oyog‘ida tiz cho‘kib, qo‘lida kamon va nayza tutgan shoh tasviri tushirilgan (shu sababli bu tanga ba'zan «yoyandoz» deb atalgan). Qabariq orqa tomonida qandaydir mavhum to‘lqinsimon chiziqlar yoki turli tomonlarga yo‘nalgan yassi shakllar mavjud. Ehtimol, bu quloqlar tasviri bo‘lib, g‘alaba ramzi, podshohning jangda qo‘lga kiritgan harbiy o‘ljalari timisolidir. Darikni Aleksandr Makedonskiy va uning vorislari zarb qilishni davom ettirishib, undan ahamoniylar Eroni tarkibiga kiruvchi mamlakatlardagi hisob-kitoblarda foydalanganlar. Aleksandr Makedonskiy Bobilda ikki hissa orttirilgan darik zarb ettirgan. Qudratli ahamoniylar davlati mil. avv. IV asrning 3- choragida Aleksandr Makedonskiyning hujumlari natijasida tanazzulga yuz tutgan. mil. avv. 330–327 yillarda uch yil davomida qadimgi dunyoning yetuk lashkarboshisi O‘rta Osiyoni istilo etish bilan mashg‘ul bo‘lgan. Mintaqa xalqlari o‘sha davrdagi duyoning eng kuchli armiyasiga mardonavor tarzda qarshi tura olganlar. Albatta, Aleksandrning askarlari o‘lkaga o‘zlari bilan tanga pullarni keltirganlar, ammo ularning mahalliy aholi tomonidan to‘lov vositasi sifatida qabul qilingan yoki qilinmaganligi to‘g‘risida aniq ma'lumotlar mavjud emas. Shuningdek, O‘rta Osiyo hududidan aynan Aleksandr tomonidan zarb qilingan tangalar ham topilmagan. Aleksandrning vafotidan so‘ng uning imperiyasi lashkarboshilar – diadoxlar o‘rtasidagi taxt uchun shiddatli kurashlar natijasida mayda bo‘laklarga bo‘linib ketgan. Imperiyaning Osiyo qismi, ya'ni O‘rta Osiyoning janubiy hududlari mil. avv. 312 yilda Iskandar Zulqarnaynning sarkardalaridan Salavk I Nikator tomonidan asos olingan Salavkiylar imperiyasining bir qismiga aylangan. Mil. avv. III asr o‘rtalarida Osiyoning Sharqiy viloyatlari Salavka imperiyasidan ajralib chiqib, uning o‘rniga O‘rta Osiyoning janubiy hududlari, Afg‘oniston va Hindistonning bir qismini o‘z ichiga olgan Yunon-Baqtriya podsholigi tashkil topgan. Download 24.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling